Traktor va avtomobillar akkumulyatorlar batareyasi va generatorlari tuzilishi va ishlashi


Download 0.53 Mb.
bet12/13
Sana12.12.2021
Hajmi0.53 Mb.
#180265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1 labaratoriya. Akkumulyator

Uzgaruvchan tok generatori.

Umumiy tuzilishi. Uzgaruvchan tok generatori qo‘yidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: kuzg‘almas stator 1, aylanuvchi rotor 9, kontakt xalkalari 13, chutkalar 12, chutka tutkich 14, to‘g‘rilagich blok (7, parrakli shkiv 4 va qopqoqlar 3,10 (6-rasm).




6-rasm. Uzgaruvchan tok generatori
Stator elektrotexnik po‘lat plastinalardan yig‘ilgan bo‘lib, ichki yuziga oraligi bir xil bo‘lgan alohida elektrotexnik metall plastinalardan yig‘ilgan tishchalar o‘rnatilgan. Tishchalarni soni odatda 18 ta, ba’zi generatorlarda 36 ta yoki 72 ta bo‘lishi mumkin. Bu tishchalarga 18 (yoki 36, 72) stator g‘altaklari joylashtirilib, ular uch fazaga bulinadi. Har bir fazaga ketma – ket ulangan 6 ta g‘altak kiradi. Fazalar o‘zaro «yulduz» shaklida (ba’zi generatorlarda «uchburchak» shakli ishlatiladi) bo‘yicha ulanib, uchta fazani ikkinchi uchlari to‘g‘rilagich blokini qisqichlariga ulangan.

Rotor qarama – qarshi qutbli, olti uchli tumshuksimon po‘lat o‘zak 9 va ular orasidagi po‘lat vtulka 15 ga o‘ralgan uyg‘otish chulg‘ami 8 dan iborat. Uyg‘otish chulg‘amining uchlari valdan va bir – biridan muxofazalangan mis halqalar 13 ga ulanagan. Rotor vali alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan qopqoqlarga o‘rnatilgan zoldirli podshipniklarda aylanadi.



Kontakt xalkalari tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan, ikkita mis – grafit chutka 12 lar joylashtirilgan, cho‘tka tutqich 14 va to‘g‘rilagich bloki 7 o‘rnatilagan. Valga shponka yordamida parrakli shkiv 4 mahkamlangan. Generator rotori harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelni tirsakli validan oladi.

Elektromagnit o‘yg‘otish tamoyiliga asoslangan o‘zgaruvchan tok generatorlari o‘z-o‘zini uyg‘otish hususiyatiga ega emas. Bunday generatorlarni ishga tushirish uchun dastlabki daqiqalarda uning uyg‘otish chulg‘amiga akkumulyator batareyasidan cho‘tka va mis xalqalar orqali tok beriladi. Uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok ta’sirida uning atrofida magnit oqimi hosil bo‘ladi. Magnit oqimining asosiy qismi rotorning tumshuksimon o‘zagining birinchi bulagi orqali havoli tirqishni kesib stator tishchalari va o‘zagiga o‘tadi, so‘ngra havoli tirkishni yana bir bor kesib, rotorning tumshuksimon o‘zagining qarama – qarshi qo‘tblangan ikkinchi bo‘lagiga o‘tib, uyg‘otish chulg‘ami vtulkasi orqali tutashadi. Magnit oqimining qolgan qismi o‘zakdan tashqariga yoyilib ketadi. Rotor aylanganda statorni har bir tishchasi ostidan rotorning musbat yoki manfiy qutblangan tumshuksimon uchliklari o‘tadi, ya’ni stator chulg‘amlarini kesib o‘tayotgan magnit oqimi yo‘nalishi va qiymati bo‘yicha o‘zgarib turadi. Natijada statorni faza chulg‘amlarida o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Stator chulg‘amlarida induksiyalangan EYUK ni vaqt bo‘yicha o‘zgarishi magnit oqimining stator doirasidagi havo tirqishlarida taqsimlanishiga bog‘liq, u esa o‘z navbatida rotor o‘zagi uchliklarining shakliga bog‘liq, o‘zgaruvchan tok generatorlarida asosan shaklan trapetsiyasimon bo‘lgan tumshuksimon uchlik rotor o‘zaklari qullaniladi. Rotor o‘zagining bunday tuzilishi induksiyalangan EYUK ni sinusoida ko‘rinishida o‘zgarishini ta’minlaydi. Generatorning stator chulg‘amlarida hosil bo‘ladigan o‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas tokka aylantirish uchun uch fazali, ikki yarim davrli, ko‘prikli to‘g‘rilash shakli ishlatiladi. Bu shakl yordamida to‘g‘rilangan kuchlanishni pulsatsiyasi nisbatan katta bo‘lmaydi va hozirgi vaqtda traktor va avtomobillarda juda keng qo‘llanilayotgan elektron jihozlarni me’yorida ishlashini ta’minlaydi.

O‘zgaruvchan tok generatorlarini afzallik tomonlaridan biri, to‘g‘rilagich diodlari akkumulyator batareyasini stator chulg‘amlari orqali zaryadsizlanishiga yul qo‘ymaydi. Bu generator bilan teskari tok relesini ishlatish zarurati yo‘qoladi va rostlagichni tuzilishi ancha soddalashadi. Tarkibida to‘g‘rilagich bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorining kuchlanishi va tok qiymati orasidagi munosabat tahlil qilinganda, to‘g‘rilagichlarda ishlatiladigan yarim o‘tkazgich diodlar nuqsonli bo‘lishi mumkinligini hisobga olish zarur. SHuning uchun amalda generator kuchlanishini o‘zgarish shakli sinusoidadan, to‘g‘rilangan kuchlanish va tok qiymati esa nazariy yo‘l bilan hisoblanganidan farq qiladi. CHunki, generatorning induktiv chulg‘amlarida to‘plangan elektromagnit energiya ta’sirida, yopilayotgan dioddagi tok darhol yo‘qolmaydi, ochilayotgan dioddagi tok esa asta sekin ortadi. Natijada zanjirdagi, yuklama qiymati ortishi bilan to‘g‘rilagichgacha va to‘g‘rilagichdan keyingi kuchlanishlarning hamda to‘g‘rilangan va faza toklarining o‘zaro munosabatlari o‘zgaradi.

Traktor va avtomobil generatorlari o‘ziga xos sharoitlarda ishlaydi. U harakatni tasmali uzatma orqali dvigatelni tirsakli validan olganligi sababli, rotorni aylanishlar chastotasi va demak, ishlab chiqargan kuchlanishi ham nisbatan keng qamrovda o‘zgarib turadi. Generatorning yuklamasi unga ulanayotgan iste’molchilar soni va ularning quvvatiga qarab o‘zgarib turadi. YUklama tokning o‘zgarishi ham generatorning kuchlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Traktor va avtomobillarga o‘rnatilgan elektr toki iste’molchilari kuchlanishning ma’lum belgilangan (12 yoki 24 V) o‘zgarmas qiymatida ishlashga mo‘ljallangan. YUqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, generator ishlab chiqqan kuchlanishni rostlab, uni belgilangan darajada o‘zgarmas holda saqlash zaruriyati tug‘iladi. Bu vazifani rele-rostlagichlar bajaradi. Ishlash tamoyiliga ko‘ra rostlagichlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: kontaktli (tebranmali), kontakt-tranzistorli va kontaktsiz-tranzistorli.

Zamonaviy traktor va avtomobillardagi elektr energiyasi iste’molchilarining kuvvati va mikdorini usishi, generator kuvvatini oshishiga olib keladi. generator kuvvatining ortishi bilan, uning uygonish toki xam kupayadi va bu tok kuchlanish rostlagich kontaktlari bilan uzib turilishi kerak. Birok, uzib turiladigan tokni kuvvati ortganda kontaktlar juda kizib ketadi va tezda ishdan chikadi. SHuning uchun kontakt – tranzistorli rostlagichlar ishlab chikarilgan bulib, uygotish tokini uzib turuvchi kontaktlar vazifasini tranzistor bajaradi, kuchlanish rostlagichining kontaktlari esa fakat uni ishlashini boshkarib turadi. Eng kup tarkalgan kontakt – tranzistorli rostlagich G – 250 va boshka uzgaruvchan tok generatorlari bilan birga kullaniladigan RR – 362 rostlagichidir.



RR – 362 rele-rostlagichi tranzistor VT1 va ikkita elektromagnitli relelarni: kuchlanish rostlagichi (RN) va ximoya relesini (RZ) uz ichiga oladi. Uygotish tokini rostlashni uygotish chulgami zanjiriga D1 diod orkali ulangan VT1 tranzistor bajaradi. VT1 tranzestorini boshkarish ikkita kontaktlar juftligi RN1 va RN2 larga ega bulgan rele-rostlagichi vositasida amalga oshiriladi. Rele-rostlagichining chulgami tezlatuvchi R1 rezistoriga rasm buyicha ulangan. Rele-rostlagichini kizib ketmasligi R3 rezistor va issiklikni yaxshi utkazuvchi ikkita metaldan iborat bulgan plastinalar (yakor urnatilgan) orkali erishiladi. Ximoya relesi VT1tranzistorni uygotish chulgami zanjiridagi kiska tutashuvlardan saklaydi. R3 ning tutashuvchi kontaktlari RN kontaktlariga paralel ulangan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling