Traktorlar va avtomobillar nazariyasi
Shinalar parametrlarini tanlash (zanjirli traktorlar uchun yetaklovchi tishli g'ildirak tishlari soni) va hisobiy radiusni aniqlash
Download 0.86 Mb.
|
2.1.3 Shinalar parametrlarini tanlash (zanjirli traktorlar uchun yetaklovchi tishli g'ildirak tishlari soni) va hisobiy radiusni aniqlash
Traktor og’irligini ko`priklari bo`ylab taqsimlanishi agregatlanadigan mashinalar turiga, kryukdagi tortish kuchiga bog'liq bo`ladi. "Belorus" traktorlaridan foydalanish bo`yicha zamonaviy qo`llanmalarda traktorni ko`priklari bo`yicha og’irligini taqsimlanishini agregatlanadigan mashina bilan dinamometrik torozida ko`prikni osib qo`yishni usulida aniqlashni va natijaga qarab shinalarga kerakli havo bosimini o`rnatish tavsiya qiladi. Kurs ishida traktor prototipiga muvofiq shinalarni tanlash tavsiya etiladi. Keyin talaba ko`priklar va g'ildiraklar bo`ylab yuk taqsimotini aniqlaydi va ushbu yukga mos keladigan shinalardagi havo bosimini 3-ilovaga ko`ra tanlaydilar. Agar ko`rsatilgan dasturda prototipga mos keladigan shina bo`lmasa, u holda eng yaqin shinalar tanlanadi. G’ldirakka tushayotgan yuklama 3-ilovada ko`rsatilganlardan past bo`lsa g'ildirak uchun berilgan qiymatlarning minimal havo bosimi tanlanadi. Masalan, 11,2–20 shinali g'ildirak uchun (3-ilova 3.1-jadval) 700 kg yuk hisoblanadi. 3-ilovada shinadagi havo bosimi 100 kPa bo`lgan minimal yuk 765 kg ko`rsatilgan. Shuning uchun, hisoblangan yuk 700 kg bo`lsa, biz past emas, balki 100 kPa havo bosimini tanlaymiz. Ko`pgina zamonaviy 4x2 va 4x4a g'ildirakli traktorlar uchun orqa mkg’ (kg) va old molg’ (kg) g'ildiragiga statik yuklanishni olinish mumkin: mkg’ = (0,59…0,67)∙ mmax (2.7) molg’ = (0,33…0,41)∙ mmax (2.8) 5 sinf va undan yuqori traktorlar uchun: mkg’ = (0,53…0,56)∙ mmax (2.9) molg’ = (0,44…0,47)∙ mmax (2.10) 4k4b traktorlari uchun (bitta o`lchamdagi shinalar) g'ildiraklarga yuklama: mkg’ = (0,35…0,45)∙ mmax (2.11) molg’ = (0,55…0,65)∙ mmax (2.12) Hisob - kitoblarda, shuningdek, prototipli traktor ko`priklari bo`ylab ekspluatatsion massani taqsimlanishiga e'tibor qaratish kerak (2-ilova). Hisoblangan yuklanishga ko`ra, biz shinalardagi havo bosimini tanlaymiz. Traktorni ish paytida tanlangan havo bosimi haydash tezligiga, yo`l sharoitlariga, tortish yukiga, agregatlandigan mashinalarning og'irligidan qayta taqsimlashga qarab tanlash tavsiya etiladi. Keyingi hisob-kitoblar uchun yetaklovchi g'ildiraklarni (tishli yetaklovchi yulduzchasini) hisobiy radiusini rg (m) aniqlash kerak bo`ladi. Uni yurgizuvchi ko`prik g'ildiragining statik radiusiga yoki prototip traktorining tishli yetaklovchi yulduzchasini radiusiga tenglashtirish tavsiya etiladi (2-ilova). Agar prototip bo`yicha ma'lumotlar bo`lmasa, u holda rg formulalar bo`yicha hisoblanadi: g'ildirakli traktorlar uchun: rg = (0,9…0,95) ∙ D/2 (2.13) zanjirli traktorlar uchun: rzg = (2.14) bu yerda: D -shinaning tashqi diametri, m; ltg’ -zanjir bo`g'inining qadami, m; Zt -yetaklovchi yulduzchaning faol ishlaydigan tishlari soni. Traktor shinalari parametrlari bo`yicha batafsil ma'lumotlar GOST 7463-2003 da berilgan. Traktor shinalari belgilarini dekodlash misollari 3-ilovada keltirilgan. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling