Transport vosit


Bajariladigan ishning tarkibi


Download 0.99 Mb.
bet19/36
Sana18.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1027296
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
MAXSUS

4. Bajariladigan ishning tarkibi
4.1 Shinaning holatini va havo bosimini nazorat kilish. Shinaga damberish.
4.2 Avtomobilning tortish xususiyatini rolikli stendda diagnostikalash.
5. ISh JOYINING JIXOZLARI

  1. ZIL-130 va GAZ-53A avtomobili.

  2. Kuch turidagi rolikli stend.

  3. Havo taqsimlovchi kolonka.

6. AMALIY IShNI BAJARISh TARTIBI
6.1. Avtomobilning tashqi ko‘rinishini tekshirishi.
Avtomobilni ko‘zdan kechirish. Kabina, kuzov, oynalar, orqali ko‘rsatuvchi oyna, raqam belgilari, bo‘yoqlarning holati va eshik mexanizmining sozligi, moy va yonilg‘ining oqmasligi, o‘t oldlirishning yengilligi va dvigatelning bir maromda ishlashini tekshirish.
Natijalar tajriba hisobotiga kiritiladi.
6.2 Shinadagi havo bosimini va holatini baholash.
Shinani ko‘zdan kechirish, g‘illdirak protektorini va disk yonlarini, shikastlanmaganlik 1mm dan, yengil avtomobillar uchun 1,6 mmdan kam bo‘lmasiligi kerak.
Shinadagi havo bosimini o‘lchash. Bosim yetarli bo‘lmaganda havo taqsimlovchi kolonka sKB-S41 dan foydalanish kerak.
Havo berish davrida kolonka sKB-S41 havo bosimini o‘zi o‘lchaydi, havo yetarli me’yorga yetganda o‘zi avtomatik tarzda o‘chadi.
Kolonka g‘ildirak ventillariga biriktirilishi uchun ikkita o‘q bilan ta’minlagan. Ulagichni kiydirganda zolotnikni ventilga qisish avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Agar sKB-S41 kolonkasn bo‘lmasa, shinadagi havo bosimini nazorat etish qo‘l manometri va diagnostika postida mavjud bo‘lgan statsionar kompressor ressiveridan maxsus shlan yordamida amalga oshiriladi.
Bu o‘lchov natijalari tajriba hisobotiga kiritiladi.
6.3 Avtomobilning tortish xususiyatlarini rolikli stendda diagnosti-kalash
6.3.1 Stendning ishlash tartibi va tavsifi.
- Tortish xususiyatlarini belgilovchi 4819M modelli stend quyidagilarni o‘lchaydi:
- tezlikni;
- tortish xususiyatlari va g‘illdirakdagi quvvatni;
- tezlanish vaqti va tezlanishning kerakli uzatmadagi intervalini;
- dvigatelni optimal sozligini.
6.3.2 Texnik ma’lumotlar:
1.O‘lchash intervali (oralig‘i);
- avtomobilning tezlit, km/soat 10....100
- avtomobil g‘ildirakdagi quvvat(qiska vaqtli rejimda),
kVt (o.k) 20....200 (27,2.-272)
- tezlanish vaqti, S 0...99,9
- g‘ildirakdagi tortshi kuchi, kN 2...20
2. Yuklanish beruvchi qurilmaning turi – elektrodinamikli, havo bilan sovutiladiigan qurilma.
Z. Stend parametrlari:
- bitta rolikka tushadigan maksimal vertikal yuklanish,
kN 20
- rolik diametri, mm 318
- roliklar o‘qlari orasidagi masofa, mm 650
- roliklar soni, 4
- pnevmo tizimdagi havo bosimi, MPa, (kGk/sm2) 0,6...1,0(6-10)
- o‘rnatilgan quvvat, kVt 6,5
4. Stendning ishlashi.
Stendning ishlashi harakatning qaytarilish prishipiga asoslangan. Sinash davrida avtomobil qo‘zg‘almas bo‘lib, yetaklovchi g‘ildiraklar roliklarni aylan-tiradi. Elektrodinamik yuklovchi qurilma (EYuQ) yetaklovchi g‘ildiraklarni yuklantiradi, EYuQga o‘rnatilgan kuch o‘lchovchi qurilma yuklanish kuchini o‘lchaydi (8.1 -rasm).

1-taxometrator; 2,5,7- muftalar; 3-rama; 4,6,12,16- roliklar: K-induktorli tormoz; 9-Kponshtey: 10-kuch datchigi; 11-tezlik relesi; 13-avtomobilni ko‘tarish maydonchasi, 14-pnevmo ko‘targich, 15- tormoz kolodkasi. 17-zolotnik, 18-havo yo‘naltiruvchi quvur. 19-havo tayorlagich.


Stend konstruksiyasi bo‘yicha bir xil bo‘lgan o‘ng va chap ikkita rolik blokka ega. Rolik bloklari payvandlangan rama, yetaklovchi va yetaklanuvchi roliklardan, egiluvchan muftadan, ko‘targich, yuklamali va sozlash uskunadan iborat.


Avtomobil pnevmatik yuritmali ko‘tartgich yordamida g‘ildiraklari bilan stend rolikka qo‘yilgandan keyin, avtomobil dvigateli yurgiziladi va avtomo-bilningetaklovchi g‘ildiraklari stend |roliklarini 40 km/soat tezlikkacha ay-lantiradi. Avtomobil g‘ildiraklaridagi aylantiruvchi moment oldingi yetak­lovchi rolikka, so‘ngra egiluvchan mufta orqali yuklovchi qurilmaga uzatiladi. EYuQga uzatilishi elektr toki teskari aylanuvchi momentni hosil qiladi, bu esa stend boshkarmasidagi pultda kayd etiladi va kuch o‘lchovchi qurilmada o‘lcha-nadigan avtomobil tortuvchi g‘ildiraklarida yuklanishni hosil kiladi.
Ko‘targich. Avtomobilnint rolikli stendga erkin kirishi va chiqishi yetak­lovchi va yetaklanuvchi roliklar orasiga o‘rnatilgan pnevmatik ko‘tartgich orkali amalga oshiriladi. Ikki tomonlama ko‘taruvchi asbob og‘irligi 1,6 tonnagacha bo‘lgan yukni 0,6 MP a bosim bilan ko‘tarish xususiyatiga ega.
Ko‘targich boщqaruv pultida joylangan tumblerlar orqali ishga tushiriladi. Havo taqsimlagichda joylashgan elektromagnit, tumbler orqali ishga tushi-riladi va u siqilgan havo oqimini silindrning pastki bo‘shlig‘iga uzatishni ulaydi (maydonchaning tushirilishi). Maydoncha tushirilayotganda pastki bo‘sh-liqdagi havo taqsimlagich zolotnigi orqali atmosferaga chiqib ketadi. Ko‘tar-. gichni yukori xolatga keltirayotganda boshqaruv pultidagi qizil chiroq yonadi va ko‘targich tushirilayotganda o‘chadi.
Yuklanishli qurilma avtomobil g‘ildiraklarining tormozlanish oqibatida vujudga kelgan. EYuQ korpusidagi reaktiv moment, uning korpusiga mustahkam-langan pishang va torgich yordamida kuch o‘lchovchi datchik orqali qabul qilinib. boщqaruv pultiga uzatiladi.
Reaktiv moment bosimli datchik orqali elektr signaliga aylanadi va u mikroampermetrda o‘lchanadi.
Boshqaruv pulti. Boщqaruv pulti ajraluvchi paneli, karkas konstruksiyali tuzilishga ega. Stendni boshqarish pultida o‘lchash tizimidagi o‘lchash apparati, kuzatuv tizimi apparati, singal apparati, elektr tizimini boshqarish appara­ti mavjud.
6.3.3 Ishni bajarish tartibi
a) Avtomobilni diagnostikalashga tayyorlash. Avtomobil toza, shinalari quruk, shinalardagi bosim me’yorida bo‘lishi kerak.
b) Stendni ishga tayerlash. Stend barabanlari toza bo‘lishi va barcha mexanizmlari ishonchli ishlashi kerak.
Avtomobil tortish xususiyatini 4819M stendida diagnostikalash


Amal .№

Ishning tuzilishi va texnik shartlari

1

Avtomobil yetaklovchi g‘ildiraklarini stend barabani o‘rnatish. Dvigatelni ishga tushirish. G‘ildiraklarning qaytariluvchi rolikka tegmasligini ta’minlash

2

Shina holatini va ulardagi havo bosimini tekshirish;
Shina protektorida begona jismlar, chuqur kesilgan va shishib chikqan bo‘lmasligini ta’minlash;

3

Avtomobil dvigatelini yurgizish va tezlikni asta-sekin 40 km/soat gacha oshirish.

4

EYuQni ishga tushirish.

5

Pultdagi asbob shkalasi orqali tortish kuchini o‘lchash.

7. Tekshirish uchun savollar

  1. D-2 da avtomobilning texnik holatini qanday diagnostik paramstrlar tavsiflaydi?

  1. Avtomobilning tortish xususiyatinn diagnostikalashda foydalaniladigan

jixozlar.

  1. Shinalar qanday nazorat qilinadi?

  1. Stendning tuzilishi va ishlash prinsipi.

  1. Avtomobilning tortish xususiyatlarinn diagnostikalash ishinnng tartibi.

Adabiyot:[12],[13],[14]
AMALIY ishining hisoboti
Transport vositalarining tortish xususiyatlarini diagnostikalash
Guruh talabasi ___________________________________________________________________
Rahba r_______________________________________________sana ________________________________
Avtomobnl modeli________________________________________________________________
Ishlab chikarilgan yili_____________________________________________________________
1-Jadval Diagnostika natijalari

.No t/r

O‘lchanadigan diag­nostik parametr-lar

O‘lchov bir-
ligi

Diagostik
parametr-
ning me’yori

Parametrning
joriy qiymati

Xulosa

1

G‘ildirak shinala-rining holati va
Bosimi
Chap
O‘ng

kGs/sm2










2

Avtomobilning tezlanish yo‘li

Impulslar:
ko‘p emas
kam emas












3

Avtomobilning erkin harakatlanish yo‘li

Impulslar:
ko‘p emas
kam emas












4

Salt yurganda yonilg‘i sarfi kg/soat

Impulslar:
ko‘p emas
kam emas












5

Tortuvchi g‘ildiraklardagi yuklanish kuchi, N (kg)

Kam emas













Avtomobilning tortish xususiyati to‘g‘risida xulosa:





Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling