Tu rk iy tilla rd a so ‘z turkum la ri asosiy tushunchalar


TURKIY TILLARDA OT SO‘Z TURKUMI Asosiy tushunchalar


Download 83.84 Kb.
bet2/20
Sana23.03.2023
Hajmi83.84 Kb.
#1287238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
TURKIY TILLARDA OT SO‘Z TURKUMI
Asosiy tushunchalar:
son kategoriyasi, kelishik kategoriyasi, egalik
kategoriyasi, turlanish, turdosh ot, atoqli ot, aniq ot, mavhum ot, to 'plam
va tasnif, otyasalishi.
Narsa-buyum, mavhumlik m a’nosini bildiruvchi so'zlar otdir. Turkiy
tillardagi ot quyidagi xususiyatlarga ega.
1. Ot turkumi son, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga,
turli m a’no hamda vazifa uchun xizmat qiluvchi funksional shakliarga,
shuningdek, o'ziga xos yasalish tizimiga ega.
62
2. Ot sifat, son. olmosh, fe’l va ravish (barcha mustaqil so'zlar) bilan
birika oladi.
3. Ot barcha gap bo‘laklari vazifasida kela oladi (ega, kesim, ikkinchi
darajali bo‘laklar, undalma).
Ot so‘z turkumi son, egalik, kelishik kategoriyalari bilan o‘zgaradi.
Otning noaniqligi ko‘pgina turkiy tillarda bir so‘zi yordamida ifodalansa,
chuvash tilida per so'zi bilan beriladi. Aniqlik holati esa egalik
ko‘rsatkichlari (meniy bodumtm) va vositasiz to‘ldiruvchi (chuv. keneken
раг-ка
"kitobni berchi”) yoki qaratqich aniqlovchi vositasida ifodalanadi.
Otlarda son kategoriyasi. Otlarda son tushunchasi birlik va ko'plik
orqali namoyon bo‘ladi. Otlar nutqda har doim birlik yoki ko‘plik shaklida
bo‘ladi. Turkiy tillarda otning son shakli (birlik va ko'plik) sintaktik
munosabat bildirmaydi. Grammatik son kategoriyasi odatda birlik va
ko‘plikdagi shakllar qarama-qarshiligidan tashkil topadi.
Qadimgi turkiy qabilalarda grammatik son kategoriyasi shakllari
o ‘ziga xos tarzda ifodalangan. A.N.Kononov shu nuqtayi nazardan
turkiy tillarda son kategoriyasi birlik va ko‘plik shakliariga ega emas,
deydi. Qadimda so'zlar qo‘shimchasiz holda umumlashgan narsa nomini
bildirib, nutqiy vaziyat yoki matnga qarab yakka narsani yoki uning
yig‘indisini bildirgan (ot so‘zi). Qadimgi turkiylar tasavvurida ko'plik
jamlash, yig'ish, to'da m a’nosida ifodalangan. Masalan, hozirgi o'zbek
tilida ham ayrim otlar birlik shaklida umumlashgan narsa-predmetni
bildiradi: to 'da, poda. K o'plik shaklining sintaktik usulda ifodalanishi
turkiy yodnomalarda so'zlarning takror qo‘llanishida ko'rinadi, keyinroq
ko'plik tushunchasi son bilan otning birikishi orqali aks ettirilgan.
Turkiy tillardagi bobo til davridan mavjud bo'lgan jam likni bildiruvchi
ko'rsatkichlar sifatida quyidagilami keltirish mumkin: 1, m, r, s, c, s, z,
k, n.
Bu ko'rsatkichlar hozirda iste’moldan chiqqan, bir qator turkiy
tillardagi so'zlar tarkibida saqlanib qolgan.
-z ko'rsatkichi - qadimgi turkiy tilda: ikiz//ikkiz “egiz”, miigiiz
"shoxlar”, goz “k o 'zlar”, yuz, tiz “tizza”, tat. myogez “shoxlar”,joldasze
“o'rtoqlar”. Bu affiks bir qator etnonimlar tarkibida ham uchraydi va
ko'plikni bildiradi: oguz, qirgiz. Bu qo'shim cha tatar tilida II shaxs
ko'plikdagi buyruq-istak maylida ham mavjud: barmagiz “bormangiz”.
Kishilik olmoshlarining ko'plik shakli ham z ko'rsatkichi yordamida
hosil qilingan: -mi+n | bi+ -z = biz ; si+n=sen\ siJrz=siz.
63
Y.Abdurasulov qadimgi turkiy tilda birlikdagi ot sanaladigan qaz,
qiz, 6z, buz
kabi so’zlar tarkibida z undoshining borligi, o‘z navbatida,
qas, qol, ayaq, qulaq, erin, egin kabi juftlik anglatuvchi so’zlar tarkibida
z elementining mavjud emasligini ta’kidlab, z ko'rsatkichining ko‘plik
shakli sifatida qaralishiga to'liq isbotini topmagan holat sifatida baho
beradi.57 Buz so‘zi anglatadigan m a’noda qisman ko'plik tushunchasi
mavjud. Izlanishlar buz ‘‘muz” so‘zining ‘’qotmoq, yaxlamoq”
m a’nosidagi bus- so‘zi bilan aloqadorligini ko’rsatadi (ЭСТЯЛ978,23a).
Qas, qol, ayaq, qulaq, erin, egin so‘zlarida ko‘plik (yoki ikkilik)
q,-n shakllari orqali hosil qilingan.

Download 83.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling