-ig /-/ig (unlidan keyin: -g/-g) affiksli shakli ham qo'llangan. Bu shakl
O'rxun-enasoy va boshqa qadimgi turkiy til bitiglarida keng iste’molda
bo'lgan. X I-X II asrlar eski turkiy til yodgorliklarida ham qo'llangan.
Tushum kelishigidagi so'z belgili yoki belgisiz ishlatilishi mumkin.
Muayyan so'z belgili qo'llanganda aniq nianbani ifodalaydi, belgisiz
qo'llanganda esa shu turdagi manbani ko'rsatadi.
Tushum kelishigining belgisiz qo'llanishi ot turkumidagi so'zlar
- turdosh otlarga xos, ya’ni nimani? (nim alarni?) so'rog'iga javob
bo'luvchi turdosh otlar boshqaruvchi fe’l bilan yondosh holatda kelganda
belgisiz qo'llanishi mumkin: Turgil, ne 'matlar yeg il fQR).
Tushum kelishigining belgili qo'llanishi nasriy asarlar tili uchun xos.
Tushum kelishigi shaklining qaratqich kelishigi o'rnida qo'llanishi
XV1-XIX asrlarga oid yodgorliklar hamda “Boburnoma” tiliga
xos bo'lgan. Bir qator manbalarda, xususan, Muhammad Solihning
“Shayboniynoma” va Alisher Navoiy asarlarida tushum kelishigining
bunday ishlatilishi qayd etilmaydi.
Majhul daraja shaklidagi fe’llar, odatda. bosh kelishikdagi so'zni
boshqaradi. Shu bilan birga, ayrim manbalarda bunday fe’llar tushum
71
kelishigidagi so'zni boshqargan hollar ham mavjud. Bu hoi “Boburnoma"
tiliga xos bo‘lib, Alisher Navoiyning ayrim nasriy asarlarida ham
uchraydi: (Qasim bek baslig beklarni yibarildi —BN).
Harakat m a’nosini ifodalovchi fe’llar bilan boshqarilganda tushum
kelishigi vazifasi jihatidan chiqish yoki o ‘rin-payt kelishigiga yaqin
boiadi. Tushum kelishidagi so‘z holatni ifodalovchi fe’llar bilan
boshqarilganda shu so'zdan anglashilgan narsa-predmet, voqea-hodisa
haqidagi mazmunni bildiradi.
Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigining qo'Uanishi quyidagicha:
1) o ‘g ‘uz guruhidan boshqa turkiy tillarda -m //-ni//-nu//-no//-ne//-di//-
du//-do//-tu//-ti//-to: olt. qapti “qopni”. uguni “ukkini”, qardi “qorni”;
tuv. teveni “tuyani”, maldi “m olni”;
2) qar., qum., q.-balq. -ni//-ni//-nu//-no//-di//-du//-ti//-tu: yuldi
“yo‘lni”, kosto “kuchni”, tasti "toshni”;
3) o'zbek tili lahjalari, bir qator turkiy tillarda -ni //—nu//-du//-ti//-mi//-
zi//-si//-si//-xi//-ci: qapti, qardi, uydi, uyyi,otti, soxxi, socci;
4) ozarb., turkm., yoq.-w //-nu//-(y)i//-(y)u: apam, adami, bugduyu,
квгроущ
5) gagauz, turk tillarida -i//-u//-yi//-yu: burnu, biyeyi ‘"yilqini”;
6) oltoy, xakas, shor tillarida: -n,-bw, -gin: aim, atibnj, atigm.
Jo‘nalish kelishigi. Turkiy tillarda jo'nalish kelishigining -qa/ -ga /
-ga, -ka/-ga/-a /-э / ya/ -qa/ -ja / a, -ka(<-karu) shakllari qoTlanadi. -ga /
-ga, -q a /-k a affikslari jo'nalish kelishigining asosiy shaklini tashkil etadi.
Bu shakllarning ishlatilishi, asosan, shu affiksni qabul qiluvchi so‘zning
xususiyatiga bogTiq: -ga shakli, odatda, unli yoki jarangli undosh bilan
tugagan qattiq o ’zakli so‘zlarga qo‘shiladi: barcaga, uyquga, suvga,
maqsudga, yolga, aqsam ga kabi; -qa shakli jarangsiz undosh bilan
tugagan qattiq o‘zakli so‘zlarga qo‘shiladi: xalqqa. Yumshoq o ‘zakli
so‘zlarga -ga yoki -ka shakli qo’shilgan. Jo‘nalish kelishigi affiksining
yumshoq o‘zakli so'zlarga qo'shiluvchi jarangli -ga, jarangsiz -ka
shakllari arab yozuvida bir xil ko‘rinishga ega boTgan, y a’ni k o f va a lif
orqali ifodalangan. Singarmonizm qonuniga muvofiq unli yoki jarangli
undosh bilan tugagan yumshoq o‘zalcli so'zlarga qo'shilganda, bu affiks
Do'stlaringiz bilan baham: |