Tu rk iy tilla rd a so ‘z turkum la ri asosiy tushunchalar


Download 83.84 Kb.
bet5/20
Sana23.03.2023
Hajmi83.84 Kb.
#1287238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bu sahifa navigatsiya:
  • -ning
Qaratqich kelishigi. Qaratqich kelishigi affikslari quyidagicha:
-it] -nj, -it], -nui]/ -nihj; -tju. Bu shakllar bir affiksning turli fonetik ko'rinishlari bo'lib, bulardan qaysi birining ishlatilishi shu affiksni qabul qiluvchi so'zning fonetik tuzilishiga bog'liq. Bundan tashqari,
o'zbek tilida qaratqich kelishigi affiksining -im shakli ham mavjud bo'lib,
uning qo'llanishi men, biz olmoshlari bilan chegaralangan: menim, bizim.
Bu shakl hozirgi badiiy uslubda ham kuzatiladi: O'zbekiston - vatanim
manim
(A.Oripov).
Qaratqich kelishigi affiksining -nin / -nh\ shakllari odatda tarkibi
(oxirgi b o 'g ‘ini)da lab unlisi bo'lmagan so'zlarga qo'shiladi: yigacmrj
budaqi, yelnit] sozi
kabi. Bu shakl qaratqich kelishigining asosiy
ko'rsatkichi sifatida eski o'zbek tilida qo'llangan.
-nw]/ -nuij shakllari lab uyg'unligi asosida yuzaga kelgan, ya’ni so’z
tarkibi (oxirgi bo'g'in)dagi unli lablangan bo'lsa, affiks tarkibidagi unli
ham lablangan bo'ladi: quduqnui] tasi, soznuij rasti kabi.
Qaratqich kelishigi affiksida lab uyg'unligining aks etishi, bir qator
turkiy tillarda, jumladan, o'zbek tilida XIX asr oxiriga qadar davom
etgan. XX asr va undan keyingi davrlarda esa bu qonuniyatga, deyarli,
amal qilinmagan, y a’ni tarkibida lab unlisi bo'lgan yurt, quduq, kul, suv
kabilarga ham ko'pincha qaratqich kelishigi affiksi —пщ /- nuj shakllarida
qo'shilgan: yurtnitj kisisi, quduqmt] suvi.
Undosh bilan tugagan so'zlarga qo'shiluvchi -it]/ in, -иц / -tin,
shakllarining qo'llanishi turkiy tillar taraqqiyotining m a’lum davrlari
bilan chegaralangan, ayrim so'zlar uchungina xos bo'lgan.
Qaratqich kelishigi affiksining - щ/п],-щ/-щ shakllarii hozirgi
ozarbayjon, turk, turkman, gagauz kabi o 'g 'u z guruhidagi turkiy tillarga
xos, ya’ni bu tillarda undosh bilan tugagan so'zlarga qaratqich kelishigi
affiksining shu shakllari qo'shiladi.
69
Hozirgi o'zbek adabiy tili uchun qaratqich kelishigi affiksining -ning
shakli qabul qilingan b o iib , eski o'zbek tilida amalda bo'lgan boshqa
shakllari shevalarda saqlanib qolgan.
Turkiy tillarda qaratqich kelishigi belgisiz ham qo'llanadi. Bunday
hollarda qaralmishning qaratqichga umumiy xosligi (shaxs, narsapredmet, o'rirt, paytga munosabati) ifodalanadi: daraxt bargi. Belgisiz
holat turdosh otlarga qo'shilganda kuzatiladi. Mazkur kelishiklar olmosh,
atoqli ot, sifatdoshlarga qo'shilganda belgili qo'llanadi.
Qaratqich kelishigidagi so'zning belgisiz qo'Uanishi ko'proq she’riy
asarlarda uchraydi. Nasriy asarlarda esa qaratqich kelishigidagi so'z,
asosan, belgili qo'llangan. Nasriy asarlarda qaratqich kelishigidagi
so'z ham, uning qaralmishi ham ko'pincha belgili qo'llangan. Masalan:

Download 83.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling