Tu rk iy tilla rd a so ‘z turkum la ri asosiy tushunchalar
TURKIY TILLARDA OT SO‘Z TURKUMI Asosiy tushunchalar
Download 83.84 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otlarda son kategoriyasi.
- 1, m, r, s, c, s, z, k, n.
TURKIY TILLARDA OT SO‘Z TURKUMI
Asosiy tushunchalar: son kategoriyasi, kelishik kategoriyasi, egalik kategoriyasi, turlanish, turdosh ot, atoqli ot, aniq ot, mavhum ot, to 'plam va tasnif, otyasalishi. Narsa-buyum, mavhumlik m a’nosini bildiruvchi so'zlar otdir. Turkiy tillardagi ot quyidagi xususiyatlarga ega. 1. Ot turkumi son, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga, turli m a’no hamda vazifa uchun xizmat qiluvchi funksional shakliarga, shuningdek, o'ziga xos yasalish tizimiga ega. 62 2. Ot sifat, son. olmosh, fe’l va ravish (barcha mustaqil so'zlar) bilan birika oladi. 3. Ot barcha gap bo‘laklari vazifasida kela oladi (ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar, undalma). Ot so‘z turkumi son, egalik, kelishik kategoriyalari bilan o‘zgaradi. Otning noaniqligi ko‘pgina turkiy tillarda bir so‘zi yordamida ifodalansa, chuvash tilida per so'zi bilan beriladi. Aniqlik holati esa egalik ko‘rsatkichlari (meniy bodumtm) va vositasiz to‘ldiruvchi (chuv. keneken раг-ка "kitobni berchi”) yoki qaratqich aniqlovchi vositasida ifodalanadi. Otlarda son kategoriyasi. Otlarda son tushunchasi birlik va ko'plik orqali namoyon bo‘ladi. Otlar nutqda har doim birlik yoki ko‘plik shaklida bo‘ladi. Turkiy tillarda otning son shakli (birlik va ko'plik) sintaktik munosabat bildirmaydi. Grammatik son kategoriyasi odatda birlik va ko‘plikdagi shakllar qarama-qarshiligidan tashkil topadi. Qadimgi turkiy qabilalarda grammatik son kategoriyasi shakllari o ‘ziga xos tarzda ifodalangan. A.N.Kononov shu nuqtayi nazardan turkiy tillarda son kategoriyasi birlik va ko‘plik shakliariga ega emas, deydi. Qadimda so'zlar qo‘shimchasiz holda umumlashgan narsa nomini bildirib, nutqiy vaziyat yoki matnga qarab yakka narsani yoki uning yig‘indisini bildirgan (ot so‘zi). Qadimgi turkiylar tasavvurida ko'plik jamlash, yig'ish, to'da m a’nosida ifodalangan. Masalan, hozirgi o'zbek tilida ham ayrim otlar birlik shaklida umumlashgan narsa-predmetni bildiradi: to 'da, poda. K o'plik shaklining sintaktik usulda ifodalanishi turkiy yodnomalarda so'zlarning takror qo‘llanishida ko'rinadi, keyinroq ko'plik tushunchasi son bilan otning birikishi orqali aks ettirilgan. Turkiy tillardagi bobo til davridan mavjud bo'lgan jam likni bildiruvchi ko'rsatkichlar sifatida quyidagilami keltirish mumkin: 1, m, r, s, c, s, z, k, n. Bu ko'rsatkichlar hozirda iste’moldan chiqqan, bir qator turkiy tillardagi so'zlar tarkibida saqlanib qolgan. -z ko'rsatkichi - qadimgi turkiy tilda: ikiz//ikkiz “egiz”, miigiiz "shoxlar”, goz “k o 'zlar”, yuz, tiz “tizza”, tat. myogez “shoxlar”,joldasze “o'rtoqlar”. Bu affiks bir qator etnonimlar tarkibida ham uchraydi va ko'plikni bildiradi: oguz, qirgiz. Bu qo'shim cha tatar tilida II shaxs ko'plikdagi buyruq-istak maylida ham mavjud: barmagiz “bormangiz”. Kishilik olmoshlarining ko'plik shakli ham z ko'rsatkichi yordamida hosil qilingan: -mi+n | bi+ -z = biz ; si+n=sen\ siJrz=siz. 63 Y.Abdurasulov qadimgi turkiy tilda birlikdagi ot sanaladigan qaz, qiz, 6z, buz kabi so’zlar tarkibida z undoshining borligi, o‘z navbatida, qas, qol, ayaq, qulaq, erin, egin kabi juftlik anglatuvchi so’zlar tarkibida z elementining mavjud emasligini ta’kidlab, z ko'rsatkichining ko‘plik shakli sifatida qaralishiga to'liq isbotini topmagan holat sifatida baho beradi.57 Buz so‘zi anglatadigan m a’noda qisman ko'plik tushunchasi mavjud. Izlanishlar buz ‘‘muz” so‘zining ‘’qotmoq, yaxlamoq” m a’nosidagi bus- so‘zi bilan aloqadorligini ko’rsatadi (ЭСТЯЛ978,23a). Qas, qol, ayaq, qulaq, erin, egin so‘zlarida ko‘plik (yoki ikkilik) q,-n shakllari orqali hosil qilingan. Download 83.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling