Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi
Gormogonsimonlar ajdodi – Hormogoniophyceae
Download 232.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu1 mikologiya maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ossillatoriyanomalar qabilasi - Oscillatoriales
Gormogonsimonlar ajdodi – Hormogoniophyceae
Bu ajdodga kiradigan suvo’tlar, ko’p hujayrali ipsimon shaklda bo’lib, har bir hujayra qo’shni xujayra protoplazmasi bilan plazmodesma ipchalar vositasida birikadi. Ko’payish gormogoniyalar va sporalar vositasida bo’ladi va bu ajdod bir nechta qabilalarga bo’linadi. Shulardan ossillatoriyanomalar (Oscillatoriales), nostoknomalar (Nostocales) va stigonemanomalar (Stigonematales) qabila vakillari bilan tanishamiz. Ossillatoriyanomalar qabilasi - Oscillatoriales Bu qabilagakiruvchi ko’k-yashil suvo’ttoifalarining tallomi ipsimon gomosit shaklidadir. Bu qabilaning eng muhim turkumi ossillatoriya bilan tanishamiz. Bu turkum vakillari nam tuproq, suv ostidagi substratlar yuzasida qalin pustli to’plamlar hosil qiladi. Ossillatoriyaning tanasi oddiy ipsimon shilimshiq pardasi bo’lmagan hujayraning eni bo’yidan bir necha marta katta. Ossillatoriya ipi tanasi bo’ylab bir xil tuzilgan hujayralardan iborat. Hujayralar ko’nda- langiga bo’linishi natijasida o’sadi. Ipsimon tallomi o’z o’qi atrofida to’lqinsimon h arakatlanadi. Harakatchan gormogonlar vositasida ko’payadi va har bir gormogondan yangi ip o’sib yetishadi. Tropik dengizlarda plankton holda tarqalgan trixodesmium (Trichodesmium) turkumi vakillarini uchratish mumkin. Bular ossillatoriyadan parallel joylashgan bog’lamlari bilan farq qiladi. Bo’ndan tashqari ossillatoriyaga yaqin turkumlardan spirulina (Spirulina) dir. U tuzilishi jih atdan ossillatoriyaga o’xshash bo’lib, undan tanasini spiral buralganligi bilan farq qiladi. Spirulaning ba’zi turlari masalan: S.maxima h ujayrasida juda ko’p miqdorda (60-68% quruq massa) protein to’playdi va shu sababli qadimdan Afrikaning bir qancha hayvonlari uchun oziq- ovqat sifatida ishlatiladi. Oxirgi yillarda qator mamlakatlarda jumladan, MDX da spirulina turlarini madaniylashtirish ishlari olib borilmoqda. Chuchuk suv havzalarida Lingbiya (Lyngbya) lar orasida ko’p o’zakli hujayra tuzilishiga ega bo’lgan vakillari h am uchraydi. Bularga misol qilib hamma dengiz suvlarida ayniqsa tropik dengizlarda ko’p, o’sadigan korallina (Co- rallina) bilan tanishamiz. Uni tallomi tikka o’sadi, shoxchalar bo’lib, har bir hujayra qo’shni xujayra protoplazmasidan, ipli gormogon shakldagi suvo’tlarni birlashtiradi. Bu turkum bir qancha turlardan iborat. Anabena (Anabaena) turkumi. Bu turkum vakillarining vegetativ hujayralari odatda aloh ida yoki to’da bo’lib to’plangan ipchalardan iboratdir. Ipi ko’rinishida simmetirik, orasida geterosistlari joylashgan, bochkasimon yoki dumaloq va deyarli bir xil enilikka ega. Nostok (Nostoc) bu turkumning vakillari xilma – xil shaklda va kattalikda bo’lib, shilimshiqli koloniya hosil qilish bilan harakterlanadi. Koloniya shilimshiq po’st bilan qoplangan, shaklli ellipssimon va ipsimon ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Shilimshiq ichida nostok iplari turlicha joylashadi, ya’ni, tartibsiz chalkashgan, markazdan radikal holatda yoki uzoqlashgan h olatda bo’ladi. Nostokni ipida anabena ipiga o’xshash vegetativ hujayralar bilan bir qatorda, interkolyar geterosistlar h am joylashadi. Geterosistlar bor joydan uzilib, gormogonlar hosil qilish yuli bilan kupayadi. Gormogonlarning h osil bo’lish davrida hujayra shakli o’zgaradi. Bentos xolda usadigan formalardagi vegetativ hujayralarda gaz vakuolalari bulmaydi, bu vakuola faqatgina gormogoniy hujayralarida yuzaga keladi. Gormogoniy h arakat qilish hususiyatiga ega bo’lib, qalqib turgan ona koloniyadan chiqadi. Nostoknomalarning ba’zi turlarida vegetativ ip asimmetrik tuzilgan. Masalan, kolotriks (Calothrix) turkumi vakillarining ipi qamchisimon, ancha kengaygan bazal qismida geterosist differensiyallashadi, qarama-qarshi tomonida ipi ingichkalashadi va o’lkan hujayralardan hosil bo’lgan hujayrali tukchalar bilan qoplanadi. Ip g’ilof ichida bo’lib shoxlanishi mo’mkin. Rivulyariya (Rivularia) va gleotrixiya (Gloeotrichia) turkumiga mansub suvo’tlarning tallomi xuddi nostoklarnikiga o’xshash dildiroq modda ko’rinishida bo’lib, ipi asimmetrik, markazida radius bo’ylab tarqaladigan shilimshiq bilan qoplangan. Koloniya markazga kengaygan geterosistidli bazal qismi bilan joylashib, tashqi tomonidan tukchalar joylashadi. Kalotriks, rivulyariya va gleotrixiyalar gormogonlar vositasida ko’payadi. Gormogonlar hosil bo’lish vaqtida tukchalar to’kiladi, hujayrasining shakli, katta-kichikligi o’zgaradi va gaz vakuolalari h osil bo’ladi. Gormogonlar to’g’ri va simmetrik bo’lib, asosiy ipdan ba’zi hujayralarning o’lishi natijasida uziladi hamda bir qancha vaqt suzib yuradi, shundan keyin harakatdan to’xtaydi va o’sib asimmetrik ipga aylanadi. Download 232.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling