Ko’k-yashil suvo’ttoifalarining tabiatda tarqalishi
Ko’k-yashil suvo’ttoifalari hamma joyda tarqalgan bo’lib bironta boshqa o’simlik
o’smaydigan joylarda ham o’sa oladi va yer yuzini eng avval qoplaydigan o’simliklar ham shular
hisoblanadi, jumladan vulqonli orollarda, ko’pchillik ko’k-yashil suvo’ttoifalar
chuchuk
suvlarda, ba’zilari dengizlarda ham o’sadi. Ko’l suvi havzalari va sekin oqadigan suvlarda
makrosistis, anabena, afanizomenon, gleostrixiya turlari plankton holda o’sadi
va suvning
"gullashiga" sababchi bo’ladi. Plankton turlarining hujayrasida gaz vakuolalari bo’ladi va
shuning yordamida suv yuzida qalqib turadi (qizil rangli fikoeritrin borligi sababli). Qizil
dengizda suvning "gullashi" ni yuzaga keltiradi, shu sababli dengizga Qizil nomi berilgan.
Ko’k-yashil suvo’ttoifalarning ko’pgina vakillari suvdan tashqarida h am o’sadi.
Sobiq
SSSRning Janubiy Sharqiy yarim cho’l zonalaridagi tuproqlarda nostok nam tropik tog’
qiyalarida gleokapsa, ssitonema va boshqalar shular jumlasidan hisoblanadi. Bo’lar
orasida
simbioz (birlikda yashash) keng tarqalgan. Bir qator vakillari lishayniklarda gonidiy (fikobiont)
qatlamini h osil qiladi. Nostok, stigonema, ssitonema, kalotriks
va boshqalari yuksak
o’simliklarning ildizida yashab, simbioz hayot kechiradi.
Ko’k-yashil suvo’toifalari ipsimon hayotida (azotni o’zlashtirishda, iste’mol etishda)
muhim ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda zaharli vakillari esa suvni ifloslab "gullashi"ga,
baliqlarning qirilib ketishiga sababchi bo’ladi.