Tuban (Tallobionta) va yuksak o’simliklar ( Cormobionta). Ko’k yashil suvo’tlari(Cyanophyta) tuzilishi, ko’payishi va klassifikatsiyasi
Download 232.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu1 mikologiya maruza
Ko’k yashil suvo’tlar bo’limga bir h ujayrali, koloniyali, shakli ipsimon, tuzilishga ega
suvo’ttoifalari kiradi. Ularning hujayrasi tarkibida xlorofill "a", karotinoidlar va ko’k rang beruvchi pigmentlar - fikosian, allofikosian hamda qizil rang beruvchi fikoeritrin pigmentlari bo’ladi. Bu pigmentlarning o’zaro qo’shilishi nisbatiga qarab ko’k-yashil rangda bo’lish mumkin. Pigmentlarning xili, xivchinli stadiyalarning yo’qligi bilan ko’k-yashil suvo’ttoifalar qizil suvo’ttoifalar bo’limiga yaqindir, lekin tipik yadro, metoxondriy h amda xromotoforalarning yo’qligi bilan uvoqlilar (Schizophyta) bo’limiga o’xshash, shuning uchun Procaryota gruppasiga qo’shib o’rganiladi. Ko’k-yashil suvo’ttoifalar hujayrasi yorug’lik mikroskopi ostida tekshirilganda sitoplazma po’sti ko’rinmaydi, faqatgina hujayra po’stiga yaqin rangli qismi (xromotoplazma) va markaziy rangsiz (sentroplazma) qismlarga ajralish bilan xarakterlanadi. Xromotoplazma bilan sentroplazma o’rtasida qat’iy chegara yo’q. Sentroplazmada yadro po’sti, yadro va yadrochalar bo’lmaydi. Ammo, sitoplazmada DNK to’planadi. Shu sababli uni primitiv (boshlang’ich arsyota guruh iga qo’shib o’rganamiz sitoplazmada zapas ozuqa moddalar ham joylashadi (glikogen, volyutin, sianofisin donalari) va gaz bilan to’lib turadigan bo’shliq bo’lib, gaz vakuolalari yoki psevdovakuolalar deyiladi. Bu psevdovakuolalarning ba’zi turlari butun vegetasiya davomida saqlanadi, ba’zilarida esa faqat ma’lum taraqqiyot stadiyalardagina bo’ladi. Elektron mikroskop yordamida kuzatilgan ko’k-yashil suvo’ttoifalari hujayrasi qo’yidagi tuzilishga ega. Hujayra po’sti muriyen qatlam L2 hujayra po’stining mustahkamligini belgilaydi va hujayraning shaklini saqlaydi. Murein qatlam tashqarisida elektron-yaltiroq qatlam L3 va membranaga o’xshash L4 qatlam joylashgan bo’ladi. Bu qatlamlar uglevodlardan tashkil topgan bo’lib, L2 qatlamdan silliq va plastikligi bilan farq qiladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan to’rt qatlam ko’k-yashil suvo’ttoifalari hujayra po’stining uzunasiga kesimidan ko’riladi. Ipsimon ko’k-yashil suvo’ttoifalarning hujayra po’stining ko’ndalang kesmasi tekshirilganda faqat L1 va L2 qatlamlaridan tashkil topganligini ko’ramiz. Sitoplazmaning periferik- (tashqi) qavati xromotoplazmada tilakoid joylashadi (tilakoidlar membranasi - xlorofill va karatinoidlar molekulasidan tuzilgan) va hujayraning hamma qismlariga tarqaladi. Ko’k-yashil suvo’ttoifalarida tilakoidlar to’p-to’p bo’lib joylashmasdan, aloh ida ya’ni, bitta-bitta joy oladi. Bu suvo’ttoifalarning hujayrasida yana qo’shimcha pigmentlardan (fikasian, allofikasianin va fikoeritrin), granula shaklida fikobilisom bo’lib, tilakoidlarni tashqarisida joylashadi. Hujayra markazida sitoplazmadan alohida qobiq bilan ajralmagan nukleoplazma bo’lib, unda DNK fibrillari joylashadi va yadro vazifasini bajaradi. Sitoplazmada tilakoidlar va nukleoplazmadan tashqari ribosoma hamda zapas oziq moddalar: glikogen, valyutin (metaxromatin), sianofisen granullari uchraydi. Ko’k-yashil suvo’ttoifalar hujayrasining bo’linishi, yon devorlarida halqasimon qatlamlarning hosil bo’lishidan boshlanadi. Bu qatlam sitoplazma membranasi va po’stining ichki (L1, L2) qavatlaridan yuzaga keladi. Hujayra bo’linishidan oldin DNK miqdori ikki marotaba oshadi, hujayra bo’linganda bu DNK h am ikkiga bo’linadi. Ko’pgina ko’k-yashil suvo’ttoifalarining hujayra po’sti tashqi tomonidan shilimshiq qatlam bilan (g’ilof singari) o’rab olingan bo’ladi. Bu qatlam ancha qalin va mustah kam bo’lib, bir nechta hujayralarni birgalikda o’rab turadi. Mana shu shilimshiq qatlam hujayralarni qurib qo- lishidan saqlaydi va (egri-bugri) harakat qilishga yordam beradi. Shilimshiq qavatlar tarkibini fibrin ipchalar tashkil etadi. Ba’zi bir ipsimon ko’k-yashil suvo’ttoifalarda hamma hujayralari bir xil bo’lib, gamosit tallom deyiladi. Boshqa turlarida ipsimon tallomlari turli vegetativ hujayralardan tashkil topgan bo’lib, geterosit tallom deyiladi. Ba’zi vegetativ hujayralarda sporalar (akinet)lar hosil bo’ladi, bularga akinet xujayralar hisoblanadi. Bunday xujayralar tallomdagi vegetativ hujayralarning differen- siyasi natijasida hosil bo’ladigan maxsus hujayralardir. Geterosist hujayrasining asosiy hususiyatlaridan biri hujayra po’stining qalinlashganligi va o’lik ya’ni hayotchanligni yuqotgan xujayra ichi yoki bo’shlig’i havo bilan to’lgan bo’ladi. Geterosistlar hujayraning vegetativ ko’payishida ishtirok etadi, ya’ni tallomlar, geterosist bor joydan o’ziladi va yangi tallomlarni hosil qiladi ba’zan ipsimon tallomning bir bo’lakchasi ajralib, gormogonlarga aylanadi. Ayrim vaqtlarda geterosistlarning ichki qismlari bo’linib, yangi yosh hujayra vujudga keladi. Geterosist kislorodli sharoitda atmosfera azotini fiksasiya qilish qobiliyatiga ega. Vegetativ hujayralarning differensialanishidan mutaxasislashgan ikkinchi xil hujayra – spora hosil qiluvchi bo’ladi, bunga akinet spora deyiladi. Akinet spora odatda vegetativ hujayraga nisbatan ancha katta, qalin devorli bo’lib, geterosistlardan farq qiladi. Vegetativ hujayralarning differensialashganidan hosil bo’lgan sporaning rivojlanishida muriyen qavat qalinlashadi, bundan tashqari hujayra po’stining tashqarisida yo’g’on enli o’ram hosil bo’ladi. Akinet spora geterosistdan farq qiladi, uning zapas granulasi tarkibida sianofisin ko’p bo’ladi. Spora ichida tilakoidlarning joylanishi vegetativ hujayranikiga o’xshaydi. Sporada DNK miqdori vegetativ hujayranikidan 20 - 30 marta ko’p bo’ladi. Sporalar quruqlikka anchagina chidamli bo’lib, tinchlik davrini o’tgandan keyin uning hujayra po’sti yorilib har qaysidan yangi individ o’sib chiqadi. Ko’k-yashil suvo’ttoifalarda jinsiy prosess kuzatilmaydi. Bir h ujayrali kolonial formalarda ko’payishi h ujayralarning teng bo’laklarga bo’linishi bilan sodir bo’ladi, ba’zan bir turlarning hujayrasi endospora yoki ekzospora hosil qilish yo’li bilan ko’payadi. Ko’pchilik ipsimon formalar gormogonlar hosil qilish, ya’ni iplarning aloh ida bo’laklarga bo’linishi bilan ko’payadi. Bu gormogonlar bir muncha vaqt harakatlanadi, keyin o’sib yangi individga aylanadi. Ipsimon (geterosist) ko’k-yashil suvo’ttoifalari akinet spora hosil qiladi. Ko’k - yashil suvo’ttoifalari uchta ajdodga: xrokokksimonlar (Chroococcophyceae), xamesifonsimonlar (Chamaesiphonophyceae) va gormogonsimonlar (Hormogoniophyceae) bo’linadi. Download 232.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling