H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik
90
bo‘kib, harakatchan yuqori dispers mahsulot peptizatsiya jarayoniga uchrab
o‘z faolligini oshirib boradi. Tuproq kolloidlari kengayishi va peptizatsiyasi
quyidagi sharoitlarda ro‘y beradi:
1. Kolloid zarrachasining zaryadi oshganda.
2. Koagulyatsiya chegarasigacha tuproq
tarkibidagi suvda eriydigan
tuzlarning konsentratsiyasi kamayib ketgan.
3. Kuchli ikki va uch valentli koagulyantlari bilan almashish
jarayonida;
4. Ishqoriy muhitning oshib ketishi natijasida.
Tuproq tarkibidagi tuzlar, sho‘rni yuvish yoki yerlarni sug‘orish
natijasida, kolloidlar peptizatsiyasi jarayoni rivojlana boshlaydi. Tuproq
singdirish sig‘imidagi kalsiyning o‘rnini kaliy va natriy almashinuvi tuproqqa
kaliy o‘g‘itlari silvinitli (KCl, NaCl) ishlatganda ro‘y berishi mumkin.
Tuproqni ishqorli suvlar bilan sug‘organda ham rN-9 gacha oshib ketadi.
Tuproq peptizatsiyasi natijasida suv singdirish, o‘tkazuvchanlik
qobiliyati hamda qatqaloq hosil bo‘lish jarayoni rivojlanadi,
tuproq
donadorligi kamayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: