Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari: 1. Tuproqning singdirish sig‘imi deb nimaga aytiladi? 2. Tuproqning singdirish sig‘imini o‘rgangan olimlar kimlar? 3. Singdirish sig‘imining ahamiyatini tushuntiring? 4. Tuproq kolloidlarining tuzilishi qanday va singdirish sig‘imi qaysi usullar bilan o‘rganiladi? 14-bob. Tuproqning kislotalik va ishqorlik sharoitlari Tuproq reaksiyasi eritmadagi N + va ON - miqdoriga bog‘liq bo‘lib, uning rN darajasi rN=-lg ( H+ ) yoki rN = -lg (OH-) belgilanadi. Vodorod ionlari konsenratsiyasining ( OH- faolligining) manfiy ishoralari unli logarifm tarzida ifodalanadi. Erigan moddalar tarkibi va ularning qattiq faza bilan bo‘lgan H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 92 munosabatiga binoan, eritmada vodorod va gidrooksil ionlar konsentratsiyasiga qarab, tuproq reaksiyasi neytral (rN 7), kislotali (rN<7) yoki ishqoriy (rN>7) reaksiyaga ega bo‘lishi mumkin. Tuproq reaksiyasi, mineral massaning kimyoviy, mineral tarkibi, erigan tuzlar miqdori, organik moddalar tabiati, namlik, tuproq havosi hamda mikroorganizmlar miqdori va hayoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Suvda eriydigan tuzlar kislotali, neytral, ishqoriy tabiatli bo‘lishi mumkin. Tuproqda eng ko‘p tarqalgan mineral kislotalardan biri N 2 SO 3 , u termodinamik va biologik faoliyatiga binoan tuproq muhitining rN 3,3-4,5- 5,7 da ushlab tura oladi. Tuproq va uni hosil qiluvchi ona jins tarkibidagi oltingugurt birikmalari, (sulfidlar) oksidlanishi natijasida sulfat kislotasi hosil qilib, tuproq rN ni 7-8 dan to 2-3 gacha tushirib yuborishi mumkin. Tuproq eritmasining kislotalik (rN 3-3,5) reaksiyasini organik gumus tarkibidagi gumin va fulvokislotalar pasaytirib yuboradi. Tuproqdagi zambrug‘lar, mikroorganizmlar, jonivorlar, o‘simlik ildizlaridan chiqqan moddalar organik kislotalar (sirka, shavel va limon) rN miqdorini oshirib yuboradi. O‘simliklar rivojlanish davomida, tuproq tarkibidagi anion va kationlarni iste’mol qilib, eritmaga N + , ON ¯ , NSO 3¯ , SO 2¯ chiqarib, uning rN ni kislotali yoki ishqoriy muhit tomon o‘zgartirishi mumkin. Kislotalik yoki ishqoriylik birikmalarning vodorod (protonini) chiqarish xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, kislotalar suvga protonlar bersa, ishqoriy birikmalarni esa suvdan protonlarni qabul qiladi. CH 3 COOH + H 2 O CH 3 COO + H 3 O + Tuproq kislotaligi aktual va potensial kislotalarga ajratiladi. Aktual kislotali eritmadagi vodorod ionlar (protonlar) tabiati va miqdori bilan belgilangan, ya’ni disstillangan suv bilan tuproq o‘rtasidagi nisbatida aniqlanadi (1:2,5). Tabiiy yoki laboratoriya sharoitida, suv eritma yoxud tuproq loyida aktual kislotalik elektrodlar yoki kolorimetrlar yordamida aniqlanadi. Potensial kislotalik deganimizda, biz tuproqning tuzli eritmalari kuchsiz kislotalik rolini bajarishini nazarda tutamiz. Tuproqdagi bu xususiyat mineral fazaning o‘g‘itlarga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarida nomoyon bo‘ladi Suvli so‘rimda kislotalik reaksiyasi tuproq eritmasida vodorod ionlari (H 3 O + gidrooksoniy) ning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Kuchli kislotali reaksiyaga ega suvda, metallarning ikki yoki uch zaryadli ionlari vujudga keladi. Rka ‘kv 5,0 Al(H 2 O) 6 3+ + H 2 O Al(H 2 O) 5 OH 2+ + H 3 O + 9,0 3,8 Cr(H 2 O) 6 + + H 2 O Cr(H 2 O) 5 OH 2+ + H 3 O + 10,2 H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 93 2,2 Fe(H 2 O) 6 3+ + H 2 O Fe(H 2 O) 5 OH 2+ + H 3 O + 11,8 Rka – kislotali muhit, ‘kv- ishqoriy muhit. Tuproqda sharoitiga qarab, potensial kislotali almashinuvchi va gidrolitik kislotalikka ajratiladi. Almashinuvchi kislotali tuproqning neytral tuzlar eritmasi bilan munosabatida vujudga keladi. Tuproq majmuasidagi vodorod va alyuminiy ionlari neytral tuzlarning eritmasida kationlar o‘rin almashadi. Tuproqning kislotali muhit, uning fizik xususiyati, mikroorganizmlar va o‘simliklarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Kislotalik sharoit N + va Al 3+ ionlarining ko‘payib ketishidan avjlanadi. Shuning uchun bu toifadagi tuproqlarga, masalan, podzollarga tuproqning ishqoriylik muhitini oshirish uchun ohaktosh solinadi. Tuproqdagi ishqoriy muhit karbonat, gidrokarbonat, silikatlar, alyuminiy va gumat natriy kabi ishqoriy kul elementlarning miqdori oshib ketishiga bog‘liqdir. Quyidagi anionlar ishqoriy muhitni oshirib yuboradi: Rka Rkv 1,4 S 2¯ + H 2 O OH ¯ 12,6 2,0 ‘O 4 3 + H 2 O H’O 4 2 4,1 H 3 SiO 4 + H 2 O H 4 SiO 4 + OH ¯ 9,9 4,8 H 2 BO 3 ¯ + H 2 O H 3 BO 3 + OH ¯ 9,2 Ulardan tashqari tuproqda ishqoriy muhitni natriy va kaliy karbonat, natriy va kaliy gidrokarbonat hamda Ca va MgCO 3 keltirib chiqaradi. Tuproqdagi ishqoriylik ham aktual va potensial ishqoriyliklarga ajratiladi. Birinchisi gidrolitik-ishqoriy tuzlar dissotsiatsiyalanganda gidroksil ionlar hosil bo‘ladi. Potensial ishqoriylik - tuproq majmuasida, natriy ionlarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq: [TSK 2 ¯ ] 2Na + + CaSO 4 = [TSK 2 ¯ ] Ca 2+ + Na 2 SO 4 Na 2 CO 3 + CaSO 4 = CaCO 3 + Na 2 SO 4 Na 2 CO 3 + H 2 SO 4 = Na 2 SO 4 + H 2 O + CO 2 Tuproqning buferlik qobiliyati, asosan, kislotali va ishqoriy muhitni muvozanatga keltirishi bilan bog‘liq: [TSK 2 ¯ ] Ca 2+ + HCl = [TSK 2 ¯ ] 2H + + CaCl 2 yoki [TSK 2 ¯ ] 2H + +Ca(OH) 2 = [TSK 2 ¯ ] Ca 2+ + H 2 O Buferlik xususiyati tuproq kolloidlarning tabiati, zaryadi, almashinuvchi kationlarning fizik-mexanik xossalariga bog‘liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling