Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari:
1. Tuproqning kislotalik va ishqoriylik xususiyatlari deganda nima tushuniladi? 2. Tuproq xossalariga kislotalik va ishqoriylikning ta’siri qanday? 3. Tuproqdagi jarayonlarning muhit bilan qanday bog‘liqligini tushuntiring? 4. Tuproqning kislotalik va ishqoriylik xususiyatlarini aniqlash usullari qanday? 15-bob. Tuproqdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlari Tuproq tarkibidagi organik va mineral elementlar oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini kuchaytirib, tuproqda har xil jarayonlarni vujudga keltiradi. Tuproq tarkibidagi o‘simlik va hayvon qoldiqlarining gumifikatsiyalanishi, temir, marganes, azot, oltingugurt kabi elementlarning oksidlanish va qaytarilish jarayonlariga bog‘liq. Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari bir vaqtda ketib, ularda ikki yoki undan ortiq moddalar ishtirok etadi. Biri elektronlar yo‘qotib oksidlanadi, ikkinchisi esa elektronlar qabul qilib qaytariladi. Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari qaytar yoki qaytmas bo‘lishi mumkin. Birinchisiga organik moddalarning qaytarilishi, ikkinchisiga esa marganes va temirning oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari misol bo‘la oladi. Tuproqdagi oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari oksidlanish va qaytarilish potensiali (OQP) bilan o‘lchanadi. Tuproq eritmasi bilan inert materialdan (platinadan) tayyorlangan elektrod o‘rtasidagi potensial, oksidlanish-qaytarilish potensiali deyiladi. U millivoltlarda o‘lchanib, Eh orqali ifodalanadi. Tuproqning OQP qo‘yidagi tenglama yordamida aniqlanadi: red ox a Q a lq n Eo Eh ⋅ ⋅ + = 58 Eo – standart potensial Q ox a red = 1 Eh – OQP voltlarda o‘lchanadi 58 – potensialning haroratga bog‘liqligi n - OQP qatnashadigan elementlar bergan yoki qabul qilgan elektronlar soni a ox a - aktivligi a red o x – oksidlanish, red – qaytarilish Tuproq kislotalik muhitda O 2 , Cl 2 , MnO 4 -kuchli oksidlovchi Fe 3+ , NO 3 ¯ esa kuchsiz oksidlovchi, Na, Ca 2+ , SO4 2¯ , Fe 2+ -kuchli qaytaruvchi H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 95 bo‘lib hisoblanadi. Tuproqning OQP dala va laboratoriya sharoitida o‘rganiladi. Uning asosiy manbai havodagi kislorod va mikrobiologik jarayonlarning rivojlanishidagi OQPning yuqori pog‘onasi +600:+700 mV va pastki pog‘ona OQP +100:+100 mV oralig‘ida bo‘ladi. Tuproqdagi OQ sharoitlarni baholash maqsadida S.P.Yarkov (1961), I.S.Kaurichev (1965), D.S.Orlov (1982), tomonidan “OQ sig‘imi” va “buferligi” tushunchalari kiritilgan. Bu kattaliklar tuproq namligi, gumus, temir moddalarining miqdori, mikrobiologik jarayonlarning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Tuproqning buferligi deb kislotali va ishqorli muhitning muvozanatlanishiga aytiladi. Tuproq tiplarida OQP 100-750 Mv doirasida bo‘lib, oksidlanish va qaytarilish jarayonlariga binoan ikki toifaga bo‘linadi. Birinchi toifadagi tuproqlarga avtomorf, ikkinchisiga esa yarim gidromorf tuproqlar kiradi. Avtomorf tuproqlarda OQP 450-600 mV sug‘oriladigan yerlarda; 500-600 mV qora va bo‘z tuproqlarda 350-250 mV, hatto 400-300 mV gacha tushib ketadi. O‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqlarda esa OQP 450-300 mV ni tashkil etadi. Tuproqning unumdorligi, gumusning parchalanishi, fiziko-kimyoviy jarayonlar OQP bilan chambarchas bog‘liq. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling