Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-bob. Tuproqning fizik-mexanik xossalari
Sinov savollari: 1. Issiqlik manbalari va ularning tuproq xossalariga ta’siri qanday? 2. Tuproqning hajm, solishtirma va effektiv issiqligi deb nimaga aytiladi? 3. Tuproq issiqlikni qanday o‘zlashtiradi? 4. Tuproqning issiqlik balansi qanday usullar bilan aniqlanadi? 18-bob. Tuproqning fizik-mexanik xossalari Tuproqning fizik-mexanik xossalari deformatsiya, pishiqlik va reologik jarayonlar ta’siri natijasida shakllanadi. Deformatsiya tuproqning siqilishi, cho‘kishi, zichlanishi ta’siridagi mexanik yemirilishga bardoshliligidir. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 99 Tuproqning pishiqligi yoki mustahkamligi uni tashqi ta’sir natijasida surilishi yoki uzilishida namoyon bo‘ladi. Tuproqning reologik xossalari qovushqoqlik, ilashimlilik, plastiklik va tiksotropligi mahlum vaqt davomidagi bosim ta’siridan hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, tuproqshunoslikda tuproqning fizik-mexanik xossalariga – bo‘kish, cho‘kish, ilashimlik, ya’ni yuqori dispers tuproq zarrachalari vujudga keltiradigan holatlar ham kiritiladi. Tuproqning fizik-mexanik holatini aniqlash qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega bo‘lib, undan optimal ishlov berish, haydash, dala ishlarini bajarishda, energiya resurslarini tejashni rejalashtirishda foydalaniladi. Tuproqqa oshiqcha yuk qo‘yilganda siqilish jarayoni avj oladi. Siqilish tuproqqa og‘ir traktorlar bilan ishlov berilganda vujudga keladi. Bu jarayonning avj olishi mexanik, mikroagregatlik va mineralogik tarkib, g‘ovaklik, yoriqlar, loy zarrachalari miqdori, strukturasi, joylashishi, namlik, kolloidlar gidrofilligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tuproq siqilish jarayonining bir ko‘rinishi pastqam joylar hosil bo‘lib, qishloq xo‘jaligida va irrigatsiyada gidrotexnik inshootlarning buzilishiga olib keladi. Tuproq qovushqoqligi deganda, unga ta’sir qilayotgan tashqi mexanik kuchlarga ko‘rsatiladigan qarshiligi ko‘zda tutiladi. Qovushqoqlik tuproqning mexanik va mineralogik tarkibiga bog‘liq. Mexanik tarkibi og‘ir bo‘lsa, tuproq tarkibida silikat minerallari, kolloid va loy zarrachalari ko‘p bo‘lsa, qovushqoqlik ham yuqori bo‘ladi. Namlik ham tuproq qovushqoqligini oshiradi. Gumus qumli tuproqlar qovushqoqligini kuchaytirib, loyli tuproqlarning bog‘liqligini kamaytirib turadi. Tuproq mustahkamligi tashqi ta’sir natidasida vujudga keladigan siqilish va ajralish jarayonlariga qarshiligi bilan belgilanadi. Tuproq mustahkamligi ishlov berish natijasida ishlov qurollariga ko‘rsatilgan qarshiligi bilan aniqlanib, quyidagi formula yordamida hisoblanadi: ab R K = , Bu yerda: R - tortish kuchi, kg; a - haydalish chuqurligi, sm; b - plug kengligi, sm. Tuproqning ishlov berishga qarshiligi namlik, mexanik va mineralogik tarkibga bog‘liq. Tashqi kuchlar ta’sirida tuproqning o‘z holatini o‘zgartirishi va keyinchalik esa uni saqlab qolish qobiliyati plastiklik deyiladi. Tuproq plastikligi uning harakatchanligi va konsistensiyasini belgilaydi. Namlik o‘zgarishi bilan tuproq o‘z holatini o‘zgartirishi va pirovard natijada, o‘rmalovchi oquvchan holatga o‘tadi. Tuproq plastikligi Atterberg usulida H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 100 aniqlanib, bir necha qismga bo‘linadi: 1) oquvchanlik chegarasi yuqori nuqta bo‘lib, sernam tuproq loyiga metall (76 g) konus 10 sm chuqurlikkacha o‘z og‘irligni bilan tushadi; 2) quyi plastiklik chegara, loyni kaftda yumalatganda d=3 mm shnur hosil qilib yorilmaydi; 3) yuqori va quyi plastiklik farqi. Tuproq plastikligi namlik, mexanik va mineralogik tarkibga bog‘liq. Tuproqning ilashimligi deganda, tuproqning ishlov berish mexanizmlariga yopishish xususiyati nazarda tutiladi, u ham tuproqning mexanik, mineralogik, kimyoviy tarkibi va namlik bilan bog‘liq. Tuproq ilashimligining fizik yetilish mehyorida qishloq xo‘jalik mexanizmlari bilan yerga ishlov berish osonlashadi. Tuproq sharoiti, tarkibi va mexanik xususiyatlariga binoan bo‘kishi va cho‘kishi tufayli joyning relyefi o‘zgarib, past va balandliklar hosil bo‘lishi natijasida yerga ishlov berishda bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Tuproqning fizik-mexanik xususiyatlarini dehqonchilikda ishlov berishda, ko‘p qavatli korxonalar va turar joylar, yo‘l va aeroportlar, gidrotexnik inshootlar: kanallar, suv omborlari qurishda, irrigatsiya va boshqa meliorativ qurilishlarda hisobga olish maqsadga muvofiq. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling