Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari:
1. Tuproq radioaktivligi nima? 2. Tuproq radioaktivligi qanday paydo bo‘ladi? 3. Radioaktivlikni aniqlashning qanday usullari mavjud? 4. Radioaktivlikning tuproq xossa-xususiyatlari va unumdorligiga ta’siri qanday bo‘ladi? 17-bob. Tuproqning issiqlik xossalari Quyoshdan keladigan nur, Yer sharining ichki issiqligi, atmosfera radiatsiyasi, organik moddalarning parchalanishiga bog‘liq biokimyoviy jarayonlar va radioaktiv yemirilish tuproq tarkibidagi issiqlik manbai hisoblanadi. Issiqlik tuproqdagi juda muhim xususiyatdir. O‘t-o‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi, o‘sishi, rivojlanishi, hayvonot dunyosining yashashi, ko‘payishi, mikroorganizmlar hayoti, mineral moddalarning hosil bo‘lishi issiqlik bilan bog‘liq. Issiqlik harorat o‘zgarishi bilan belgilanib, tuproqdagi (qattiq, suyuq va gaz) fazalar o‘rtasidagi jarayonlarni boshqarib turadi. Quyosh va radiatsiyadan kelayotgan issiqlik, tuproqda asosiy o‘rin egallaydi, qolganlari esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Quyoshdan yer yuzasiga keladigan issiqlik energiyasi 8,296 Dj (sm 2 /min)ga teng yer ichki energiyasi esa 4,19.10 ¯ 4 Dj (sm 2 /min), asosiy qismi atmosferada ushlanib, relyef, o‘simlik qoplami, yil fasli, atmosfera holati va tuproqning issiqlik xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Tuproqda issiqlikning harakati, yutilishi, energiyasining harakat majmualari issiqlik xususiyatlariga kiradi. Ular tuproq tomonidan issiqlik yutilishi, qaytarilishi, o‘tkazuvchanligi, hajm yutilish qobiliyatidan iboratdir. Tuproq tomonidan issiqlik yutilishi va Quyosh nuri ma’lum qismining yer yuzasidan qaytarilishi (albedo-A va Q-qaytarilish) Quyosh radiatsiyasi (Q-umumiy) o‘lchamlari orqali hisoblanadi: 100 ⋅ = умум кайт Q Q A H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 98 Quyosh nurining umumiy radiatsiyasi va uning tuproq yuzasidan qaytarilishi Dj(sm 2 /min)larda o‘lchanadi. Albedo tuproq rangi, namligi, donadorligi, organik moddalar miqdori, mexanik tarkibi va yuzaning tuzilishiga bog‘liq. Yorug‘lik energiyasining tuproq yuzasidan qaytarilishi (8- 10-30 %) Albedo kattaligi o‘simlik va qor qoplamiga ham bog‘liq. T Q С ∆ ∆ = / S – issiqlik yutilish sig‘imi, J (g/grad); Q – tuproqdagi issiqlik miqdori, J/g; T– tuproq harorati, °C. Issiqlik sig‘imi solishtirma hajmiy va effektiv kabi turlarga bo‘linadi. Solishtirma issiqlik sig‘imi deb, 1 g absolyut quruq tuproqdan 1 0 S dan 14,5-15,5 0 S chiqaradigan yoki yutiladigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Hajmiy issiqlik sig‘imi esa quruq holatdagi 1 sm 3 tuproqni 1 0 isitilganda yoki sovutilganda ketadigan issiqlik bilan aniqlanadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan issiqlik o‘lchamlari tuproqning fizik xossasi, granulometrik va mineralogik tarkib, organik moddalar miqdori, donadorlik va tuproq tuzilishi holati bilan bog‘liq. Bo‘z tuproqlarning issiqlik sig‘imi 0,91 Dj(g/grad)ga teng. Yengil mexanik tarkibli qumli tuproqlar issiq, loyli tuproqlar issiqlikni sekinlik bilan olsa-da, sovuq hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, V.N.Dimo, O‘zbekistonda I.T.Turopov va uning shogirdlari tomonidan o‘rganilgan. Respublikamizda tuproqning issiqlik holati tog‘, tekislik va cho‘l mintaqalarida turlicha bo‘lib, madaniy o‘simliklarning rivojlanishi uchun yetarlidir. Dehqonchilikda, paxtachilik va sabzavotchilikda erta bahorda tuproqdagi harorati va namlikni optimal rejimda saqlash uchun shaffof polimer plyonkalardan foydalanib urug‘lar ekiladi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling