Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1. Tuproqning oksidlanish va qaytarilish sharoiti nima? 
2. Tuproqning fizik-mexanik va kimyoviy xossalariga oksidlanish-
qaytarilish jarayonlarining ta’sirini tushuntiring? 
3. Oksidlanish-qaytarilish potensialining tuproq sharoiti bilan bog‘liqligi 
qanday? 
4. Ularni o‘rganish usullari qanday? 
 
16-bob. Tuproqning radioaktivligi
Tuproqdagi radioaktivlik manbai, asosan, kosmos, kimyoviy tarkib va 
inson faoliyatining mahsulotlari hisoblanadi. Radioaktivlik SI-Bekkerelg‘ (1 
BK = 1 sekunda bir parchalanish), aktivlik ko‘rsatkichi esa Kyuri (1 Ku = 3,7 
10
10 
BK). Tabiiy radioaktivlik tuproqda 1000 BK/kg (25x 10¯

Ku|kg) ni 
tashkil qiladi. Ularning tuproqda to‘planishi ona jinsidagi miqdoriga bog‘liq. 
Tabiiy radioaktivlik og‘ir metallarning radioizotoplari (Z>>82), ya’ni uran 
(
238
U;T 
1/2
=4,5x10
9
yil), aktiniy (
235
U; T
1/2
=7,1x10
8
yil), toriy (
232
U;T
1/2 
=1,4x10
10
yil) bilan belgilanadi. Bu elementlarning 17,14,12 radioizotoplari 
bo‘lib, o‘zidan alfa, beta va gamma nurlari chiqaradi. Mazkur radioaktiv 
elementlarning oxirgi yemirilishi mahsuli - 
206
’b,
207
’b,
208
’b dir.


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
96 
Uran
234
U(0,0058%), 
235
U(0,71%),
238
U(99,28%) izotoplardan tashkil 
topib, asosan, fosforli tog‘ jinslarida (1,2x10
-4 
g/g) to‘planib, tuproqqa fosfor 
o‘g‘itlari bilan kiradi.
Radiy
– uran (
235
U)ning parchalanishidan hosil bo‘lgan element bo‘lib, 
226
R(T
1/2
= 1600 yil) ishqoriy-yer elementi, Sa va Mg bilan almashinuvchi 
element sifatida uchrashi mumkin. 
Toriy
tog‘ jinslarida, uran va radiy elementlaridan 10 barobar ko‘p 
bo‘lishi mumkin. Toriy tuproq va o‘simlik rivojlanishida ishtirok etadi. U 
uran kabi aktinidlar mineral guruhiga kirib, faqat mayda dispers sirkon 
ZrSiO
4
va monatsit Ce’O
4
birlikda uchraydi. Ushbu guruh minerallari ancha 
turg‘un bo‘lib, tog‘ jinslarining yemirmalari va tuproqda uchraydi. 
Tuproq radioaktivligining 50% ga yaqinini kaliy 
40
K(T
1/2
=1,3x10
9
yil) 
va rubidiy 
87
Rb(T
1/2
=5x10
10
yil) izotoplari tashkil etib, ular beta va gamma 
nurlarni chiqaradi. Kaliy izotopi tuproqdagi umumiy kaliyning 0,0119%ini 
tashkil qilib, litosferada 3x10¯
6
g/g klarkda uchraydi. Rubidiy-87 izotopi 
litosferada keng tarqalgan bo‘lib, 75x10¯

g/g klark hosil qiladi, ammo 
parchalanish muddati uzoq va beta nurlaridan iborat bo‘lganligi uchun 
tuproqning umumiy radioaktivligiga katta ulush qo‘shmaydi. 
Karbon
-14 va tritiy kosmik izotoplardan hisoblanib, ular tarkibdagi 
14

(T1/2 = 5760 yil), vodorodning og‘ir izotopi tritiy (
3
N) esa (T 1/2 = 12,3 yil) 
atmosferadagi kosmik nurlar va azot izotopi bilan birikib tuproq 
radioaktivligida ishtiroq etadi. 
Tuproqdagi tabiiy radioaktiv elementlar (TRE) miqdori tog‘ jinslari 
bilan deyarli baravar. Litosferadagi granit va loyda Th(11-18)x10¯
6
g/t, Rv 75 
x 10
-6
g/t,
40
K3 x10¯

g/t, U (3-4) x10¯

g/t, Ra 10 ¯
12
g/t ni tashkil qiladi. 
Bundan tashqari, TRE miqdori ona jinsining tuproq hosil bo‘lishi 
jarayonidagi o‘zgarishi bilan ham bog‘liq. Karbonatli tog‘ jinslari ustida hosil 
bo‘lgan tuproqlarda radioaktiv elementlar ko‘p miqdorda uchraydi. Masalan, 
bo‘z tuproqlarda 
40
K810, Bk/kg,
238
U 38 Bk/kg, 
232
Th 60 Bk/kg ni tashkil 
etadi. Tuproq kesmasida radioaktiv elementlar loy zarrachalari va oksidlar 
miqdoriga bog‘liq holda turlicha tarqalgan. Yer landshafti va suv oqimlari 
harakatiga bog‘liq holda radioaktiv elementlar
238
U> 
226
Ra> 
232
Th tarzida 
o‘rin egallaydi. Landshaftdan tashqarida radioaktiv elementlar harakati va 
oksidlanish jarayonlari bilan ham bevosita bog‘liq, ya’ni uran birinchi o‘rinni 
(K
x
=4-16) Ra - o‘rta (K=0,5-0,1), toriy (K
x
=0,2-0,002) oxirgi o‘rinni 
egallaydi. Tabiiy radioaktivlikdan tuproq va tog‘ jinslarining yoshini 
aniqlashda foydalaniladi. Bu usullar uran-qo‘rg‘oshinli, kaliy-argon, rubidiy-
stronsiy, radiouglerodlarga bo‘linib, tuproq yoshini aniqlashda oxirgisi 
ko‘proq foydalaniladi. Keyingi usul yordamida 3000-8000 yil aniqlik bilan 
maksimal 70000 yil va minimal 100 yillik tuproq yoshini hisoblash mumkin. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
97 
Tuproqdagi sun’iy radioaktivlik termoyadro qurollarni sinash va atom 
elektrostansiyalarini ekspluatatsiya qilish natijasida vujudga keladi. Tuproq 
radioaktivlik parchalanish muddati uzoq bo‘lgan izotoplar: 
90
Sr, 
106
Ru, 
129
J, 
137
Cs, 
144
Cl, 
226
Ra, 
232
Th, 
238
U, 
239
’u ga ham bog‘liq. 
Radioaktiv elementlarning tuproqda tarqalishi relyef, ona jins, gumus 
va minerallar miqdori, mexanik tarkib, fizika-kimyoviy jarayonlarga bevosita 
bog‘liq. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling