Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Tuproq kolloidlarining koagulyatsiyasi


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproq kolloidlarining koagulyatsiyasi
. Tuproq kolloidlari dispers 
holatini bir-biri bilan yopishib qolishi, agregatsiya bo‘lishi, cho‘kmaga 
tushishi hamda dispers fazaning dispers muhitdan ajralishi natijasida 
koagulyatsiya bo‘lishi mumkin. Koagulyatsiya jarayoni qaytar va qaytmas 
bo‘ladi. Tuproq tarkibida suvda eriydigan tuzlar miqdori ko‘paysa, kolloidlar 
koagulyatsiyasi oshib boradi. Koagulyatsiya jarayoni kationlar valentligi 
bilan bog‘liqdir. Masalan, uch valentli metallar temir va alyuminiy bir 
valentli ionlarga nisbatan koagulyatsiya jarayoni 10 barobar oshib ketadi. 
Akademik K.K.Gedroys tomonidan elektrolitlarning quyidagi 
koagulyatsiya darajasi ishlab chiqilgan: 
9-jadval 
Na
2
CO
3
0,5 marta 
MgCl
2
15-50 
NaCl 
1,0 
CaCl
2
15-50 
NaNO
3
1,0 
MgSO
4
15-50 
KCl 
1,0 
FeCl
3
100-500 dan to 1000 
martagacha 
K
2
SO
4
1,5 
AlCl
3
Na
2
SO
4
1,5 
Al(NO
3
)
3
CaCO
4
2-3 
(Al)
2
(SO
4
)
3
Sho‘rlangan tuproqlarda, xlorid va sulfat tuzlari ko‘p miqdorda bo‘lgan 
joylarda kolloid va loy zarrachalari koagulyatsiyalashgan sharoitda uchrayli. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
91 
Natriy va kaliyning kislotali karbonatlari serob bo‘lgan tuproqlarda 
kolloidlar koagulyatsiyasi juda kam bo‘ladi. Agar tuproqda ishqoriy moddalar 
ko‘payib ketsa, ishqoriy muhit oshib ketishi natijasida kolloidlar 
peptizatsiyasi avj olib ketadi. Elektrolitlar ta’sirida bo‘ladigan koagulyatsiya 
ikki bosqichdan iborat bo‘ladi, ya’ni birinchi fazada dispers muhitdagi 
kationlar, elektrolit tarkibidagi kationlarni yutadi yoki ular bilan almashinadi. 
Koagulyatsiya esa ikkinchi faza bo‘lib, almashinuvchi yutishdan keyin 
vujudga keladi. Koagulyatsiya qilish jarayoni va tabiati kationlarning atom 
og‘irligi va valentligiga bog‘liq. 
Qaytmas koagulyatsiya tuproqdagi kolloidlar kationlari yutilishi bilan 
quyidagi qator asosida rivojlanadi: 
Al, Ba, Ca, H, Mg, ‘b, Cs, K, NH
4
, Na, Li. 
Tuproqdagi barqaror va oxirigacha kolloidlar koagulyatsiyasi uch 
valentli alyuminiy kationlar bo‘lgandagina amalga oshirilishi aniqlangan. 
Bariy bilan kaliy kationlari ham kuchli koagulyator hisoblanadi. Natriy, kaliy 
va litiy kolloidlarni tezlik bilan dispergatsiya va peptizatsiya bo‘lishi 
jarayonini jadallashtirish imkoniyatiga ega. Almashinuvchi ammoniy, temir, 
marganets oksidlari manfiy zaryadlangan gumus va kremniy kolloidlari 
birikib, to‘liq koagulyatsiya jarayoni amalga oshiriladi. Organik-mineral 
kolloidlar ancha turg‘un bo‘lib, koagel alyumosilikatlar hosil qiladi. 
Kolloidlar tuproq hosil qilish jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lib, 
ularni peptizatsiya bo‘lishi, ishqoriy kationlar bilan to‘yinishi va yuqori 
dispers holatga aylanishi tuproqda suv o‘tkazmaydigan qatlam, sernamlikda 
qovushqoq, quriganda qatqaloqlarni hosil qiladi. Kolloidlarning tabiati va 
holatiga binoan tuproq donadorligi hamda unumdorligi o‘zgaradi. Tuproqdagi 
kaliy, kalsiy, fosfor o‘simlik ildizlariga kolloidlar orqali o‘tadi. Kolloidlar suv 
harakati va tuproqning issiqlik rejimini belgilab beradi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling