Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Tuproq kolloidlarining xususiyatlari
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq kolloidlari zarrachalarining elektr zaryadi
Tuproq kolloidlarining xususiyatlari
. Tuproq kolloidlarining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ular tuproq kesmasi va genetik qatlamlarga o‘tib, H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 87 ularning suv-fizik xossalarini belgilab beradi. Ularning xususiyatlari, asosan, ichki yuzasining sathi, manfiy zaryadligi, gaz molekulalari va ionlarining adsorbsiya qilinishi, namlikka qarab bo‘kishi yoki siqilishi, o‘zgaruvchan dispersligi, qaytar va qaytmas quyqalar, peptizatsiya va koagulyatsiya jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Tuproqda kolloidlar 5-10%, 15-25%, 40-60% bahzi bir yerlarda 90% uchraydi. Tuproq muhiti, namlik sharoitiga qarab kolloidlar suyuq yoki qattiq fazalar tarkibida uchraydi. Tuproq kolloidlari zarrachalarining elektr zaryadi . Tuproq kolloidlari manfiy zaryadli bo‘lib, ularni suvda erimaydigan yuqori valentli tuzlar anioniga o‘xshatish mumkin. Bu toifadagi kolloidlar, ya’ni atsidoidlar kislotali xarakterda bo‘lib, ular gumus moddalari, ikkilamchi minerallar silikat va alyumosilikatlardan iboratdir. Tuproq eritmalari va suv vodorod ionlarining tabiatiga binoan kuchsiz kislotali, neytral yoki ishqoriylik muhitga ega. Shuning uchun ular vodorod ionini ajratib yuborishi natijasida u manfiy zaryadli tuproq kolloidlarini bog‘lab ushlab turadi. Tuproq gumusining kolloidlari manfiy zaryadligi COOH, OH, NH 2 kabi funksional guruhdagi birikmalarga bog‘liq bo‘lib, ular o‘z tarkibidagi vodorodni berib boshqa katonlarni sorbsiya qiladi. Tuproq kolloidlari tarkibidagi minerallar panjarasidan burchaklar, qirralaridagi Si, Al, Mg ionlari ochilib, valentligi bo‘shab qoladi. Natijada, kolloid zarrachalari ichida bu bo‘sh valentlikni bog‘lab turadigan manfiy zaryadli qatlam bo‘ladi. Kolloid zarrachasi manfiy zaryadga ega bo‘lib, kationlarni almashtirish va yutish qobiliyati vujudga keladi. Silikatli va alyumosilikatlarni tashkil qiladigan kremniy kislorodli tetraedr kolloid yuzasida ochilib polidispers zarrachalarini hosil qiladi. Bo‘shalgan zaryadning hosil bo‘lishi ON tarkibidagi vodorodning ionlashish xususiyati bilan bog‘liqdir, ya’ni: SiOH + H 2 O → SiO - + H 3 O + Bu toifadagi zaryadlar ikki qavatli kaolinit va nakrit hamda uch qavatli montmorilonit (smektit) minerallari uchun xos xususiyatdir. Uch qavatli minerallarda manfiy zaryadli koloidlar katonlarning izomorf joylashishi bilan bog‘liqdir. Masalan, mineral panjarasidagi kremniy atomini (Si 4+ ), alyuminiy (Al 3+ ) yoki unga teng o‘lchamli, ammo kam zaryadli atomlar bilan o‘rin almashinishi natijasida oshiqcha valentlik vujudga keladi. Agar mazkur izomorf almashinish ichki qavatlarda ro‘y bersa, kationlar yutilmasdan, balki illit mineralidagidek kaliyning almashinmaydigan holati hosil bo‘ladi. Montmorilonit turidagi minerallarda zaryadlar yuza va ichki qismi hamda harakatchan panjaraning ichidagi yuzasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun uch qavatli minerallarning ikki qavatiga nisbatan yutish qobiliyati yuqori bo‘ladi. Tuproqdagi kremniy gidrooksidlari, gumus va H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 88 alyuminiy birikmalari yuqori dispers hisoblanadi. Tuproq zarrachalari yuzasida doimo manfiy zaryadli gumus kislotasining karboksil guruhlari va kremniy kislotasining anionlari uchraydi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling