Turdialiyeva-sh pdf
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati shundaki
Download 436.75 Kb. Pdf ko'rish
|
tafakkur fe\'llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
- 1.1-§. Tafakkur fellari va uning kognitiv tilshunoslikdagi talqini
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati shundaki, dissertatsiya
materiallari va olingan natijalardan oliy ta lim tizimida ma ruza va seminar ʼ ʼ mashg ulotlarini tayyorlashda va o tkazishda, tarjima nazariyasi va amaliyoti ʼ ʻ bo yicha darsliklar va o quv qo llanmalari yaratishda, matn tahlilida, ingliz tili ʻ ʻ ʻ amaliy grammatikasida tafakkur fe llari bo yicha inglizcha-o zbekcha o quv ʼ ʻ ʻ ʻ lug atlari tuzishda, bitiruv-malakaviy ishlarni, magistrlik dissertatsiyalarini ʼ yozishda foydalanish mumkin. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning asosiy ʻ matni 82 betni tashkil etadi. I BOB. TAFAKKUR FE'LLARINING TILSHUNOSLIKDAGI UMUMIY XUSUSIYATLARI 10 1.1-§. Tafakkur fe'llari va uning kognitiv tilshunoslikdagi talqini Til, eng avvalo, inson va uning tafakkuri shakllanishidagi zaruriy shartlardan biridir. Aniq nutqning paydo bo lishi insonning bilish, idrok qilish ʻ jarayonlarini tamoman o zgartirib yubordi. Til tufayli inson tafakkuri boyiydi, ʻ moddiy dunyodagi narsa va predmetlarni ongi orqali idrok qilish, ular ustidan mulohaza yuritish, ularga oid fikrlarini so z bilan ifodalash imkoniga ega bo ldi. ʻ ʻ Til ilk boshdan e’tiboran hech bir narsa bilan almashtirib bo lmaydigan xizmatni, ʻ ya’ni inson tafakkurida umumlashtiruvchi vazifani bajarib keladi. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog liq ijtimoiy hodisalardir. ʻ Inson nutqi, til vositalari bo lmasa, fikrlash ham bolishi gumon. Tafakkur va til ʻ aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan til bilan ifodalanadigan in'ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til — tafakkurning borliq shakli. Til o`rganishga kognitiv yondashuv til tizimining asosini inson ongida uning bilish faoliyati natijasida shakllanadigan olam haqidagi bilimlar tizimi tashkil etadi, degan fikrga asoslanadi. Bundan tashqari, tilning o zi ushbu tizimni ʻ qurishda ishtirok etadigan kognitiv mexanizm sifatida ishlaydi. E. S. Kubryakova 12 ularni ushbu tizimni qurishning asosiy birliklari deb hisoblab, "konsepsiya" kabi tushunchani kiritadi. Uning fikricha, odamlar fikrlash va nutq faoliyati jarayonida aynan shu birliklardan foydalanadilar. Shunday qilib, tilshunoslikda kognitiv yondashuv qo yadigan asosiy ʻ muammoni kognitiv birliklar va lingvistik tuzilmalar o rtasidagi munosabatlar, ʻ shuningdek, kontseptual tarkibning qaysi qismi va lingvistik ma'no vositasida qanday aniq belgilanishi masalasi ko rib chiqilishi mumkin. ʻ Bunday yondashuv, bir tomondan, tahlilning semantik va kognitiv darajalarini farqlashni, ikkinchi tomondan, ularning munosabatlarini o rganishni ʻ nazarda tutadi. 12 Кубрякова Е.С. Краткий словарь когнитивных терминов. - Москва: Филол. ф-т МГУ им. М. В. Ломоносова, 1997. – 245 с. Электронная книга. Лингвистика. Когнитивная лингвистика. Лингвоконцептология. Download 436.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling