Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

 
 
 


30 
II BOB. O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA O‘Z VA 
O‘ZLASHMA QATLAMGA MANSUB OT YASOVCHI 
QO‘SHIMCHALAR DOIRASIDAGI SINONIMIYA HODISASI 
Tilshunoslikda yaqin kunlargacha ma’no jihatdan bir-biriga mos keladigan 
qo‘shimchalar tarmog‘i ham leksik sinonimlar qatorida o‘rganilib kelindi. 
Sinonimiyaning o‘ziga xos tabiatini yoritib berish va uni ta’riflash asosan so‘z 
doirasida amalga oshirildi
1
. Vaholanki, tilda aynan bir ma’noni yoki bir 
tushunchani ifodolovchi so‘zlar yashamaganidek, bu narsa qo‘shimchalar doirasida 
ham sodir bo‘ladi. Qo‘shimchalar tilda ma’nosiga yoki boshqa xususiyatlariga 
ko‘ra bir-biridan albatta farq qiladi
2
. Shunga muvofiq, qo‘shimchalar orasidagi 
sinonimik munosabatni “affiksal sinonimiya” sifatida atash maqsadga muvofiqligi 
qayd qilingan holda ilmiy jihatdan asoslab berilgan
3

O‘zbek tilshunosligida qo‘shimchalarning sinonimiya hosil qilish masalasini 
tadqiq qilish bo‘yicha katta tajriba maktabi vujudga kelgan. Qo‘shimchalar 
doirasidagi sinonimiyani o‘rganish tilshunoslikning eng muhim masalasi 
ekanligining e’tirof qilinganligi
4
, ammo bunga yetarli darajada diqqat 
ag‘darilmayotganligi
5
ta’kidlangan. Nihoyat, tilshunos Y.Tojievning “O‘zbek tilida 
affiksal sinonimiya” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida so‘z yasovchi 
qo‘shimchalarning sinonimiya hosil qilishi atroflicha tahlil etilgan va bu boradagi 
har-xilliklarga barham berilgan. 
Qoraqalpoq tilshunosligida qo‘shimchalar sinonimiyasi haqida maxsus 
tadqiqot ishi amalga oshirilmagan. Qoraqalpoq tilida ot yasovchi qo‘shimchalar 
doirasida sinonimiya hodisasi ancha mahsulli uchrashi sababli uning o‘ziga xos 
tabiatini yoritish alohida tadqiqot talab qiluvchi masaladir
1


Шамсиддинов С. Ўзбек тилида сўзларнинг функционал-семантик синонимлари. – Тошкент, 2001. – Б. 9. 
2
Тожиев Ё. Кўрсатилган иш. – Б. 40. 
3
Ўша иш. – Б. 51. 

Гулямов А. Г. Проблемы исторического словообразования узбекского языка. Аффиксация. Част I: 
Автореф. дисс. … д-ра филол. наук. – Ташкент, 1955. – 50 с.
5
Бердиалиев А. Ўзбек тили аффиксал синонимиясининг баъзи хусусиятлари // Ўзбек тили ва адабиёти.
– Тошкент, 1974. – № 2. – Б. 26. 
1
Қудайбергенов М. Қарақалпақ тилиниң морфемикасы. – Нөкис: Қарақалпақстан, 2001. – Б. 27. 


31 
O‘zbek tilida o‘z va o‘zlashgan qatlamga doir ot yasovchi qo‘shimchalar 
sinonimiyasida sof turkiy va fors-tojik tilidan kirgan qo‘shimchalar munosabatga 
kirishadi. Bu xildagi munosabatda birinchidan shaxs oti yasovchilar, ikkinchidan 
o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyani yuzaga keltiradi.
Qoraqalpoq 
tilida 
ham 
o‘z va o‘zlashagan qatlamga mansub 
qo‘shimchalarning sinonimiyasida sof turkiy va fors-tojik tilidan o‘zlashgan 
qo‘shimchalar sinonimik munosabatni vujudga keltiradi. O‘z va o‘zlashgan qatlam 
doirasida o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar qoraqalpoq tilida sinonimiyaga 
kirishmaydi.
O‘zbek tilida shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi fors-tojik tilidan 
o‘zlashgan deyarli hamma shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar bilan sinonimik 
munosabatga kirishadi. Bunda o‘zlashgan qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan 
yasama o‘z ma’nosida adabiy til uchun umumiy me’yor, -chi qo‘shimchasi 
yordamida yuzaga kelgan yasamalar esa ayrim hollarda nutqiy yasama sifatida 
ma’no ifodalash imkoniyatini kengaytiradi.
Qoraqalpoq tilida shaxs oti yasovchi fors-tojik tilidan kirgan qo‘shimchalar 
unchalik ko‘p bo‘lmaganligi sababli ancha o‘rinlarda adabiy til me’yori vazifasini -

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling