Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
Arbakesh atlardың jыlao‘larыn tartыo‘dan-aq atlar aldыlarыna qaray arba
tartыp pәtlene joneldi (Ә.Paxratdinov). Bu qo‘shimcha qoraqalpoq tiliga ham dastlab fors-tojik tilidagi miynetkesh, japakesh, hәzilkesh, jәnjelkesh, arbakesh kabi so‘zlar bilan birga kirib kelgan bo‘lib, keyinchalik qoraqalpoq tilida u orqali paxtakesh, salыkesh, pillekesh, nasыbaykesh singari yasamalar yuzaga kelgan. Ammo -kesh qo‘shimchasi orqali 35 yasalgan so‘zlar qoraqalpoq tilida miqdor jihatdan ancha kam. Shu bois qoraqalpoq tilida -kesh qo‘shimchasining shaxs oti yasovchi -shы//-shi qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishishi yuqorida keltirilganidek, 3-4 ta o‘rinlarda kuzatiladi xolos. O‘zbek tilida “mojaroni, janjalni yaxshi ko‘radigan, bo‘lar-bo‘lmasga nizo chiqaradigan kishi” ma’nosini ifodalash uchun janjalkash yasamasi qo‘llaniladi. Bu yasama janjalchi yasamasi bilan sinonim bo‘ladi 1 . Misollar: - Odamlarning so‘zga ustaligi, janjalkashligiga qarab emas, ish bilishiga, ongiga qarab ko‘tarish kerak, - dedi yana Po‘latjon Sodiqovich (Mirmuhsin,Umid). Qoraqalpoq tilida esa jәnjelkesh yasamasi o‘zining yaqin ma’no anglatuvchi sinonimiga ega emas. O‘zbek tilida shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi “asosdan anglashilgan biror narsani sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs” ma’nosini ifodalashda chiptachi // chiptafurush, telpakchi // telpakfurush, pistachi // pistafurush, qatiqchi // qatiqfurush kabi yasamalarda -furush qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Misol: Qatiqfurush ayollardan-ku filga yo‘liqqanday hurkib qochishni odat qildi (L.Bo‘rixon, Hizr ko‘rgan yigit). Bu hodisa odatda har ikkala qo‘shimcha asosan turdosh va aniq otlarga qo‘shilib kelganda yoki ba’zan ayrim otlashgan sifatlar tarkibida kelgandagina eskichi // eskifurush, chakanachi // chakanafurush singari yasamalarda sodir bo‘ladi. Misol: Abu Shilqim keyin bilsa, eskifurushlar rastasida kitob titib yuruvchi bu hayolparast mullavachcha tabobat ilmini o‘rganibdiki, Buxoro hokimi No‘x ibn Mansurning og‘ir dardiga davo topib, uning katta ehsonlariga sazovor bo‘libdi!...(O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo). O‘zbek tilida -furush qo‘shimchasi barcha hollarda -chi qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabat hosil qilmaydi. Jumladan, choyfurush, vatanfurush, xotinfurush kabi yasamalarni choychi, vatanchi, xotinchi singari ishlatib bo‘lmaydi. 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2006. – Б. 71- 72. 36 Ba’zi manbalarda -chi qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalar oddiy so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lsa, - furush qo‘shimchasi orqali yasalganlari kitobiy uslubga tegishlidir deb izohlangan. Bu fikrni biz ham ma’qullaymiz. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida -furush qo‘shimchasi bilan hosil qilingan yasamalar “sotuvchi” ma’nosida qo‘llaniladi. Bu yasamalarning sinonimiyaga kirishuvchi juftligi esa nutq jarayonida ma’no ifodalash chegarasini kengaytiradi. O‘zbek tilida qovunchi // qovunfurush tipidagi yasamalar ma’no jihatdan bir- biriga yaqin kelib, sinonimiyani vujudga keltiradi. Ammo bu yasamalarni aynan bir xil ma’noga ega deb baholanishi to‘g‘ri hisoblanmaydi. Qovunfurush yasamasi adabiy tilda “qovunni sotuvchi shaxs” ma’nosini anglatadi. Qovunchi yasamasi esa “qovunni yetishtirish, qovun seleksiyasi bilan shug‘ullanuvchi kishi” ma’nosini ifodalaydi 1 . Nutqda qovunchi yasamasi “qovunni sotuvchi shaxs” ma’nosini ham bildiradi. Misol: Qovunchiga borsang, Turkistonga borsang, Chinozga borsang, Moskvaga borsang, hech kim churq etmasa, keta bersang, keta bersang, maza, - deyman (G‘.G‘ulom, Shum bola). O‘zbek xalqi orasida -furush qo‘shimchasi yordamida yasalgan so‘zlar o‘z davrida adabiy tilda faol qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunda oddiy xalq so‘zlashuv nutqida ham qo‘llanilyapti. Qaralayotgan qo‘shimcha do‘ppifurush // do‘ppichi kabi yasamalarda “sotuvchi shaxs” ma’nosini anglatsa, shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasama “ham yetishtiruvchi, ham sotuvchi shaxs” ma’nolarini ifodalaydi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida do‘ppichi “do‘ppi tikuvchi, do‘ppido‘z” ma’nosini bildirishi, do‘ppifurush esa “do‘ppi sotuvchi, do‘ppi bilan savdo qiluvchi kishi” ma’nosini ifodalashi keltirilgan 2 . Misol: Dadam qo‘limdan mahkam tutgancha do‘ppifurushlar to‘dasiga kirdi (O‘.Hoshimov, Ikki eshik orasi). Demak, do‘ppichi yasamasi o‘zida “do‘ppini sotuvchi kishi” ma’nosini ham ifodalaydi. Bu ma’no adabiy tilda emas, balki nutq jarayonida anglashiladi. 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. V жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2008. – Б. 320. 2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2006. – Б. 677. 37 Qoraqalpoq tilida -purыsh qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani sotuvchi shaxs” ma’nosini bildirganda qisman -shы//-shi qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishadi. Buning boisi shuki, qoraqalpoq tiliga -purыsh qo‘shimchasi orqali yasalgan so‘zlar fors-tojik tilidan unchalik ko‘p o‘zlashmaganligi va bu qo‘shimcha orqali nihoyatda kam yasamalar yuzaga kelganligidir. Ba’zi chaypurыsh, otыnpurыsh kabi yasamalar -purыsh qo‘shimchasi yordamida yasalgan bo‘lib, birinchisi o‘zining sinonimiyaga kirishuvchi juftligiga ega emas. Ikkinchi yasama esa “o‘tinni sotuvchi shaxs” ma’nosida qo‘llaniladi. Qoraqalpoq tilida otыnshы yasamasi ham hosil qilingan bo‘lib, “o‘tinni teruvchi, o‘tinni sotuvchi kishi” ma’nolarini ifodalaydi. Otыnpurыsh yasamasi tildagi otыnshы yasamasining ikkinchi ma’nosiga mos keladi. Misol: Otыnshыlardың әңgimesin tыңlay berejaq edi, olar alыslap ketti (T.Qayыpbergenov). Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling