Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -go‘y qo‘shimchasiga sinonim bo‘la oladi. Keltirilgan yasamalarga e’tibor qaratilsa, -chi va -go‘y
-purыsh qo‘shimchasi azaldan qoraqalpoq xalqi orasida ham alohida
sotiluvchi narsalarni ifodalovchi ba’zi so‘zlarga qo‘shilib kelib, ularni sotuvchi shaxs ma’nosini ifodalagan. Hozirgi kunda bunday narsalarni alohida sotuvchilar miqdorining kamayishi natijasida bu shaxslarni anglatuvchi -purыsh qo‘shimchasi yordamida yuzaga kelgan yasamalar kam miqdorni tashkil qiladi. O‘zbek tilida ba’zi o‘rinlarda -chi qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani pishiruvchi, tayyorlovchi shaxs” ma’nolarini ifodalashda -paz qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Adabiy tilda kabobpaz, somsapaz kabi yasamalar “kabobni, somsani pishiruvchi shaxs” ma’nosini anglatadi. Bu xildagi yasamalar kabobchi, somsachi singari yasamalar bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi. Misol: So‘ng kabobpazning do‘koniga kirib, ovqatlanib, o‘tgan-ketganni tomosha qilib o‘tirishdi (O‘.Hoshimov, Ikki eshik orasi); Keling, keling! …pishdi kabob!..g‘archa moy!...mazza qilasiz, kelib qoling!...maqtaydi kabobchilar (Oybek, Ulug‘ yo‘l). O‘zbek adabiy tilida qo‘llaniluvchi kabobpaz, somsapaz singari yasamalar faqat “kabob, somsani tayyorlovchi, pishiruvchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Nutq 38 jarayonida hosil qilingan kabobchi, somsachi kabi yasamalar esa “kabobni ham pishiruvchi, ham sotuvchi shaxs” ma’nolarini bildiradi. Qoraqalpoq tiliga -paz qo‘shimchasi o‘zlashmagan. Bu tilda mavjud ba’zi aspaz singari yasamalar qoraqalpoq tili lug‘at tarkibiga bevosita o‘zbek tili ta’sirida kirib kelgan bo‘lib, u bilan hech bir yasama sinonimiyaga kirishmaydi. Misol: Quo‘ыrdaqshы, kәbapshы, As pisirip aspaz (Er Ziyo‘ar). O‘zbek tilida -chi qo‘shimchasi so‘z yasalish asosidan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq xarakter-xususiyatni ifodalab kelganda nasihatchi // nasihatgo‘y, latifachi // latifago‘y, qasidachi // qasidago‘y kabi yasamalarda -go‘y qo‘shimchasiga sinonim bo‘la oladi. Keltirilgan yasamalarga e’tibor qaratilsa, -chi va -go‘y qo‘shimchasi orqali hosil qilingan yasamalarning so‘z yasalish asosi mavhum tushunchani ifodalaydi. Misol: Aksari shunday yig‘ilishlarda qasidachilar, g‘azalchilar, muammo ustodlari o‘z asarlarini yoki o‘zgalarning yangi asarlarini o‘qishar, bahslashar edilar (Oybek, Navoiy); Qasidago‘yligi aftidan bilinib turgan shoir Abu Mansur taxt ro‘parasiga kelib, ta’zim qildi (M.Osim, Karvon yo‘llarida). O‘zbek tilida -go‘y qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalarning katta qismi fors-tojik tiliga tegishli bo‘lib, hanuzga qadar mazkur qo‘shimchaning asli o‘zbek tiliga xos bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilib kelib, yangi yasamalar hosil qilishi deyarlik uchramaydi. Bu qo‘shimcha bilan birgalikda fors-tojik tilidan o‘zlashgan yasamalar hozirda asli o‘zbek tilinikidek qo‘llaniladi. Qoraqalpoq tiliga ham -gөy alohida qo‘shimcha sifatida o‘zlashgan bo‘lib, nәsiyatgөy, arzagөy, zamanagөy, tamashagөy, aqыlgөy, ыrasgөy kabi yasamalarda kuzatiladi. Bu tilda nәsiyatgөy yasamasi “nasihat qiluvchi, nasihat beruvchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. U nәsiyatshы yasamasi bilan sinonimik munosabat hosil qiladi. Misol: Ao‘ыl - qыslao‘larg‘a oqыo‘shы jaslardan nәsiyatshыlar jiberildi (Gazetadan). O‘zbek tilida ham nasihatgo‘y // nasihatchi kabi yasamalar “nasihat qilish, nasihat berish” ma’nolarini o‘zida mujassam qiladi. Bu yasamalar bir-biri bilan 39 sinonimik munosabatga kirishadi. Misol: O‘zining es-hushi joyida, nasihatgo‘ylik Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling