Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

ona tili muallimi - tilchi, deb qarardi (A.Qahhor, Sarob); Kibriyo opa fors, rus, 
o‘zbek tillarini mukammal egallagan, ayniqsa, tillardagi muqobillik(sinonim) 
masalasida mana - man degan tilshunos olimdan qolishmasdi (S.Siyoev, Mening 
xo‘roz quvganim). 
Qoraqalpoq tilida esa tilshi yasamasi adabiy til uchun umumiy me’yor 
darajasida qo‘llaniladi. O‘zlashgan qo‘shimchalarning hech qaysisi bu o‘rinda -shi 
qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishmaydi. Misol: Qaraqalpaq әdebiy tiliniң 
ilimiy grammatikasыn dүzio‘ o‘azыypasы Qaraqalpaqstan tilshi ilimpazlari 
tәrepinen әdeo‘ir o‘aqыttan beri qolg‘a alыnыp keldi (Hәzirgi qaraqalpaq әdebiy 
tiliniң grammatikasы). 
O‘zbek tilidagi -shunos qo‘shimchasi kabi qoraqalpoq tilida -tanыo‘, ya’ni 
“tanimoq, bilmoq, anglamoq” ma’nolarini anglatuvchi mustaqil so‘z mavjud 
bo‘lib, qo‘shimchalar tomon siljishi natijasida affiksoid hisoblangan. Bu 
qo‘shimcha tәbiyat, siyasat, huqыq, әdebiyat singari bir qator so‘zlarga qo‘shilib, 
“so‘z yasalish asosidan anglashilgan sohaga oid barcha zarur bilimlar bilan 
tanishmoq, anglab yetmoq” ma’nolarini ifodalovchi tәbiyattanыo‘, huqыqtanыo‘, 
siyasatttanыo‘, әdebiyattanыo‘ kabi yasamalarni yuzaga keltirgan. 
Til so‘zi doirasida “sohaga oid barcha zarur bilimlar bilan tanishmoq” ma’nosi 
til bilimi birikmasi yordamida ifodalanadi. Misol: Til biliminiң ayrыqsha tarao‘ы 
sыpatыnda sөz jasalыo‘ tүrkiy tillerde 50-60 jыllardan baslap bөline basladi 
(Hәzirgi qaraqalpaq әdebiy tiliniң grammatikasы). 
Shuni ta’kidlash joizki, o‘zbek tilida tilshunos yasamasi
orqali “til ilmi tadqiqi 
bilan shug‘ullanuvchi kishi” nazarda tutilib, kasb oti hosil qilinadi. Sohaning o‘zini 
anglatish uchun -lik qo‘shimchasi qo‘shilib, tilshunoslik yasamasi yuzaga keladi. 
Misol: O‘zbek tilshunosligida so‘nggi yillarga qadar til hodisalari, asosan, o‘zga 
tillarga oid fikr-mulohazalar, jumladan, rus tilshunosligidagi ta’limotlar, tayyor 
qolip-qoidalar asosida talqin etib kelindi (A.Hojiev, O‘zbek tili so‘z yasalishi 
tizimi). 
Qoraqalpoq tilida -tanыo‘ affiksoidining til so‘ziga qo‘shilishi adabiy til 
uchun umumiy me’yor sifatida tan olinmagan. Agar tan olingan taqdirda ham, 


42 
shakllangan yangi yasama soha otini yuzaga keltirib, bu o‘rinda kasb oti yasashga 
xizmat qilgan -shi qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabat hosil qilmas edi.
O‘zbek tilida adabiyotchi // adabiyotshunos yasamalari sinonimiyani yuzaga 
keltiradi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da adabiyotchi yasamasi “badiiy adabiyot, 
adabiyot fani mutaxassisi, o‘qituvchisi”, adabiyotshunos yasamasi esa “adabiyot 
ilmi (fani) bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis” ma’nolarini ifodalashi qayd 
qilingan
1
. Ma’nolari bir-biriga yaqin kelib, sinonimiyaga kirishuvchi ushbu 
yasamalar uslubiy jihatdan farqlanadi. Adabiyotchi yasamasi “adabiyot fani 
muallimi va adabiyot ilmining yetuk mutaxassisi” tushunchasini ifodalashda 
ko‘pchilik hollarda nutq jarayonida, adabiyotshunos yasamasi esa adabiyotchi 
yasamasining ikkinchi ma’nosini ifodalash uchun adabiy tilda qo‘llaniladi.
“Qaraqalpaq tiliniң tүsindirme sөzligi”da әdebiyatshы yasamasi “adabiyot 
fidoyisi, jurnalist, publitsist, adabiyot bilan shug‘ullanuvchi” deb izohlangan
2

Qoraqalpoq tilida bu yasama adabiy til uchun umumiy me’yor qilib belgilangan.
Әdebiyat so‘zi til so‘zidan farqli ravishda -tanыo‘ affiksoidini qabul qiladi. 
Biroq әdebiyatshы va әdebiyattanыo‘ yasamalari sinonimiyaga kirishmaydi. 
Chunki yuqorida ta’kidlanganidek, әdebiyatshы yasamasi anglatgan ma’no bilan 
“adabiyot sohasining bilimdoni, ilmli kishi” tushuniladi, әdebiyattanыo‘ yasamasi 
orqali esa “adabiyot sohasi” ning o‘zi anglashiladi. 
O‘zbek tiliga -bon qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, “biror 
narsaga qarab turuvchi, qo‘riqlovchi shaxs” ma’nosini ifodalovchi shaxs otlari 
hosil qiladi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida bu qo‘shimcha orqali hosil qilingan 
soyabon, darvozabon, bog‘bon kabi yasamalar kuzatiladi. Misol: Uning jarangdor, 
tetik ovozi darvozabon xonasini aylanib, gumbazga borib sindi (Muhammad Ali, 
Sarbadorlar); Dam g‘animatdur! Vovaylolar bo‘lsunkim, mamlakat qarovsiz, 
chaman-bog‘ mehribon bog‘bon nazarisiz qolib turibdur (Muhammad Ali, Ulug‘ 
saltanat); Bobomiz qad rostlab qaraydi. Yo‘lda betma-bet bo‘lib qaraydi. O‘ng 
kaftini qoshi uzra soyabon qilib qaraydi (Tog‘ay Murod, Otamdan qolgan dalalar). 

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2006. – Б. 38. 

Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. I том. – Нөкис: Карақалпақстан, 1982. – Б. 137. 


43 
O‘zbek tilida -bon qo‘shimchasi yordamida “zindon qo‘riqchisi” ma’nosini 
ifodalovchi zindonbon yasamasi qo‘llanilib, u zindonchi yasamasi bilan o‘zaro 
sinonim bo‘ladi.
Qoraqalpoq tilida -bon qo‘shimchasining fonetik varianti -ban // -man 
qo‘shimchasidir. Mazkur tilda -ban//-man qo‘shimchasi bilan hosil qilingan 
sayaman, dәro‘azaman, bag‘man kabi yasamalar kuzatilib, ularning sinonimik 
juftligi mavjud emas. Misol: Saraymandan juo‘ap sorap, patshag‘a өziniң hal-
jag‘dayыn aytpaqshы boldы (K.Ayыmbetov); O әdio‘li mug‘allim, ustazыm, 
Balalыq өmirimniң boldың bag‘manы (I.Yusupov).

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling