Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: TURKIY TILLARDA SO‘Z YASALISHI HODISASI (o‘zbek va qoraqalpoq tillari misolida) REJA Kirish
- II bob. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘z va o‘zlashma qatlamga mansub ot yasovchi qo‘shimchalar doirasidagi sinonimiya hodisasi
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
_____________ DАK kotibi: M.Sa’dullayeva «___» iyun 2017 yil 3 MAVZU: TURKIY TILLARDA SO‘Z YASALISHI HODISASI (o‘zbek va qoraqalpoq tillari misolida) REJA Kirish I bob. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalar semantikasi a) shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi v) narsa-buyum oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi II bob. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘z va o‘zlashma qatlamga mansub ot yasovchi qo‘shimchalar doirasidagi sinonimiya hodisasi a) shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 4 KIRISH Ma’lumki, turkiyshunoslikda ilk bor so‘z yasalishi muammosining o‘rganilishi turkiyshunos M.A.Kazembek nomi bilan bog‘liq 1 . O‘sha davrda turkiyshunoslik endigina shakllanish arafasida bo‘lganligi tufayli so‘z yasalishi masalasini o‘rganishga unchalik jiddiy e’tibor qaratilmagan 2 . SHuni ham qayd qilish kerakki, tatar tilshunoslarining so‘z yasalishi hodisasini o‘rganishdagi xizmati ayniqsa katta bo‘lgan. Tatar tilidagi so‘z yasalishi masalasiga doir mulohazakor fikrlar nafaqat o‘sha davrga tegishli ilmiy grammatikalarda, balki maxsus tadqiqotlarda, ilmiy maqolalarda ham ko‘zga tashlanadi 3 . Ko‘pchilikka ayonki, turkiyshunoslikda turk tilidagi so‘z yasalishini o‘rganish orqali katta tajriba maktabi vujudga kelgan. SHu o‘rinda, M.A.Kazembek, A.N.Samoylovich, V.A.Gordlevskiy, A.N.Kononov nomlarini alohida tilga olish joiz. Qayd qilish kerakki, so‘z yasalishi muammosi ilk marotaba turk tili misolida o‘rganila boshlangan. XX asrning 30- yillarida turk tilidagi so‘z yasalishi masalasi bilan jiddiy shug‘ullanishga astoydil kirishgan tilshunoslar dastlab bu bo‘yicha material to‘plash, uni tartibga solish, so‘z yasalish imkoniyatlarini aniqlash bilan mashg‘ul bo‘lgan va ba’zi muammolarning hal etilishiga imkon qadar o‘z hissasini qo‘shgan. XX asrning 40-60 yillari arafasida turk tilida so‘z yasalishi masalasini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yanada yuqori bosqichga ko‘tarilgan. XX asrning 30-40 yillarida o‘zbek tilshunosligida Ulug‘ Tursunning “O‘zbekchada fe’llarning yasalishi”, Zokir Ma’rufovning “O‘zbek tilida ot yasovchi suffikslar” nomli maxsus asarlari yaratildi. Biroq so‘z yasalishi hodisasini o‘rganish bo‘yicha hali maxsus tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan edi. O‘zbek tilshunosligida tarixiy so‘z yasalishi masalasini yoritishga bag‘ishlangan dastlabki “Problemы istoricheskogo slovoobrazovaniya uzbekskogo yazыka. Affiksatsiya. CHast I” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi 1955- yilda A.G‘ulomov tomonidan himoya qilingan. Tadqiqotda o‘zbek adabiy tilidagi mahsulli, kammahsul so‘z yasovchi qo‘shimchalar sinxron va diaxron aspektda 1 Казембек М.А. Общая грамматика турецко-татарского языка. – Казань, изд.1-1839; изд. 2-1846. 2 Севортян Э.В. Аффиксы именного словообразования в азербайджанском языке. – М.: Наука, 1966. –С7. 3 Ганиев Ф.А. Некоторые итоги исследования словообразования в современном татарском языке и задачи его дальнейшего изучения // Сб: Вопросы татарского языкознания. – Казань, 1971. – С. 102. 5 o‘rganilgan. SHuningdek, dissertatsiya ishida otlarning bir xil so‘z turkumi va har xil so‘z turkumi doirasida (ichki va tashqi yasalish asosida) yasalishi masalasiga e’tibor qaratilgan. A.Berdialiev 1970-yilda “Slovoobrazuyushie slojnie affiksi v uzbekskom yazike” (O‘zbek tilida so‘z yasovchi murakkab affikslar) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning nomzodlik ishida so‘z yasovchi qo‘shimchalar sinxron va diaxron aspektda tahlil etilib, dissertant o‘zbek tilida shaxs oti yasovchi -dosh qo‘shimchasi atamalar tarkibida kelganda sifat ham yasaydi, degan xulosaga keladi. Biz dissertatsiyaning asosiy qismida bu haqidagi fikrlarimizni bildiramiz. 1972- yilda K.SHaripovaning “Slovoobrazuyushie affiksi -lik, -li, -chilik v uzbekskom yazike” (O‘zbek tilida so‘z yasovchi -lik, -li, -chilik qo‘shimchalari) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘lgan. U nomzodlik ishida o‘zbek tilidagi ot, sifat yasovchi qo‘shimchalar etimologiyasiga e’tibor qaratib, bu qo‘shimchalarning funksional xususiyatlarini yoritib beradi. Dissertatsiyada o‘zbek tilidagi ot yasovchi qo‘shimchalar boshqa turkiy tillarga xos variantlari bilan yo‘l- yo‘lakay qiyoslangan. M.A.Jo‘rabaeva 1975-yilda “O‘zbek tilida affiksal omonimiya” mavzusidagi nomzodlik ishini himoya qiladi. U qo‘shimchalarning omonimik munosabat hosil qilish masalasini o‘rganishni tadqiqotining obekti qilib belgilagan. 1999- yilda M.B.Abdievning “Affiksalniy sposob obrazovaniya nazvaniy lits v uzbekskom yazike” (O‘zbek tilida shaxs nomlarining affiksal usul bilan yasalishi) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasining himoyasi bo‘lgan. Dissertatsiya o‘zbek tilidagi shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni maxsus o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar orasida alohida diqqatga sazovordir. Tadqiqotda shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar genetik jihatdan tahlil etilib, ularning semantikasi, funksional xususiyatlariga doir qimmatli fikrlar aks etgan. SHuningdek, ishda O‘rxun-Enasoy obidalarida, Mahmud Koshg‘ariy devonida, Alisher Navoiy, Bobur asarlarida shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarning so‘z yasash uchun faol qo‘llanilganligi misollar orqali ko‘rsatib beriladi. 6 Professor Y.Tojievning “O‘zbek tilida affiksal sinonimiya” mavzusidagi 1991-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasining birinchi bobi o‘zbek tilidagi ot yasovchi qo‘shimchalarning sinonimik munosabat hosil qilish masalasiga bag‘ishlanadi. Mazkur dissertatsiya o‘zbek tilshunosligida, shuningdek, umuman turkiyshunoslikda affiksal sinonimiya haqidagi har-xil munozarali fikrlarga barham bergan tadqiqot ishi hisoblanadi. Dissertatsiyada hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan va o‘zaro sinonimik munosabatga kirisha oladigan barcha ot, sifat, fe’l yasovchi qo‘shimchalarning semantik-uslubiy xususiyatlari tadqiq qilingan. Ular orasidagi sinonimik munosabatni yuzaga keltiruvchi sabablarni aniqlash hamda asoslash, sinonimik qatorlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalarning birlashtiruvchi va farqli ma’nolarini aniqlash, ularning uslublararo xoslanganligini ko‘rsatib berish dissertantning diqqat markazida bo‘lgan. Binobarin, yaqin kunlargacha ma’nolari bir-biriga yaqin keladigan qo‘shimchalar ham leksik sinonimlar qatorida tilga olinar edi. Tilshunos YO.Tojiev esa bu xildagi sinonimlar tarmog‘ini “affiksal sinonimiya” sifatida atash maqsadga muvofiqligini ta’kidlab, o‘z nuqtai nazarlarini ilmiy va amaliy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘lgan. Qoraqalpoq tilshunosligida so‘z yasalishi masalasini o‘rganish bilan jiddiy shug‘ullanish ishlari o‘tgan asrning 70-80 yillarida yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bu tilshunoslikda so‘z yasalishining mustaqil tarmoq sifatida shakllanishida ayniqsa A.Qidirbaev, A.Bekbergenovlarning xizmati katta bo‘lgan. A.Qidirbaevning “Qaraqalpaq til iliminiң geypara mәseleleri” ilmiy risolasida qoraqalpoq tilshunosligining ba’zi masalalari, jumladan, so‘z yasalishi hodisasiga taalluqli fikrlar bildirilgan. A.Bekbergenovning “Qaraqalpaq tilinde sөzlerdiң jasalыo‘ы (sөzlerdiң qosыlыo‘ usыlы)” maxsus ishida esa qoraqalpoq tilida qo‘shma so‘zlarning hosil qilinishi bilan bog‘liq ilmiy mulohazalar aks etgan. Qoraqalpoq tilshunosligida H.Hamidovning 1990-yilda himoya qilgan “Karakalpakskiy yazыk XIX nachala XX v.v po dannim pismennix pamyatnikov (fonetika, morfologiya, slovoobrazovaniya)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasining uchinchi bobi yozma manbalardagi so‘z yasalishi hodisasini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ot yasovchi qo‘shimchalarning yangi 7 yasamalar hosil qilishdagi imkoniyati ko‘rsatib berilgan. Umuman, har ikki tilshunoslikda tillararo ot yasovchi qo‘shimchalar qiyosiy nuqtai nazardan tadqiq qilinmagan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda bu tillarni tilshunoslikning dialektologiya, leksikologiya va frazeologiya sohalari bo‘yicha monografik yo‘nalishda qiyosiy o‘rganish ob’ekt qilib belgilangan ishlar yuzaga kelganligini ta’kidlash joiz. Qoraqalpoq tilining tadqiq qilinishiga turkiyshunos N.A.Baskakovning benihoyat katta xizmati singgan. Qoraqalpoq tiliga doir dastlabki ilmiy grammatika unga tegishlidir. Mazkur tilda so‘z yasalishi masalasi alohida tadqiqot ob’ekti qilib ilk bor N.A.Baskakov tomonidan o‘rganilgan edi. Qoraqalpoq tilshunosligida so‘z yasalishining mustaqil tarmoq sifatida ajratish va o‘rganish zarurligini ham zabardast turkiyshunos o‘rtaga qo‘ygan edi. SHunga qaramay, yaqin kunlargacha bu soha morfologiya bo‘limi tarkibida o‘rganilib kelindi. Bu albatta, hind-ovrupo tilshunosligiga taqlidan ergashish, fonetika va morfologiyani birinchi darajaga qo‘yib, so‘zning ma’no qirralarini e’tiborga olmaslik natijasi edi. Eski grammatik ta’limotdan voz kechish fursati kelganini anglab yetgan qoraqalpoq tilshunoslari so‘z yasalishini mustaqil soha sifatida o‘rganish lozimligini tan oldi. Endilikda so‘z yasalishi hodisasi qoraqalpoq tilshunosligida alohida tarmoq bo‘lib ajratilgan. “Hәzirgi qaraqalpaq әdebiy tiliniң grammatikasы” (Nөkis, 1994 jыl), “Hәzirgi qaraqalpaq әdebiy tili” (Nөkis, 2010 jыl) darsliklarida so‘z yasalishi tilda yangi yasamalar hosil qilinishini, shuningdek, so‘zlarning yasalish tizimini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi ekanligi qayd qilingan. Qoraqalpoq tili haqidagi dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari XX asrning 30- yillaridan e’tiboran yuzaga kela boshlaganiga qaramay, istiqlol davrida, bugungi kunda qoraqalpoq tilshunosligi turkiyshunoslikda o‘z mavqeiga ega bo‘ldi 1 . Bu natija qoraqalpoq tilshunoslarining astoydil mehnati, tilshunoslikni taraqqiy toptirish sari olib borgan ilmiy faoliyatining samarasidir. Xullas, kuzatishlar o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligida har bir til doirasidagi so‘z yasalishi masalasining atroflicha yoritilganligidan darak beradi. Shunday 1 Қудайбергенов М. Қорақалпоқ тилида морфонологик ҳодисалар: Филол. фан. д-ри дис. …автореф. – Нукус, 2004. – Б. 3. 8 bo‘lsa-da, hali yangicha talqindagi tadqiqotlarni taqozo qiluvchi muammolar ham mavjud. Biz mazkur bitiruv-malakaviy ishda o‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalarning umumiy va xususiy jihatlarini ko‘rsatib berishni; o‘zlashma qatlamga doir ot yasovchi qo‘shimchalarning semantik xususiyatlarini tahlil etishni; tillararo o‘z va o‘zlashma qatlamga mansub ot yasovchi qo‘shimchalar doirasidagi sinonimik munosabatni qiyoslash orqali o‘xshash va farqli qirralarini ajratishni oldimizga maqsad qilib qo‘ygan holda fikrlarimizni asoslab berishga ahd qildik. Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling