Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
vatanfurush, vijdonfurush kabi so‘zlar tarkibida kirib kelganligi fikrimizni
tasdiqlaydi. Misol: O‘z yurtini imperialistlarga sotgan vatanfurush xoinlarga qarshi o‘t och! (SH.Toshmatov, Erk qushi). Tillarning keyingi rivojlanish bosqichlarida tahlildagi qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan yasamalar “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani yakka tartibda olib sotuvchi, pullashga ishtiyoqi baland kishi” ma’nosida qo‘llaniladigan bo‘lgan. O‘zbek tilida -dor qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsaga egalik” yoki narsaning shunga xos, taalluqli ekanligini anglatuvchi mansabdor, amaldor kabi otlar yasaydi. Bu yasamalar fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, shaxs oti hosil qilingan. Misol: Hoji bo‘lsa ishning ko‘zini biladi, undan keyin ba’zi amaldorlarga inobatli (A.Qahhor, Sarob); Kattaroq mansabdor yoki biznesmen bo‘lmasa, shaharda yashashdan ham naf yo‘q, deyishadi, to‘g‘riyov! (SH.Bo‘taev, Ko‘chada qolgan ovoz). Qoraqalpoq tilida ham -dar qo‘shimchasi әmeldar, beldar, jaradar, hasыldar, өnimdar singari yasamalar tarkibida shaxsning ma’lum narsa yoki xususiyatga ega ekanligini ifodalaydi. Misol: Jaradar qыzdы өңgerip, at qosarg‘a aladы, Bedeo‘di jolg‘a saladы (Mәspatsha); Jer hasыldar eken, bәlkim, abaysыz taslang‘an bir shaңg‘alaqtan kөgergen shыg‘ar (T.Qayыpbergenov). Har ikki tilda -dor, - dar qo‘shimchalari aslida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsa yoki xususiyatga egalik” ni bildiruvchi sifatlar hosil qiladi. Mavjud ilmiy adabiyotlarning aksariyatida -dor qo‘shimchasining shaxs oti ham yasashi keltiriladi. Bu qo‘shimchalar orqali yasalgan sifatlarning ot vazifasida qo‘llanish xususiyati kuchli ekanligi ta’kidlanib, o‘zbek tilida -dor qo‘shimchasi qatnashgan quldor, bog‘dor, do‘kondor, mulkdor singari ba’zi yasamalarning butunlay otga ko‘chganligi qayd qilingan. Misol: Asr namozning vaqti o‘tib 18 borg‘anliqdan ul shundagi do‘kondorlarning birisidan tahorat olish uchun suv so‘radi (A.Qodiriy, O‘tgan kunlar); Bu do‘kondorlar bilan bo‘lgan o‘tirish ko‘pincha shularning uyida yoki shularning harajati bilan bo‘lgani uchun, Saidiy dastlab tortinadi, nimalardir uni bu do‘kondorlardan ajratib turadi (A.Qahhor, Sarob). Shunday bo‘lsa-da, bu qo‘shimcha o‘zbek tilida asosan sifat turkumiga oid yasamalarning yuzaga keltirishi ta’kidlanadi. Darhaqiqat, o‘zbek tilida -dor o‘zlashgan qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalarning ko‘pchiligi hali to‘la otlashmagan bo‘lib, zangdor, rangdor, guldor, vafodor kabi yasamalar hali sifatlik xususiyatini saqlagan. Misol: Qiz - kelinchaklarning aksari qizil guldor ko‘ylak kiygan, oyoqlarida, qizil, ko‘k, sariq saxtiyon etikcha, boshlarida esa o‘sha, uchiga ikki pati qadalgan qizil chambarak qalpoqchalarni qo‘ndirib olishgan (O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo). O‘zbek tilida -dor qo‘shimchasi orqali hosil qilingan yasamalar orasida sifatdan otga o‘tish jarayoni birmuncha ortiq. Qoraqalpoq tilida -dar qo‘shimchasi bilan yasalgan sifatlarda otlashish holati ancha chegaralangan. Bu tilda faqat әmeldar, beldar kabi yasamalargina shaxs oti sifatida e’tirof etiladi. “So‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani yeydigan, ichadigan yoki ko‘p yeydigan, ko‘p ichadigan shaxs” ma’nosini ifodalovchi go‘jaxo‘r, palovxo‘r, shaftolixo‘r, nonxo‘r, go‘shtxo‘r, choyxo‘r singari yasamalarda o‘zbek tilida tojikcha - xo‘r “xo‘ridan” yemoq fe’lidan o‘zlashgan qo‘shimcha qo‘llaniladi. Misol: Bu xonadonda tez-tez palovxo‘rlik bo‘lgani sababli nemis ayoli ham osh Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling