Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


a) shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

 
a) shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi 
O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarning katta 
qismi asosan fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, tashqi omillar sababli mazkur 
qo‘shimchalar o‘zbek va qoraqalpoq tili lug‘at tarkibiga kirib kelgan va har ikki 
tilda adabiy til uchun umumiy me’yor sifatida qat’iy o‘rin egallagan. 
“So‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani tayyorlovchi, parvarishlovchi, 
o‘stiruvchi shaxs” ma’nosini ifodalashda o‘zbek tilida -kor qo‘shimchasi faol 
qo‘llaniladi. Fors-tojik tilida bu qo‘shimcha fe’lning asosi sifatida e’tirof etiladi. 
Mazkur qo‘shimcha o‘zbek tilida ko‘p ma’nolilik xususiyatiga egadir: 
a) ma’lum kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi aniq shaxs otlari ma’nosini 
ifodalaydi: ijodkor, g‘allakor, paxtakor, pillakor kabi. Misol: Chorvadorsan, 
botirsan - qo‘lda qo‘bizing bilan, Paxtakorsan, ishchisan, daryoni buruvchisan 
(A.Oripov, Yillar armoni). 
b) kishilarning xarakter-xususiyatini ifodalovchi mavhum ma’nodagi shaxs 
otlari hosil qiladi: havaskor, tashabbuskor, xizmatkor, ehtiyotkor kabi. Misol: 
Chorakor bilan xizmatkor Ostonaqul esa daladan olib kelingan ikki arava 


11 
g‘o‘zapoya va jo‘xoripoyalarni darvozaning tomiga bosishar edi (A.Qahhor, 
Sarob). 
Ajratib ko‘rsatilgan tiplardan birinchisi tarkibidagi yasamalar so‘zlashuv 
nutqiga moyilligi bilan ajralib turadi. Adabiy tildagi paxtakor, g‘allakor, pillakor, 
ijodkor kabi yasamalarning o‘rnini nutq jarayonida paxtachi, g‘allachi, pillachi, 
ijodchi singari yasamalar egallaydi. Bunda - kor qo‘shimchasiga xos vazifani 
nutqiy jarayon bilan bog‘liq ravishda shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasi 
bajaradi. Misol: Modomiki, paxtachi bo‘ldim, zavodsiz iloj yo‘q (Oybek, 
Tanlangan asarlar). 
O‘zbek tilidagi -kor qo‘shimchasiga xos vazifani qoraqalpoq tilida ba’zi 
o‘rinlarda -ker qo‘shimchasi o‘taydi. O‘zbek tilida -kor qo‘shimchasi yordamida 
hosil qilingan sholikor, san’atkor, paxtakor, binokor, shifokor, xizmatkor kabi 
yasamalar “biror narsani yaratuvchi, bunyod etuvchi, muayyan ishni bajaruvchi 
shaxs” ma’nolarini aks ettiradi. Misol: Bu darboza eskirgansumol ko‘rinsa ham 
asli yaratilishidag‘i nafislik, me’moriy san’atkorlik o‘chayozgan bo‘lsa ham, biroq 
undagi ivir-jivir sirlar, o‘yma naqshlar hali ham kishini hayron qoldirarliq edilar 
(A.Qodiriy, O‘tgan kunlar). 
Qoraqalpoq tilida esa -ker qo‘shimchasi bilan yuzaga kelgan shыpaker, 
xыzmetker, talapker, palker, xatker singari yasamalar “ma’lum ishni bajaruvchi 
shaxs” ma’nosidagi otlar hosil qiladi. Misol: Belde dorba, qolыnda tal tayag‘ы, 
Bәlki bul bir diyo‘ana yaki talapker (I.YUsupov); Paytonnың aldыnda jasы elio‘ - 
altpыslarg‘a kelgen arbakesh, onың izinde bir dilmash, bir xatker bar 
(Ә.Paxratdinov); Emleo‘xana xыzmetkerleriniң bәri bir tәn - bir jan bolыp 
isleytug‘ыnыn ag‘am aytыp keldi (H.Ayыmbetov).
Demak, qoraqalpoq tilida bunday yasamalar tarkibida -ker qo‘shimchasi 
“biror narsani yaratuvchi, bunyod etuvchi shaxs” ma’nosini emas, balki “biror 
faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi kishi” tushunchasini bildiradi.
Qoraqalpoq 
tili 
bo‘yicha darsliklarda, ilmiy adabiyotlarda -ker 
qo‘shimchasining vazifasi haqida har xil fikrlar bildirilgan. Ayrim manbalarda u ot 


12 
yasovchi qo‘shimcha sifatida izohlanadi
1
. Keyingi yillarda e’lon qilingan ishlarda 
esa -ker qo‘shimchasi ot, shuningdek, sifat ham yasash xususiyatiga egaligi 
ko‘rsatilgan
2
.
Qoraqalpoq tilida -ker qo‘shimchasi orqali shaxs otlarining yasalganligi kam 
miqdorni tashkil qiladi. Ba’zi o‘rinlardagina -kesh qo‘shimchasi o‘zbek tilidagi -

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling