Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

saroybon, zindonbon singari yasamalar “biror narsaga qarab turuvchi, qo‘riqlovchi 
shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Ushbu qo‘shimcha eski o‘zbek adabiy tilida nofaol 
ishlatilib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida yangi so‘zlar hosil qilmaydi. Misol: Kuni - 
kecha saroyboni qurg‘ur qo‘yarda -qo‘ymay meni o‘shanikida yotqizdi 
(G‘.G‘ulom, Netay); Buxoroga o‘xshash Isfaxonning ham o‘n ikki darvozasi 
bo‘lar, ustiga tog‘da yuk ortilgan fillar ham bemalol o‘ta oladigan bu darvozadagi 
hamma darvozabonlar uni yaxshi tanir edi (O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo); - Bunaqa 
halol xufiyalarga men ham tan beraman, cho‘pon ota, - dedi bog‘bon (P.Qodirov, 
Botirlar va bahillar). 


14 
Qoraqalpoq tilida o‘zbek tilidagi -bon qo‘shimchasining varianti -ban //-man 
qo‘shimchasi bo‘lib, bu qo‘shimcha “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani 
qo‘riqlovchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Qoraqalpoq tilidagi -ban//-man 
qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan bag‘man, dәro‘azaman, jыlqыman, 
peshman, sayaman kabi yasamalar “biror kasb va o‘rin ma’nosini ifodalovchi 
shaxs” otlari ekanligi qayd qilingan. Misol: Jazlar bolsa bag‘man terer miyo‘eni, 
Tәo‘ip tabar bul dәrtine dao‘anы (Qыrq qыz); Jыlqыman үyretip miner tayыnы, 
Aytыo‘g‘a sөzimiz jүdә qыyыmdы, Olaysha dep jalg‘ыzыmdы g‘arg‘ama, 
Dushpanlar taptыma keo‘il jayыңdы (Qoblan); Bul jerde Kubanың g‘әllekeshi de, 
Moldavshe menen Armeniyanың jүzimger bag‘manlarы da, Sibirdiң aңshыsы da 
bar (Ө.Xojaniyazov, Aydana).
O‘zbek tilida -bon qo‘shimchasining kasb-kor ma’nosini ifodalash xususiyati 
mavjud emas. Bu qo‘shimcha vositasida yasalgan otlar “ma’lum muddat davomida 
biror narsani qo‘riqlovchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Qoraqalpoq tilida ham bu 
xildagi yasamalarga shunday baho berilsa to‘g‘riroq bo‘lar edi. 
O‘zbek tilida -paz qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani 
pishiruvchi, tayyorlovchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Bu qo‘shimcha tojik tilidan 
o‘zlashgan bo‘lib,  pishirmoq, tayyorlamoq ma’nosini aks ettiradi. U asosan, ovqat 
nomlariga qo‘shilib, shuni pishirish, tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi shaxsni, 
kasb egasini bildirib, kabobpaz, oshpaz, somsapaz singari yasamalarni hosil qiladi. 
Misol: Oshpaz yigit qayrag‘och tagidagi katta supaga joy qilib, dasturxon yozdi 
(S.Ahmad, Ufq); Kafeda bironta bo‘sh joy yo‘q. Kabobpazlarning, choy 
tashuvchilarning qo‘li - qo‘liga tegmaydi (S.Ahmad, Jimjitlik). 
 Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, barcha ovqat turlarini tayyorlaydigan
jumladan, somsa, kabob pishiruvchi kishiga nisbatan ham oshpaz yasamasi 
ishlatiladi.
O‘zbek adabiy tilidagi kabobpaz, somsapaz singari yasamalar nutq jarayonida 
kabobchi, somsachi kabi qo‘llaniladi. Kabobpaz va somsapaz yasamalari faqat 
“kabob va somsani tayyorlovchi shaxs” ma’nosini anglatsa, kabobchi, somsachi 


15 
yasamalari esa “kabob, somsani ham tayyorlovchi, ham sotuvchi shaxs” 
ma’nolarini ifodalaydi. 
Qoraqalpoq tiliga -paz qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashmagan. Ammo 
bevosita o‘zbek tili ta’sirida kirib kelgan aspaz so‘zi tarkibida bu qo‘shimcha 
kuzatiladi. Bu yasamada “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani pishiruvchi, 
tayyorlovchi shaxs” ma’nosi aks etgan. Misol: Aspazlar qasыq-tabag‘ыn jap - 
jaqsы etip juo‘adы (Jayen).
O‘zbek tiliga -furush qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, 
hozirda juda kammahsul so‘z yasovchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanilib, “alohida 
sotiluvchi narsalarni sotuvchi shaxs” ma’nosini ifodalovchi otlar hosil qiladi.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida do‘ppifurush yasamasining ma’nosi “do‘ppi 
sotuvchi, do‘ppi bilan savdo qiluvchi” deb izohlangan
1
. Mazkur qo‘shimcha XX 
asrning 20–30 yillarida juda keng qo‘llanilgan bo‘lib, uning yordamida 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling