Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
9 I BOB. O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA O‘ZLASHMA OT YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR SEMANTIKASI Har qanday til lug‘at tarkibining yangi so‘zlar bilan boyishida o‘zlashgan qatlamga doir leksik birliklar ham muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Binobarin, tillarning rivoji o‘zga til elementlarining o‘zlashuvi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Bu jarayon o‘zbek va qoraqalpoq tillarida ham yuz bergan bo‘lib, uning lug‘at tarkibiga yangi so‘zlarning kirib kelib, boyishida fors-tojik tiliga mansub leksik birliklar, shuningdek, ot yasovchi qo‘shimchalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalarning semantik xususiyatlarini qiyosiy tadqiq qilish muhim vazifadir. Zero, bu tillarni o‘zlashma qatlamga mansub ot yasovchi qo‘shimchalarning ma’no qirralarini tahlil etish misolida qiyosiy o‘rganish orqali tillararo o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash imkoni tug‘iladi. Har ikki tilshunoslikda o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalar semantikasiga doir qimmatli fikrlar mavjud bo‘lsa-da, tillararo o‘zlashma qatlamga mansub shaxs oti, o‘rin-joy oti va narsa-buyum oti yasovchi qo‘shimchalar qiyosiy holda o‘rganilmagan. Shuni ham ta’kidlash zarurki, o‘zbek va qoraqalpoq tillariga o‘zlashma qatlamdan mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar umuman o‘zlashmagan. Shu nuqtai nazardan ishning birinchi bobida o‘zbek va qoraqalpoq tili lug‘at tarkibida shaxs oti, o‘rin-joy oti va narsa-buyum oti yasashda faol ishtirok etadigan o‘zlashma qatlamga mansub qo‘shimchalarning tillararo semantikasini yoritib berishni ob’ekt sifatida tanladik. Har ikki tilda o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalar semantikasini yoritib berishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni belgiladik: - tillararo o‘zlashma shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasini tadqiq qilish; - o‘zlashma qatlamga tegishli o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasini qiyosiy o‘rganish; 10 - o‘zlashma qatlamga mansub narsa-buyum oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasini taqqoslash. O‘zbek va qoraqalpoq tillariga fors-tojik tilidan o‘zlashgan, ot yasovchi qo‘shimchalar orqali hosil bo‘lgan yasamalar o‘z ma’nosida adabiy til uchun umumiy me’yor qilib belgilanganini ko‘rsatish, o‘z qatlamga mansub qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan yasamalarning ba’zan nutqiy jarayon bilan bog‘liq qo‘llanilib, ma’no ifodalash imkoniyatining kengayishini kuzatish muhim vazifa hisoblanadi. Bu esa yangi faktlarning ochilishini ta’minlaydi. Biz o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalar semantikasini yoritishda baholiqudrat tilga tizim sifatida yondashuv usulidan foydalandik. Ishda o‘rtaga tashlangan ilmiy nuqtai- nazarlar imkon qadar misollar yordamida asoslab berishga harakat qilindi. Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling