Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

qandfurush, chakanafurush, eskifurush, lattafurush, bo‘yoqfurush, chitfurush kabi 
yasamalar vujudga kelgan
2
. Misol: Bir - ikkita samovarga borib ko‘rdik. 
Hammasini savdogarlar, lattafurush chayqovchilar egallab olibdi, yotarga joy 
yo‘q (G‘.G‘ulom, Yodgor); Mirzaqosim papiroskachi, Zoyirjon to‘pchi, Abduhoji 
kalishfurush, Mahmudkarim hasfurush, Abdurazzoqboy kunchi, Tilla To‘ychi 
chinnifurush, Yusufbek attor, Iqbol degan chitfurush va yana bulardan boshqa 
esimdan chiqqan og‘aynilar (H.Qodiriy, Otam haqida). 
Bu xildagi narsalarni sotish bilan shug‘ullanuvchi kishilarning keskin 
kamayishi tufayli bugungi kunda ana shu ma’noni ifodalovchi yasamalarning 
ko‘pchiligi eskirgan.
-furush qo‘shimchasi o‘zbek adabiy tilida ayrim yasovchi asoslarga 
qo‘shilgan holda pistafurush, do‘ppifurush, mevafurush, vinofurush, qovunfurush 
kabi yasamalarni yuzaga keltiradi. Misol: Mehnat kunini semirtirish uchun 
o‘zimdan orttirib barg sotaman, rayon bozorida vinofurushlik qilaman (A.Qahhor, 
Ayajonlarim); Bunaqangi jinoyatchilar militsiyani dangasa qilib qo‘ydi, 

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2006. – Б. 677. 
2
Тожиев Ё. Ўзбек тилида аффиксал синонимия. Док.дисс. Т.: 1991. – Б. 119. 


16 
pistafurush ham jinoyatchi bo‘libdi-yu? (X.To‘xtaboev, Sariq devni minib); Men 
bo‘lmasam do‘ppifurush onangu-singling bilan ko‘chaga chiqib tilanchilik 
qilarding (O‘.Hoshimov, Ikki eshik orasi). 
Bunday yasamalar adabiy tilda faqat “sotuvchi shaxs” ma’nosidagi otlarni 
hosil qiladi. Nutqda uning pistachi, mevachi, qovunchi, vinochi  kabi qo‘llanilishi 
kuzatiladi.
Nutq jarayonida hosil qilingan bunday yasamalar ikki xil ma’noda ishlatiladi: 
1) shu narsani yetishtiruvchi, tayyorlovchi; 2) shu narsani sotuvchi, pullovchi. 
Nutq jarayonida qo‘llaniluvchi vinochi yasamasi matn bilan bog‘liq holda uchinchi 
ma’noni ham ifodalash xususiyatiga ega bo‘lib, bu ma’no “vino ichimligini haddan 
ziyod iste’mol qiluvchi shaxs” ma’nosidir. Ushbu ma’no o‘zbek adabiy tilida 
vinoxo‘r yasamasi orqali anglashiladi. 
Qoraqalpoq tilida -purыsh qo‘shimchasi otыnpurыsh singari yasamalar 
tarkibida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani sotish bilan mashg‘ul kishi” 
ma’nosini ifodalaydi
1
. Qayd qilingan yasama “o‘tinni sotuvchi kishi” ma’nosini 
bildiradi. Bu tilning ichki imkoniyatlari asosida chaypurыsh yasamasi hosil 
qilingan bo‘lib, bu o‘rinda -purыsh qo‘shimchasi butunlay boshqa ma’noni, ya’ni 
“tayyorlovchi shaxs”, “qaynatuvchi shaxs” ma’nosini anglatadi
2
. Misol: Bul bala 
chaypurыshtың shәkirti edi (Aybek). 
Mazkur tilda o‘zbek tiliga qaraganda ancha kam miqdordagi shaxs otlari -
purыsh qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan. Buning sababi shuki, ushbu 
qo‘shimcha qoraqalpoq tiliga hali unchalik darajada singishmagan.
O‘zbek tilida paxtafurush yasamasi “paxta savdosi bilan shug‘ullangan kishi” 
ma’nosini ifodalagan. Adabiy tilda paxtachi yasamasi oldin “paxta tozalash va 
paxta savdosi bilan shug‘ullangan boy” ma’nosini anglatgan. Misol: Men 
Abdurashid paxtafurush degan boyning aravasini minar edim (A.Qahhor, 
Qo‘shchinor chiroqlari). 

Ҳәзирги қарақалпақ тили. Морфология. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1981. – Б. 62. 
2
Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. IV том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1992. – Б. 496. 


17 
Hozirgi kunda paxtafurush yasamasi qo‘llanilmaydi. Chunki u o‘z faoliyatini 
o‘tab bo‘lgan. So‘zlashuv nutqida ba’zan paxtachi yasamasi “paxtani teruvchi 
kishi” ma’nosida qo‘llaniladi.
Ta’kidlash o‘rinliki, -furush qo‘shimchasi o‘zbek tilida salbiy ma’noni ham 
ifodalaydi. Bu qo‘shimchalar fors-tojik tilidan dastlab salbiy ma’no ifodalovchi 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling