Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
do‘ppifurush yasamasi bilan anglashiladi. Misol: Ammamning qizi Abdurazzoq
do‘ppifurushga tushgan edi. Do‘ppifurush ellikka borib qolgan odam (A.Qahhor, Sarob). O‘zbek tiliga soz so‘zi aslida fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, “yasamoq” ma’nosini bildiradi. O‘zbek tilida -soz shaxs oti yasovchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanilib, aravasoz, asbobsoz, mashinasoz, soatsoz, kemasoz, kompyutersoz kabi yasamalar tarkibida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani tuzatuvchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Misol: Yuk mashinasidan xaltasi temir - tersakka to‘la asbobsoz ranglari sarg‘aygan holda bazo‘r tushib kelardi (S.Boboev, Armonli dunyo); Endi sizga bitta arava kerak. Men usta Madamin aravasoz bilan gaplashib keldim (A.Qodiriy, G‘irvonlik mallavoy). O‘zbek tilining og‘zaki so‘zlashuv nutqida soatchi, kompyuterchi kabi yasamalarning qo‘llanilishi kuzatiladi. Adabiy tilda soatsoz, kompyutersoz “soatni, kompyuterni tuzatuvchi shaxs” ma’nosidagi otlarni hosil qilsa, nutq jarayonida ishlatiluvchi soatchi yasamasi “soatni tuzatuvchi va sotuvchi shaxs”, kompyuterchi yasamasi esa “kompyuterni tuzatuvchi va kompyuterda ishlovchi shaxs” ma’nolarini ifodalaydi. O‘zbek tilida -soz qo‘shimchasining yakka shaxs tomonidan yasovchi, yaratuvchi kabi ma’noni ifodalashi g‘ayriodatiy hodisadir. Chunki mazkur yasovchi qo‘shimcha orqali hosil qilingan yasamalar hozirgi kunda shu narsani 21 ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi birdan ortiq shaxslar ma’nosini anglatadi 1 . Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hozirgi o‘zbek adabiy tilida -soz qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalar “yasovchi shaxs” ma’nosini emas, balki “tuzatuvchi shaxs” ma’nosini aks ettiradi. Qoraqalpoq tiliga -soz qo‘shimchasi o‘zlashmagan. Bu qo‘shimchaga xos ma’no ifodalash vazifasini kemeshi, saatshы, kompyutershi singari yasamalar tarkibida sof turkiy tillarga oid shaxs oti yasovchi -shы//- shi qo‘shimchasi bajaradi. Misol: Esitken bul sөzden tappaydы qыyao‘, Kemeli jүredi, jүrmeydi jayao‘, Qolыnda eskegi - үsh qulash tayao‘, Mүytenniң kemeshi jigiti bardы (Berdaq). Qoraqalpoq tilining so‘zlashuv nutqida dastlabki, kemeshi misolida “tuzatuvchi va boshqaruvchi shaxs” ma’nosi, ikkinchi, saatshы yasamasida “tuzatuvchi va sotuvchi shaxs” ma’nosi, uchinchi, kompyutershi yasamasida “kompyuterni tuzatuvchi, kompyuterda ishlovchi shaxs” ma’nolari anglashiladi. O‘zbek tiliga -boz qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, ushbu tildagi bedanaboz, lo‘ttiboz, kaptarboz, dorboz, askiyaboz singari yasamalarda ijobiy va salbiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Misol: Mirvali xuddi dor chig‘irig‘iga osilib o‘ynayotgan dorbozga o‘xshardi (S.Ahmad, Jimjitlik); Holidiyning shogirdi dissertatsiya yoqlayotganida Anvar bu ilmiy ish emas, lo‘ttibozlik, deb fikrini isbot qilishga uringan edi (Tohir Malik, Shaytanat); U, katta davlatga ega bo‘laman, deb hayollanib turgan paytda butun bori yo‘g‘ini yutqizgan qimorbozlardek juda og‘irlik bilan qaytdi (S.Ayniy, Sudxo‘rning o‘limi). Bunday yasamalarda “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsa-hodisaga qiziquvchi shaxs” ma’nosi ifodalanadi. Bu qo‘shimchaning salbiy ma’no ifodalashini “birovga tilyog‘lamachilik qiluvchi, o‘zga qiyofada yurishni xush ko‘radigan shaxs” ma’nosidagi lo‘ttiboz, masxaraboz kabi yasamalardan kuzatish mumkin. 1 Тожиев Ё. Ўзбек тилида аффиксал синонимия: Филол. фан. д-ри дис. – Тошкент, 1991. – Б. 126. 22 Qoraqalpoq tilida -boz qo‘shimchasining fonetik varianti -baz // -paz qo‘shimchasi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur tilda ham ushbu qo‘shimcha vositasida hosil qilingan yasamalar “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsaga qiziquvchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Qaralayotgan qo‘shimcha orqali qoraqalpoq tilida Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling