Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
ilimpaz, masqarapaz, qag‘azpaz, өnerpaz, oyыnpaz, qumarpaz, mәjilispaz kabi 7-
8 ta yasama hosil qilinganligi kuzatiladi. Hozir bu qo‘shimcha qoraqalpoq tilida mahsulsiz so‘z yasovchiga aylangan bo‘lib, so‘z yasash vazifasini bajarmaydi. Misol: Folklordың turmыsta tutatыg‘ыn ornыn ataqlы qazaq ilimpazы Choqan Valixanov jazg‘an edi (B.Ismaylov); Dүnyanы teksergen xalыqtың g‘amы ushыn, Aqыlgөy qыz-jigit өnerpazlarg‘a (J.Aymurzaev); Toyda gүres, oyыn, masqarapaz, sazendeler, gөyendeler, balamanshы - tүrli oyыn qurыlыp atыr (Mәspatsha); Gүzde balыq ao‘lao‘g‘a, balыqshыlar qumarpaz (J.Aymurzaev). Mazkur tilga oid manbada -baz//-paz qo‘shimchasi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarga qo‘shilib, biror kasb egasini yoki ma’lum xususiyatiga ko‘ra ajralib turuvchi ilimpaz, mәjilispaz singari shaxs otlari yasaydi deb izohlangan. Biroq bu qo‘shimchaning kasb tushunchasini ifodalashi to‘g‘risidagi fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki u orqali hosil qilingan yasamalar “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsaga ishtiyoqi baland shaxs” ma’nosini anglatishiga shak-shubha yo‘q. Qoraqalpoq tilidagi ilimpaz yasamasi o‘zbek tilida “ma’lum sohaning yetuk mutaxassisi” ma’nosini ifodalovchi olim so‘ziga to‘g‘ri keladi. Boshqa bir manbada esa qoraqalpoq tilida masqarapaz, өnerpaz, oyыnpaz, qumarpaz singari yasamalar -baz // -paz qo‘shimchasi orqali yasalgan bo‘lib, “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani qilishga qiziquvchi shaxs” tushunchasini ifodalaydi degan fikrlar keltirilgan. Bu qarash ushbu qo‘shimcha haqidagi to‘g‘ri bahodir. Keltirilgan yasamalar o‘zbek tilida masxaraboz, hunarmand, o‘yinchi, qimorboz kabi hosil qilingan. -mand qo‘shimchasi o‘zbek tilida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan muayyan kasb-hunarni egallagan, ma’lum narsaga qiziqishi me’yordan ortiq shaxs” ma’nosini ifodalovchi hunarmand, ishtiyoqmand, davlatmand, orzumand kabi shaxs otlari yasaydi. Misol: Bulardan ko‘p qismli mayda hunarmand, kosib 23 yigitlar bo‘lib, ahyon-ahyon boyvachcha bolalar ham ko‘rinib qolar edi (O.Yoqubov, Ko‘hna dunyo); Amir Soribug‘a jaloyir otasining tutumlaridan xabardorligi bois, hamisha o‘zini Amir Temurga fidoyi qilib ko‘rsatishga ishtiyoqmandligini bo‘rttirishga urinar edi (M.Ali, Ulug‘ saltanat); Yaxshi oilaga kuyov bo‘lganidek, shahardagi boshqa davlatmandlar bilan aloqa bog‘ladi va ularning ziyofatlari vositasida ba’zi madrasalarning mudarrislari, mukarrirlari bilan ham tanishdi, qisqasi bir oz burni ko‘tarilayozdi (A.Qodiriy, Mehrobdan chayon). Bu yasamalar otlar oldida kelganda sifat kabi qo‘llaniladi. Ammo tahlildagi qo‘shimchalarning asosiy vazifasi shaxs oti yasashdir. Hosil qilingan yasamalarda sifatga xos xususiyat mavjud bo‘lsa-da, matnda shaxs oti deb qaraladi. Qoraqalpoq tilida -mand qo‘shimchasining fonetik varianti sifatida o‘zlashgan -ment qo‘shimchasi qo‘llaniladi. Bu qo‘shimcha anglatgan ma’no mazkur tilda ham xuddi o‘zbek tilidagi kabi bo‘lib, so‘z yasalish asoslariga qo‘shilishiga ko‘ra farqlanadi. Qoraqalpoq tilida -ment qo‘shimchasining so‘z yasash imkoniyati chegaralangan bo‘lib, faqat bir-ikkita, өnerment, duo‘ayment singari yasamalar tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanilib, shaxs otlari hosil qilgan. Misol: Өnermentler dүkannың өzinde jurttың kөzinshe islep atыr (N.Dәo‘qaraev). Qoraqalpoq tilidagi duo‘ayment yasamasining anglatgan ma’nosi o‘zbek tilidagi duogo‘y yasamasi ifodalagan ma’noga to‘la mos keladi. Misol: O‘tirganlar dast turib, xon duogo‘yiga qulluq qiladilar (S.Siyoev, Avaz). Bu o‘rinda o‘zbek tilida “shaxsning tabiati, fe’l-atvori” ma’nosini ifodalash uchun so‘z yasash vazifasida qo‘llaniluvchi o‘zlashgan -go‘y qo‘shimchasiga xos vazifani qoraqalpoq tilida duo‘ayment yasamasi tarkibida -ment qo‘shimchasi bajargan. O‘zbek tiliga -go‘y qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, so‘z yasalish asosidan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq xarakter-xususiyatni ifodalovchi nasihatgo‘y, maslahatgo‘y, haqiqatgo‘y, latifago‘y singari shaxs otlari hosil qiladi. Bunday yasamalar nutq jarayonida nasihatchi, maslahatchi, haqiqatchi, latifachi kabi hosil qilinadi. Misol: Maslahatgo‘yning Abdulla akaga 24 bergan samimiy, dono maslahatlari uzoq vaqt yodimda bo‘ldi (O‘.Umarbekov, Qizimga maktublar); Birinchi maslahatchi: ayblanuvchi boya Zamira Murodovaning fojiali o‘lganini uyiga kelib eshitdim, dedi (O‘.Umarbekov, Sud); Latifago‘y va lofchilar talantli, hayotiy tajribaga boy kishilar bo‘ladilar (O‘zbek xalq og‘zaki ijodi); Ishonsangiz, o‘zim ham shuni talab qila boshladim, chunki Roziq tog‘am qishlog‘imizning eng usta latifachisi, kattalar bilan o‘tirganda hammani sharaqlatib kuldirgani kuldirgan (X.To‘xtaboev, Besh bolali yigitcha). Qoraqalpoq tilida -gөy qo‘shimchasi “kishining muayyan bir narsaga moyilligi” ma’nosini ifodalaydi. Bu qo‘shimcha orqali arzagөy, aqыlgөy, zamanagөy, tamashagөy, ыrasgөy, nәsiyatgөy kabi yasamalar hosil qilingan. Misol: Arzagөydi uslap aldы, Moynыna qыl arqan saldы, Qarqыratыp malday shaldы, Xalыqtы jaman qыsqan eken (Berdaq); Tamashagөy dostыm, shыday tur biraq, Hәzir baslanadы kutken oyыnың (I.YUsupov). Qoraqalpoq tili og‘zaki so‘zlashuv nutqida nәsiyatgөy yasamasi nәsiyatshы kabi qo‘llaniladi va ma’nolar bir xilligi ta’minlanadi. Qoraqalpoq tilida hosil qilingan zamanagөy, tamashagөy, arzagөy kabi yasamalar o‘zbek tilida mavjud emas. O‘zbek tilidagi zamona, tamosha, ariza so‘zlarining -go‘y qo‘shimchasini qabul qilishi adabiy til uchun umumiy me’yor hisoblanmaydi. Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling