Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

ortiqcha, deb biladi (S.Ahmad, Azob); Ish bitgach, nasihatchi ko‘payar (Maqol). 
O‘zbek tilida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan biror narsani tikish ishi 
bilan shug‘ullanuvchi shaxs” ma’nosini ifodalashda etikchi // etikdo‘z, telpakchi // 
telpakdo‘z, gilamchi // gilamdo‘z, maxsichi // maxsido‘z kabi yasamalarda -chi 
qo‘shimchasi -do‘z o‘zlashgan qo‘shimchasi bilan sinonimiya hosil qiladi. Misol: 
Bu ko‘chada boy savdogar, uzangisoz, sarroj, mahsido‘z, kavushdo‘z, telpakdo‘z, 
duradgor kabi hunarmandlar bor (M.Muhammadjonov, Turmush urinishlari). 
Bu xildagi yasamalarning -chi qo‘shimchasi bilan yasalganlari “tikuvchi va 
sotuvchi shaxs” ma’nosini, -do‘z qo‘shimchasi orqali hosil qilingani esa faqat 
“tikuvchi shaxs” ma’nosini anglatadi. Har ikki ma’noni o‘zida aks ettirgan etikchi, 
telpakchi, gilamchi singari yasamalar ko‘proq oddiy so‘zlashuv nutqida 
qo‘llaniladi, -do‘z qo‘shimchasi bilan yuzaga kelgan yasamalar esa adabiy tilda 
faqat “tikuvchi shaxs” ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Qoraqalpoq tiliga -do‘z qo‘shimchasi o‘zlashmagan. Shu tufayli adabiy tilda 
telpekshi, etikshi, malaqayshы singari yasamalar “tikuvchi va sotuvchi shaxs” 
ma’nosini ifodaydi. Misol: Etikshi etikke jarыmas (Maqol).
O‘zbek tiliga soz fors-tojik tilidan kirgan mustaqil so‘z bo‘lib, “yasamoq, 
yaratmoq” ma’nolarini ifodalaydi. Ushbu so‘z o‘zbek tilida aravasoz, mashinasoz, 
asbobsoz, soatsoz, kemasoz, kompyutersoz kabi yasamalar tarkibida qo‘shimcha 
sifatida e’tirof etiladi. Misol: Tong otishi bilanoq duradgorlar, kemasozlar ishga 
ketdilar (M.Osim, Karvon yo‘llarida). 
Soz so‘zining fors-tojik tilida anglatadigan ma’nosidan ma’lumki, u orqali 
yuzaga kelgan yasamalar aslida “so‘z yasalish asosidan anglashiladigan narsalarni 
yaratuvchi, yasovchi shaxs” tushunchasini ifodalashi kerak. O‘zbek tilidagi 
aravasoz, asbobsoz kabi yasamalar dastlab xuddi shunday ma’no ifodalagan. Lekin 
so‘nggi davrlarda qo‘l mehnatining o‘rnini texnika egalladi. Natijada bunday 
narsalar maxsus joylarda, firmalarda ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Shu sababli -soz 
qo‘shimchasiga xos “yasovchi” ma’nosining o‘rnini “tuzatuvchi” ma’nosi egalladi.


40 
O‘zbek adabiy tilida soatsoz, kompyutersoz kabi yasamalar “soatni, 
kompyuterni tuzatuvchi” ma’nosidagi shaxs otlari hosil qilsa, nutq jarayonida 
qo‘llaniluvchi soatchi yasamasi “soatni tuzatuvchi va sotuvchi”, kompyuterchi 
yasamasi esa “kompyuterni tuzatuvchi va kompyuterda ishlovchi shaxs” 
ma’nolarini ifodalaydi. Dastlabki ma’nosiga ko‘ra ular bir-biri bilan sinonimiyaga 
kirishadi. 
Qoraqalpoq tiliga fors-tojik tilidan -soz qo‘shimchasi o‘zlashmagan. Shunday 
bo‘lsa-da, bu tildagi saatshы, kemeshi, kompyutershi singari yasamalar o‘zbek 
tilidagi kabi “soatni tuzatuvchi va sotuvchi”, “kemani boshqaruvchi va tuzatuvchi”, 
“kompyuterni tuzatuvchi va kompyuterda ishlovchi shaxs” tushunchalarini ham 
ifodalaydi. Misol: Tuңg‘ыyыqqa endi kettim! - deo‘ende, bir kemeshi suo‘dan 
sүyrep alыptы (K.Sultanov). 
Ma’lumki, tilda muayyan me’yorlarga solingan, ko‘pchilik tomonidan tan 
olingan vositalar umumiy, nutqiy talablar asosida hosil qilingan okkazionalizmlar 
esa xususiy hisoblanadi. Garchi bu mezon ko‘proq so‘zlarga tegishli bo‘lsa-da, 
ma’lum ma’noda qo‘shimchalarga ham taalluqlidir.
O‘zbek va qoraqalpoq tillarida shaxs oti yasovchi -chi, -shы//-shi 
qo‘shimchalari orqali hosil qilingan yasamalarning ko‘pchiligi adabiy til uchun 
umumiy me’yor darajasida iste’molda bo‘lsa, ayrim hollarda nutqiy yasama 
sifatida ko‘zga tashlanadi.
O‘zbek tilida tilchi yasamasi “til bo‘yicha mutaxassis, tildan dars beruvchi 
shaxs, o‘qituvchi” deb izohlangan
1
. Qoraqalpoq tilida ham tilshi yasamasi “til 
bo‘yicha mutaxassis, tilni o‘rganadigan, tilshunoslik bo‘yicha mutaxassis kishi” 
ma’nosini anglatadi
2
.
O‘zbek tilida tilchi yasamasi tilshunos yasamasi bilan sinonimiyaga kirishadi. 
Ammo tilchi  yasamasi ko‘pincha nutq doirasida, ba’zan adabiy tilda ishlatiluvchi 
yasama hisoblanib, tilshunos esa uning adabiy til uchun umumiy me’yor qilib 
belgilangan ko‘rinishidir. Misol: Ammo shahardagi bir qism ziyolilar unga faqat 

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. IV жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2008. – Б. 98. 
2
Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. IV том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1992. – Б. 322.


41 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling