Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -do‘z
b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi O‘zbek tilida o‘tloq // o‘tzor tipidagi yasamalar ayrim hollarda kuzatilib, bu o‘rinda -loq va - zor qo‘shimchalari o‘zaro sinonim bo‘la oladi. Bu tilda -loq qo‘shimchasi ot turkumiga mansub suv, tosh, qum, o‘t kabi so‘z yasalish asoslariga qo‘shilib, suvloq, toshloq, qumloq, o‘tloq singari yasamalarda “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsaning o‘rnini”, ba’zan shu o‘rinda o‘sha “narsaning mo‘lligi” ma’nosini bildiradi. Misol: Butun bepoyon Oqsoy o‘zining barcha o‘tloqlari, yalangliklari, adirlari-yu past-balandliklari bilan uzoq - uzoqlargacha ko‘zga yaqqol tashlanib turardi (Ch.Aytmatov, Erta qaytgan turnalar); Dalaning arang ko‘z ilg‘ab oladigan uzoq chekkasida, qumloqdan, tasma tortgan qirg‘oq ortida ulkan ko‘l to‘q samoviy rangda tovlanardi (Ch.Aytmatov, Oq kema); Ish davomida g‘iq etmay o‘tirdim, hatto jahl bilan traktorni toshloq yerlarga solib borganida ham, plug dam - badam jo‘yaklardan sakrab chiqib ketdi (Ch.Aytmatov, Bo‘tako‘z). Tarixan -loq qo‘shimchasi orqali hosil qilingan yasamalar tarkibida bu qo‘shimcha alohida qismlarga ajratilgan bo‘lsa, hozirda qumloq, o‘tloq, toshloq singari yasamalarda bir sodda qo‘shimcha sifatida qaraladi va ma’noli qismlarga ajratilmaydi. O‘zbek tilida -zor qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsaning mavjud bo‘lishi” ma’nosini bildiruvchi paxtazor, olmazor, o‘tzor, 44 bodomzor, gulzor, chakalakzor, uzumzor, qamishzor kabi otlar hosil qiladi. Misol: Qamishzordan boldoqdek yarim doira yasagan yalanglikka chiqishdi, o‘ng taraf ko‘z ilg‘amas to‘qay, chap taraf sap-sariq yo‘l edi (S.Ahmad, Ufq); Halilovning uyini bilarsan, ho-o terakzorning orqasida (E.A’zam, Ta’ziya). “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da o‘tzor “o‘t-alaf bilan qoplangan yer, o‘tlar o‘sib turgan maydon”, o‘tloq “o‘t-alaf o‘sib yotgan, chorva o‘tlatiladigan joy, dala” deb izohlangan. Ma’nolarning bunday muvofiqligi o‘tloq va o‘tzor yasamalarining sinonimik munosabatga kirishishini ta’minlaydi. Misol: O‘tloqning u yer-bu yerida o‘tlab yurgan otlar qorayib ko‘rinardi (Ch.Aytmatov, Jamila); Shu vaqt o‘tzor orasidan to‘satdan katta bir ilon chiqib qoldi (H.Qodiriy, Otam haqida). Haqiqatan ham, o‘zbek tilida o‘tloq // o‘tzor tipidagi yasamalarda “o‘t o‘sadigan maydon” ma’nosi mujassam bo‘lib, o‘tzor yasamasiga nisbatan o‘tloq yasamasida mo‘llikni ifodalash xususiyati ancha kuchli. Shu nuqtai nazardan, ba’zi manbalarda qayd qilingan -zor qo‘shimchasining mo‘llik va o‘rinni ifodalash xususiyati xiralashgan degan fikrni biz ham ma’qullaymiz. O‘tloq, o‘tzor kabi yasamalar o‘zbek adabiy tili uchun umumiy me’yor darajasida qo‘llaniladi. Adabiy tildagi -zor qo‘shimchasiga xos vazifani ba’zan oddiy so‘zlashuv nutqida mavhum ot yasovchi -lik qo‘shimchasi bajarib, yasamalar to‘qaylik // to‘qayzor, qamishlik // qamishzor, tutlik // tutzor kabi hosil qilinadi. Misol: Oldimda bir to‘qaylik paydo bo‘lib qoldi (G‘.G‘ulom, Shum bola); Qo‘rqa pisa zovurdan chiqib, to‘qayzordagi so‘qmoq yo‘l bilan keta boshladim (G‘.G‘ulom, Shum bola); Azizxon doira shaklidagi qamishlikdan o‘tib, yalanglikning narigi burchagiga yugurib ketdi (S.Ahmad, Ufq); Bir vaqtlar ana shu dalam g‘uj-g‘uj qamishzor edi, qirg‘ovulzor edi (T.Murod, Otamdan qolgan dalalar). Qoraqalpoq tiliga ham fors-tojik tilidan o‘rin-joy ma’nosini ifodalovchi -zor qo‘shimchasi o‘zlashgan bo‘lib, yasamalar tarkibida u tilda mavjud bo‘lgan, o‘rin ma’nosini anglatuvchi -laq qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabat hosil 45 qilmaydi. Chunki bu tilda ot so‘z yasalish asosining -zor qo‘shimchasini qabul qilishi adabiy til me’yori talablariga muvofiq kelmaydi. Qoraqalpoq tilida -laq qo‘shimchasi ba’zi otlarga qo‘shilgan holda shu narsalardan tashkil topgan o‘rinning nomini bildiruvchi qumlaq, taslaq kabi yasamalarni hosil qilgan 1 . Bu tilda otlaq yasamasi “mayda o‘t-cho‘plarning o‘sgan yeri, o‘tli joy” 2 deb izohlangan. Misol: Jerimiz otlaqlы, qыsta mallardың өzleri jayыladы (J.Aymurzaev); …tөbe-tөbe bolыp үyilgen shag‘ыr qum ba ya taslaq pa, biraq usы gedirgыlerden og‘an өtip barыo‘ qыyыn ekeni kөrgen kөzge bep- belgыli (Ө.Xojaniyazov). Bu o‘rinda -laq qo‘shimchasi qumlыq, taslыq kabi yasamalar tarkibida sof turkiy tillarga doir mavhum ot yasovchi -lыq qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishadi. Bu haqidagi mulohazalarimizni o‘z qatlamga tegishli ot yasovchi qo‘shimchalar orasidagi o‘zaro sinonimiya qismida bildirganmiz. Keyingi davrlarda qoraqalpoq tilida faol iste’molda bo‘layotgan gүlzar, almazar, kөklemzar kabi narsalarga xos o‘rin ma’nosini anglatuvchi ot turkumiga mansub yasamalar tarkibida o‘zlashgan -zar qo‘shimchasi kuzatiladi 3 . Bu xildagi yasamalar ham o‘zbek tilining qoraqalpoq tiliga bevosita ta’siri natijasida kirib kelgan bo‘lib, ularning so‘z yasalish asosi o‘z qatlamga doir qo‘shimchani qabul qilmaydi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ular sinonimik munosabatga kirishuvchi juftligiga ega emas. 1 Ҳәзирги қарақалпақ тили. Морфология. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1981. – Б. 29. 2 Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. IV том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1992. – Б. 40. 3 Ҳәзирги қарақалпақ әдебий тилиниң грамматикасы. – Нөкис: Билим, 1994. – Б. 31. 46 XULOSA Turkiy tillarga mansub o‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘zlashma ot yasovchi qo‘shimchalar qiyosi tadqiq qilinib, ularga xos umumiy va xususiy jihatlar aniqlandi: -qoraqalpoq tilida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani tikuvchi, tuzatuvchi shaxs” tushunchalarini ifodalashda malaqayshы, etikshi, sandыqshы, saatshы kabi yasamalar qo‘llaniladi. O‘zbek adabiy tilida do‘ppi, etik, sandiq, soat singari so‘z yasalish asoslari “tikuvchi, tuzatuvchi shaxs” ma’nolarini ifodalashda o‘zlashma shaxs oti yasovchi -do‘z va -soz qo‘shimchalarini qabul qilib, yasamalar do‘ppido‘z, etikdo‘z, sandiqsoz, soatsoz kabi yuzaga keladi. Bu yasamalar o‘zbek tilining so‘zlashuv nutqida do‘ppichi, etikchi, sandiqchi, soatchi singari qo‘llaniladi; -qoraqalpoq adabiy tilida o‘rin ma’nosini ifodalashda biydaylыq, qamыslыq, tog‘aylыq kabi yasamalar -lыq qo‘shimchasi orqali hosil qilingan bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida bu xildagi yasamalarning so‘z yasalish asosi o‘rin-joy oti yasovchi o‘zlashma -zor qo‘shimchasini qabul qilib, yasamalar bug‘doyzor, qamishzor, to‘qayzor kabi yuzaga keladi; -qoraqalpoq tili lug‘at tarkibidagi xabarnama, ruxsatnama, sorao‘nama, mag‘lыo‘matnama singari yasamalar mustaqillikka erishgach, bevosita o‘zbek tilining ta’sirida, Qoraqalpog‘iston hududida o‘zbek va qoraqalpoq tillarining rasmiy davlat tili sifatida yonma-yon o‘rgatilishi va iste’molda bo‘lishi natijasida vujudga kelgan; -o‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘zlashma qatlamga mansub shaxs oti yasovchi -kash // -kesh, -kor // -ker, -paz // -paz, -dor // -dar, -xo‘r // -xor, -go‘y // Download 395.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling