Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • -kash
-ker qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishishi xыzmetshi // xыzmetker, sebepshi 
// sebepker singari yasamalarda kuzatiladi
2

Misol

Otao‘dag‘ыlar qollarыn 
juo‘ыp bolыo‘dan esiktegi xыzmetshiler tabaqlardы kөterip kele qaldы 
(Ә.Paxratdinov, Өmir soqpaqlarы); Eger tүn bolmag‘anda baylardың esigindegi 
jallanыp jүrgen diyqanы, xыzmetkerleri, shopanlarы өlip qalg‘an bolar edi 
(Ә.Paxratdinov, Өmir soqpaqlarы).
Qoraqalpoq tilida paxtashы yasamasi ba’zan og‘zaki so‘zlashuv nutqida 
qo‘llaniladi. Bu yasama “paxtani teruvchi, yig‘uvchi kishi” ma’nosini anglatadi
3
.
Qoraqalpoq xalqi orasida dastlabki vaqtda “paxta oldi-sotdi savdosi bilan 
shug‘ullanuvchi boy” ma’nosini ifodalash uchun paxtashы yasamasi qo‘llanilgan. 
Keyingi vaqtlarda u “paxtani teruvchi shaxs” ma’nosida so‘zlashuv nutqida faol 
ishlatiladigan nutqiy yasama hisoblanadi. Adabiy tilda “paxtani yig‘ib-terib 
oluvchi kishi” ma’nosi paxtakesh yasamasi orqali ifodalanadi. Demak, o‘zbek 
adabiy tilidagi -kor qo‘shimchasi ifodalaydigan ma’no bu o‘rinda qoraqalpoq tilida 
-kesh qo‘shimchasi yordamida anglashiladi.
O‘zbek tilida “talab qiluvchi, istovchi, xohlovchi shaxs” ma’nolarini 
ifodalovchi talabgor yasamasi ishlatiladi. Qoraqalpoq tilida ham xuddi shunday 
ma’no anglatuvchi talapker yasamasi qo‘llaniladi. “Qaraqalpaq tiliniң tүsindirme 
sөzligi”da bu yasama “talab izlovchi, ish izlovchi, intiluvchan” deb izohlangan. Bu 
tilda talapker yasamasi talapshы singari qo‘llanilmaydi, ya’ni talapker yasamasi 
o‘zining sinonimik juftligiga ega emas. O‘zbek tilida ham talabgor yasamasi 
talabchi singari qo‘llanilmaydi.
O‘zbek tilida “birovlarning shaxsiy xizmatini, uy ishini qiluvchi kishi”, 
shuningdek, “biror idorada yozish-chizish ishi bilan shug‘ullanuvchi xodim” 
ma’nosini ifodalashda xizmatchi // xizmatkor yasamalari sinonim bo‘la oladi. 

Қарақалпақ тилиниң орфографиялық сөзлиги. – Нөкис: Билим, 1990. – Б. 257. 
3
Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. IV том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1992. – Б. 94. 


34 
Misol: Uning ming janoblar hisoblagan olmazoriga epchil qo‘lli xizmatkor doim 
zarur bo‘lib turar ekan (G‘.G‘ulom, Shum bola); Xizmatchi dasturxonni 
yig‘ishtirgandan so‘ng, shahzodaning yigitlaridan biri kirdi (Oybek, Navoiy).
O‘zbek tilida -chi qo‘shimchasi asosdan “anglashilgan narsani boshqaruvchi, 
yurgizuvchi shaxs” larni bildirib kelganda tuyachi // tuyakash, kemachi // 
kemakash, mehnatchi // mehnatkash singari yasamalarda -kash qo‘shimchasi unga 
sinonim bo‘ladi. Misol: Tuyachi uzun tayog‘iga suyangan holda ortidagi yuk 
ortilgan tuyasining tizginini ushlab, qoshi ustiga bostirib kiygan telpagi ostidan 
onaning yaqinlashib kelayotganini bamaylixotir kuzatib turdi (Ch.Aytmatov, 
Asrga tatigulik kun); Tuyakashlar katta qoplardagi g‘allani yelkalariga 
chapdastlik bilan olib, bizning omborga bo‘shataverdilar (Oybek, Bolalik). 
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tilida -kash qo‘shimchasi - chi 
qo‘shimchasiga ular ba’zi aniq va mavhum otlarga qo‘shilib kelgandagina o‘zaro 
sinonim bo‘la oladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘zbek tilida tarkibida -kash 
qo‘shimchasi mavjud o‘zlashgan yasovchi asosga -chi qo‘shimchasi qo‘shila 
olmaydi. Chunki bunday holatda hayolkash // hayolchi, dardkash // dardchi 
yasamalarida uslubiy g‘alizlik yuz beradi. Bu o‘rinda -chi va -kash 
qo‘shimchasining sinonimiyaga kirisha olmasligining yagona sababi shuki-kash 
qo‘shimchasi qatnashgan yasamalarning katta qismi o‘zlashgan qatlamga 
mansubligidir. 
Qoraqalpoq tilida shaxs oti yasovchi -shы //-shi qo‘shimchasi o‘zbek tilidan 
nisbatan kamroq hollarda so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani ifodalab 
kelganda arbashы // arbakesh, paxtashы // paxtakesh, tүyeshi // tүyekesh kabi 
yasamalarda o‘zlashgan -kesh qo‘shimchasi bilan sinonimiyaga kirishadi. Misol: 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling