Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi
Download 395.29 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tillarda so\'z yasalishi
b) o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar semantikasi O‘zbek tilida -zor qo‘shimchasi yordamida so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsaning o‘rnini ifodalovchi otlar hosil qilingan. Ana shu qo‘shimchaning qo‘llanilishida ham, ma’nosida ham til taraqqiyoti davomida ma’lum o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lib, bedazor, tutzor, terakzor, qamishzor kabi yasamalar tarkibida -zor qo‘shimchasi so‘z yasalish asosidan anglashilgan o‘simlik o‘sgan joy ma’nosini ifodalaydi. Misol: Ish bo‘lmasining ochiq turgan katta derazasidan sement hovuz, uning atrofidagi gulzor, butun bog‘ ko‘rinar va yumshoqqina kechki shabada esib turar edi (A.Qahhor, Sarob); Ajriqzor keng maydonni ishg‘ol qilgan bo‘lib, bir tomoni yulg‘unzor, bir tomoni qamishzor orasidan bug‘ ko‘tarilib turardi (Sh.Holmirzaev, Sirli militsioner); Tomorqadagi 25 jo‘xorizor ichida bekinmachoq o‘ynab yursak, ko‘cha tomondan shovqin-suron eshitildi (O‘.Hoshimov, Ikki eshik orasi). Mazkur qo‘shimcha orqali hosil qilingan yasamalar dastlab mo‘llik, me’yordan ortiqlik ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda o‘rin ma’nosida ishlatiladigan bo‘ldi. Endilikda qamishzor, paxtazor tipidagi yasamalarda qamish, paxta mo‘l bo‘lgan joy emas, balki qamish, paxta o‘sib yotgan joy ma’nosining kuchli ekanligi kuzatiladi. Qoraqalpoq tilida -zar o‘zlashgan qo‘shimchasi orqali biror narsaning o‘sadigan o‘rni bilan bog‘liq, uning ko‘pligi, mo‘lligi ma’nolaridagi gүlzar, lalazar, kөklemzar, paxtazar kabi otlar yasalgan 1 . Misol: Texnikalы ilim menen, topыldыq biz shөlistang‘a, Aylandыrdыq hasыl jerdi, paxtazarg‘a, gүlistang‘a (T.Seyitjanov); Jer astыnda bir shәhәr bar, gүllengen ishi lalazar (S.Nurыmbetov); Daryasы asao‘ tolqыnlы, jer өmir gүlzarы (T.Seyitjanov). Mazkur tilda -zar qo‘shimchasiga bildirilgan bunday munosabat unchalik to‘g‘ri emas, bizning nazarimizda. Chunki qoraqalpoq tilida ham -zar qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalarda mo‘llikni ifodalashdan ko‘ra o‘simlik o‘sib yotgan joy ma’nosining kuchli ekanligi kuzatiladi. Biroq ilmiy manbalarda bu haqida munosabat bildirilmaydi. Har ikki tilda -zor, -zar qo‘shimchalari “so‘z yasalish asosidan anglashilgan o‘simlik o‘sgan joy” ma’nosini ifodalashi ta’kidlanadi. Biroq qoraqalpoq tilida -zar qo‘shimchasi o‘simlik o‘sadigan joy ma’nosini ifodalashda barcha yasovchi asosga ham qo‘shilavermaydi. O‘zbek adabiy tilidagi to‘qayzor, qamishzor singari yasamalar o‘zlashgan -zar qo‘shimchasi bilan, qoraqalpoq adabiy tilidagi tog‘aylыq, qamыslыq kabi yasamalar esa o‘z qatlamga mansub -lыq qo‘shimchasi orqali hosil qilingan. Misol: Suzishni biladiganlari esa otlarining bo‘yniga yopishib, qamishzor qirg‘oqqa chiqay deganda balchiqqa botdi (P.Qodirov, Yulduzli tunlar); Jag‘asы qalың tog‘aylыq, qoynы tolы aq sazan, Bәhәrde shalqыp үstinen, Qumartыp өtken birg‘azan (T.Seyitjanov). 1 Ҳәзирги қарақалпақ әдебий тилиниң грамматикасы. – Нөкис: Билим, 1994. – Б. 31. 26 “Qaraqalpoq tiliniң tүsindirme sөzligi”da tog‘aylыq yasamasi “yovvoyi daraxtlarning qalin o‘sgan yeri, o‘rmonlik” ma’nosini ifodalashi qayd qilingan. Misol: …Batpaytug‘ыn tog‘aylыqtы esapqa almag‘anda qosыlip jatыrg‘an dalaңlыq (K.Mambetov). O‘zbek tilida -iston O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, guliston, qabriston singari yasamalarda xalq nomiga qo‘shilib, ular yashaydigan joyni, boshqa narsalar nomiga qo‘shilib, uning o‘rnini ko‘rsatadigan o‘rin-joy otlari yasovchi mahsulsiz qo‘shimcha hisoblanadi. Misol: Qarangiz; Hindiston, Sharqiy Turkiston, Tunis, Jazoyir, Mag‘ribiston, ya’ni Marokash..Misr ham Angliya qo‘liga kirib bitdi (Cho‘lpon, Kecha va kunduz); Qirg‘izistondan kelgan bir qirg‘iz mehmonga domla Saidiyni “kuyovim”, deb tanishtirgan (A.Qahhor, Sarob). Qoraqalpoq tilida ham -stan qo‘shimchasi millat nomiga, shuningdek, o‘simlik ma’nosidagi otlarga qo‘shilib, uning o‘rnini anglatuvchi Qaraqalpaqstan, Өzbekstan, Qazaqstan, gүlistan, shөlistan singari otlar yasaydi. Misol: Shөlistanlar kүn jarasыp, shөlistanlar gүlge miyras (S.Nurыmbetov); Aradan үsh kүn өtken soң anamnың qәbiri bir shetinen orыn alg‘an mazarstang‘a bardыq (B.Qalbaeva). Ikki tilda ham bu qo‘shimchalarning ma’no ifodalash vazifasi bir xil bo‘lib, hozirda ular mahsulsiz so‘z yasovchi qo‘shimchalarga aylangan. Ushbu qo‘shimchalar yordamida so‘z yasash uchun asos bo‘ladigan yangi so‘zlar yuzaga kelsa, bu qo‘shimchalar yana mahsulli so‘z yasovchi qo‘shimchaga aylanishi mumkin. Xona o‘zbek tiliga fors-tojik tilidan kirgan mustaqil so‘z hisoblanadi. U qo‘shimcha sifatida ham qo‘llanilib, biror narsa bilan bog‘liq o‘rin-joy ma’nosini ifodalovchi otlar yasaydi. O‘zbek tilida -xona qo‘shimchasi “so‘z yasalish asosidan anglashilgan ish - harakat bajariladigan bino” ma’nosini anglatuvchi affiksoid sifatida qo‘llaniladi. O‘zbek tilidagi pillaxona, bosmaxona, choyxona, to‘yxona, quyonxona singari yasamalar -xona affiksoidi yordamida yasalgan bo‘lib, dastlab bu affiksoid o‘zbek tiliga korxona, qiroatxona, kasalxona kabi tojikcha so‘zlar tarkibida kirib kelgan. Misol: Choyxonadagi kishilar meni giroy - giroy deyverib, dadamniyam o‘rgatib 27 qo‘yishgan (O‘.Hoshimov, Ikki eshik orasi); - Xo‘p, yigit o‘lmaylik, balo ko‘rmaylik, - deya ishshaygancha fotiha o‘qivordi-da, birdan o‘ng-u so‘liga qarab, xuddiki to‘yxona bakovulidek baqirib yubordi (Sh.Xolmirzaev, Bulut to‘sgan oy). Qoraqalpoq tilida -xana qo‘shimchasi yordamida o‘rin-joy nomini bildiruvchi otыnxana, g‘әllexana, sabanxana, jataqxana, keselxana, asxana singari yasamalar hosil qilingan. Misol: Shopanlardың ekeo‘i burыng‘ы sabanxananың esigine barg‘an o‘aqta ishten adamnың ыңыrsыo‘ы menen iyttiң ыrыldыsы esitildi (A.Bekimbetov). Bu qo‘shimcha qoraqalpoq tiliga ham mustaqil so‘z sifatida o‘zlashib, qo‘shimchalar sari yaqinlashuvi natijasida affiksoid maqomini olgan. Ushbu affiksoid qoraqalpoq tiliga fors-tojik tilidagi kәrxana, asxana, dәrixana, miymanxana, hәjetxana kabi so‘zlar bilan birga o‘zlashib, keyingi vaqtlarda -xana qo‘shimchasi orqali baspaxana, elshixana, qabыllao‘xana, chayxana, toyxana, ao‘ыrыo‘xana, qazanxana, malxana, jataqxana kabi bir qator yasamalar hosil qilingan. Misol: Bizler keldik, toyxanag‘a, Jarma berdi qonaqlarg‘a, Mың bir nәlet Qulmanbayg‘a, Teң kөrmegen hәmmelerdi (Berdaq); Malxananы tazalayman, otыng‘a da baraman, digirman da tartaman, qullasы usы үydiң otы menen kirip kүli menen shыg‘aman (J.Aymurzaev); Әdette bul jerlerge kelgen adamdы jataqxana aldыndag‘ы kishkene basqыshta iyinlerin qыsыp, bүrisip, әpsherleri qashqan bireo‘ler kүtip alatug‘ыn edi (Ө.Xojaniyazov, Aydana). Qoraqalpoq tilida -xana qo‘shimchasi bilan hosil qilingan yasamalar unchalik ko‘p emas edi. Ammo tilning o‘z ichki ehtiyoji tufayli, shuningdek, o‘zbek tilining bevosita ta’siri natijasida keyingi vaqtlarda bu qo‘shimcha yordamida yangi yasamalarning yuzaga kelayotganligi uning yana mahsulli so‘z yasovchi qo‘shimchaga aylanayotganligidan darak beradi. Har ikki tilda -xona, -xana affiksoidlarining ma’no anglatish vazifasi bir xil bo‘lsa-da, ularning tillararo imkoniyati biroz farq qiladi. O‘zbek tilidagi qiroatxona, issiqxona kabi ayrim yasamalar qoraqalpoq tilida hosil qilinmagan. Misol: Yaqinginada yuz va sochlarini silab esgan shabada hozir susayib, havo hammomning issiqxonasidagiday dim bo‘lib qoldi (H.Nazir, So‘nmas chaqmoqlar). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling