Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • kash
kor qo‘shimchasiga xos vazifani bajarib, yasamalar paxtakesh, pillekesh, salыkesh 
kabi hosil qilinadi. Bu yasamalarda “kasb-hunar egasi bo‘lgan aniq shaxs” ma’nosi 
ifodalangan bo‘lib, bunday yasamalar o‘zbek tilida paxtakor, pillakor, sholikor 
singari qo‘llaniladi. Misol: Mug‘allim sөzin basladы, Pillekesh Tursыn tuo‘ralы 
(T.Seytjanov); Tustovuqlar ko‘pincha saharlab sholikor yerlarga uchib tushadi 
(M.Qoriev, Oydin kechalar). 
O‘zbek tilida -kor qo‘shimchasining so‘z yasash imkoniyati nisbatan ko‘proq. 
Qoraqalpoq tilida esa -ker qo‘shimchasi bilan dastlab talapker, xыzmetker, xatker 
kabi yasamalar hosil qilingan. Keyinchalik bu qo‘shimchaning so‘z yasash 
imkoniyati biroz kengaygan.  
O‘zbek tiliga - kash qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib,
mehnatkash, suratkash, aravakash kabi “kasb-hunar egasi bo‘lgan shaxs” otlari 
hosil qilgan. Misol: Hisobdan o‘tib, endi zalga qarab yurgan ham edikki, naq 
peshonamizda suratkashlarning chirog‘i ikki marta yarq etdi (M.M.Do‘st, 
Lolazor); - Tayyor oshni tashlab ketib, yo‘lda ochliqdan qiynalishimni o‘zim ham 
tushunib turibman, usta, - dedi Otabek va, biroq tuyakashlar bilan Andijonda bu 
kunga uchrashish uchun va’dalashgan edim…(A.Qodiriy, O‘tgan kunlar). 
Shuni qayd qilmoq kerakki, shaxsning xarakter-xususiyatini ifodalovchi 
hayolkash, pastkash, dilkash singari sifat turkumiga mansub yasamalar ham 
mazkur qo‘shimcha yordamida hosil qilingan bo‘lib, bu xildagi yasamalar ot kabi 
qo‘llansa-da, sifatga xos xususiyatga ega bo‘lib, matnda aniqlovchi bo‘lib keladi. 
Misol: Odam ko‘p bo‘lganidan suhbat umumiy mavzuga ko‘chmagan, har kim o‘z 
atrofidagi odamlar bilan dilkashlik qilar edi (Oybek, Navoiy). 

Қыдырбаев А. Ҳәзирги қарақалпақ тилиндеги атлық сөзлер. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1961. – Б. 53; 
Ҳәзирги қарақалпақ тили. Морфология. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1981. – Б. 62. 
2
Ҳәзирги қарақалпақ әдебий тилиниң грамматикасы. – Нөкис: Билим, 1994. – Б. 30. 


13 
Qoraqalpoq tilida -kesh qo‘shimchasi orqali yasalgan arbakesh, hәzilkesh, 
salыkesh, nasыbaykesh, qәlemkesh kabi yasamalar “ma’lum bir kasb bilan 
mashg‘ul shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Misol: Arbakesh bar kүshi menen atlardы 
urыp - urыp jiberdi (Ә.Paxratdinov).
Bu qo‘shimcha qoraqalpoq tiliga fors-tojik tilidan miynetkesh, japakesh, 
hәzilkesh, jәnjelkesh, arbakesh kabi bir qator so‘zlar bilan birga kirib kelgan. 
Misol: Altaqtag‘a janbaslag‘an arbakesh, Artta otыrg‘an adamg‘a sөz salmas 
hesh (I.YUsupov); Shыn hәzilkesh boldы өzi, Sәdde - sәdde palday sөzi 
(Ә.SHamuratov). 
Keyinchalik bu qo‘shimcha qoraqalpoq tilida so‘z yasash uchun xizmat qilib, 
paxtakesh, salыkesh, pillekesh, nasыbaykesh singari yasamalarning yuzaga 
kelishida faol qo‘llanilgan, so‘z yasovchi qo‘shimchalar qatoridan o‘rin olgan. 
Misol: Siz burыn tәo‘irleo‘ paxtakesh sыyaqlы ediңiz (Ө.Xojaniyazov, Aydana). 
Ta’kidlash kerakki, qoraqalpoq tilida hәzilkesh tipidagi yasamalarni “kasb-kor 
bilan shug‘ullanuvchi shaxs” ma’nosini ifodalovchi tip qatorida baholanishi 
unchalik ma’qul emas. Shu nuqtai nazardan, bunday yasamalar kishining tabiati 
bilan bog‘liq ma’noni ifodalashini e’tiborga olish kerak. Umuman, o‘zbek va 
qoraqalpoq tillarida - kash va - kesh qo‘shimchalari “so‘z yasalish asosidan 
anglashilgan narsani boshqaruvchi, yetishtiruvchi shaxs” ma’nolarini ifodalaydi.
O‘zbek tilida -bon qo‘shimchasi orqali hosil qilingan bog‘bon, darvozabon

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling