«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua


-Mavzu TURKIY TILLARNING UNDOSHLAR TIZIMI


Download 1.21 Mb.
bet52/109
Sana12.09.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1676246
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi

6-Mavzu TURKIY TILLARNING UNDOSHLAR TIZIMI
Turkiy tillarning undoshlari, ularning
xususiyatlarini eksperimental va tasviriy, shuningdek, qiyosiy metodlar asosida o‘rganish natijasida yirik tadqiqotlar yaratildi.
V.ABogoroditskiy, E.D. Polivanov, V.V. Reshetov, A.M. SHcherbak, A.Mahmudov, I.Batmanov kabi olimlarning ishlari bu sohada e’tiborlyadir.
Turkiy tillarning undosh tovushlari miqdorida katta farq ko‘zga tashlanmasa — da, sifat jihatdan jiddiy tafovutlar mavjud. Turkiy tillar fonetikasiga oid ishlarida undoshlar miqdori 20 — 30 ta orasida qayd etiladi. Undoshlarning har bir turkiy tilda o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishi bilan birga, o‘zaro o‘xshash, mushtarak jihatlari ham anchadir. Bu hodisalarni undoshlarning bobotil davridan hozirgi holatiga bo‘lgan taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish orqali ravshan kuzatish mumkin.
Bobotil davridagi konsonontlarning farqli belgilaridan biri shu ediki, unda ko‘pgina undoshlarning distributsiyasi cheklangan edi. Faqat k,q,p,t,s,ch undoshlari so‘zning istalgan pozitsiyasida qo‘llana olardi. Sonor tovushlar, shuningdek, g‘,z,g,d hech qachon so‘z boshida qo‘llanmagan. Turkiy tillarda bo‘lmagan undoshlar esa so‘z boshida ham, oxirida ham keladi. Bu xususiyat turkiy tillarning qadimgi davrida kuchli bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, turkiy tillar taraqqiyotida jarangli undoshlarning so‘z bopgada ishlatilishi juda kam uchraydi. Hozirgi turkiy tillarda fonetik o‘zgarishlar tufayli undoshlar bilan boshqaruvchi so‘zlar paydo bo‘lgan. Undoshlar xususiyatiga ko‘ra turkiy tillarda ikkita guruh yaqqol ajralib turadi. 1-guruxga so‘z boshida jarangli undoshlar kelishiga yo‘l qo‘yuvchi tillar, ya’ni o‘g‘uz tillari kiradi. 2-guruhga qipchoq tillari kiradi, bularda ham undoshlarning jaranglashuvi uchraydi, ammo asosiy belgisi so‘z boshida jarangsiz undoshlarning kelishidir. B.A.Serebrennikov va N.Z. Gadjievalarning fikricha, turkiy tillar (bobotil davrida) so‘z boshida jaranglilashuv xodisa bo‘lmagan, chunki m,r,l,n sonorlari, shuningdek, z,g‘,d,j jaranglilari so‘z boshida kelmagan.
Aytish joizki, so‘z boshida jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi turkiy tillarning hammasida bir xil bo‘lmagan, ba’zilarida tor, boshqalarida keng tarqalgan. O‘g‘uz guruxiga kiruvchi turkman, turk, ozarbayjon tillarida boshqa turkiy tillardagi k,p,t kabi jarangsizlar o‘rnida g,b,m,d jarangli undoshlari keladi: kel—gel, ko‘r—go‘r, tog‘~ dag‘ kabi. So‘z boshida jarangsiz undoshlarning ko‘proq saqlanishi Sibirdagi turkiy tillarda va chuvash tiliga xos hodisadir.
Turkiy tillar konsonantlariga xos yana bir fonetik xususiyat so‘z o‘rtasidagi jarangsiz undoshlarning intervokal pozitsiyada jaranglashuvidir. Bu xususiyatiga ko‘ra ham turkiy tillarni ikki guruxga bo‘lish mumkin:
Birinchi guruxga kiruvchi xakas, tuva, qozoq, tatar tillarida bir bo‘g‘inln o‘zaklarga unli bilan boshlanuvchi affiks qo‘shilganda o‘zak oxiridagi jarangsiz undosh jaranglilashadi: at—adi (xakas), as-az’sh (osib-tuva), shk—shg‘ib (qozoq) kabi.
Ikkinchi gurux tillarda bir bo‘g‘inli o‘zaklarda har qanday holatda ham jarangsiz undosh saklanib qoladi. Faqat ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik ^o‘shimchalari qo‘shilganda jaranglilashuv sodir bo‘ladi, boshqa hollarda esa jarangsizligicha qoladi: ayas-ayig‘im (uyg‘ur), bilak-bilagi (o‘zbek), o‘ynotsi, ko‘nikib, sishloqi kabilarda o‘zgarishsiz qoladi.
Ba’zi jarangli undoshlar (b,d kabi)ning so‘z oxirida kelishi turkiy tillarda juda kam uchraydi, shuning uchun bu tillarga (masalan, o‘zbek, qozoq, uyg‘ur) boshqa tillardan (xususan, arab, fors-tojik) jarangli bilan tugagan so‘z o‘zlashtirilsa, ular aytilishida jarangsizlashadi. Masalan: javop, mektep, sharap kabi turkiy tillarning undoshlar tizimida uchraydigan yana bir hodisa undoshlar geminatsiyasidir. Undoshning miqdor jihatdan o‘zgarib, cho‘ziq tovushga o‘tishi, ikkilanishi geminatsiya hodisasi hisoblanadi. Qadimgi turkiy tilda undoshlarning intervokal pozitsiyada jaranglashuvi mavjudligini nazarda tutsak, bobotil davrida ham undoshlar geminatsiyasi bo‘lganligini isbotlash mumkin bo‘ladi. Bu hodisa ko‘pgina tillarda assimilyasiya natijasida sodir bo‘ladi: qumiq tilida: minni (mindi), ulanna (o‘g‘londa), qozoq tilida: atti (otni), soldattar (soldatlar) kabi. O‘zak tarkibida geminat (qo‘sh) tovushlarning uchrashi barcha turkiy tillarda bir xil emas. O‘g‘uz, qarluq, bulg‘or guruxidagi tillarda bunday undoshlar ko‘proq, ammo qipchoq va Sibir tillarida bu holat kamroq uchraydi yoki umuman uchramaydi. Masalan, taxxar (chuvash), tog‘uz (qozoq), togus (qirg‘iz), dog‘g‘uz (ozarbayjon), to‘tsqiz (o‘zbek).
Turkiy tillar fonetik jihatdan o‘zaro yaqin bo‘lsa ham, har bir gurux yoki muayyan bir turkiy til o‘ziga xos fonetik tarahqiyot jarayoniga ega. SHunga ko‘ra, bobotil davrida umumiy undoshlar bo‘lgani holda, keyinchalik ayrim —ayrim undosh tovushlar ba’zi tillarning o‘ziga xos tovushiga aylandi. Xususan, turkiy tillarda y,j,d,ch undoshlari farqli ravishda qo‘llanishi bilan alohida ajralib turadi.
Qorluq va o‘g‘uz tillarida so‘z bodgada keluvchi y undoshi o‘rnida Sibir va qipchoq tillarida j,d,ch tovushlari ishlatiladi.
Qorluq, qipchoq, Sibir tillarida so‘z boshida keladigan k,t tovushlari vazifasini o‘g‘uz tillarida g,d undoshlari bajaradi.
SHuningdek, turkiy tillarda sh-s, s~x, y-i mosligi ham mavjud.
Turkiy tillar konsonantlarining mosligi masalasida yana bir muxim hodisa rotatsizm va lambdaizm sanaladi. YO tovushining r ga mosligi rotatsizm, sh undoshining l tovushiga mosligi lambdaizm deyiladi. Bu hodisalarni chuvash tili bilan boshqa turkiy tillarni solishtirganda yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan: yuz—sar, ez—ip, qozon— xuran, ko‘z—ler, eshit—ilt, etmish—sshpshel kabi.
Turk tilida 25 undosh bo‘lib, ayrim shevalarida ng,h,1$,g‘,d,j tovushlari qo‘llanmaydi, g‘ va l undoshlarining qattiq va yumshoq variantlari farqlayaadi. Boshqird tilida x,n,v,g‘,z,ch tovushlari boshqa turkiy tillarnikidan far1u\i talaffuz qilinadi. Xususan, z va s undoshlari tishlar orasida va labning tishga zich tegishi tufayli portlab chiqadi. Turk tilidagi ch boshqirdchada s (ci>s), c esa h (s>h)AHp.
Turkman tilidagi 23 undoshdan ng,h,s,z tovushlari o‘ziga xoslikka ega. Bu tilda q,g‘ tovushlari uchrasa —da, alifbosida k,d tarzida ko‘rsatilgan.
Arabcha so‘zlardagi f>p undoshiga o‘tadi:
zafar>zapar, afandi>ependi kabi.
Turkiy tillardagi undoshlar mosligi masalasini qiyosiy metodda o‘rganish undosh tovushlar taraqqiyotidagi o‘zgarishlarni to‘laroq ochib berishga xizmat qiladi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling