Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Download 389.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi (1)
Qiyosiy-leksika ning o‘rganilishi qardosh tillarni qiyosiy o‘rganish ma’lum
tilga oid bilimlarni yanada chuqurlashtirishga, tillararo mushtarak hamda o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga, mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etishga yordam beradi. Shuningdek, ilmiy-qiyosiy grammatikaning yaratilishiga zamin, yaratadi. Hanuzgacha turkiy tillar leksikasiga xos so‘zlarni tematik guruhlarga ajratilib qiyosiy landa o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar unchalik ko‘p emas. Shunga qaramasdan, turkiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganish bo‘yicha N.Ismoilov va boshqalarning “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot” nomli asari mavjud ekanligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishda turkiy tillarda uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi, mevali daraxt nomlari, poliz ekinlari nomlari ningo‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman tilidagi ifodalanishi qiyosiy planda tadqiq etilgan. Masalan, uy-ro‘zg‘or buyumlari: a)oshxonaga oid uy-ro‘zg‘or buyumlari; 1. O‘choq- uch tomoni yopiq, ichiga o‘t yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan maxsuz qurilma. Qadimiy so‘z bo‘lib, turkiy tillarning yozma manbalarida otčuq, očuq, očaq (DTS) ochaq (MK) ochaq (Attuhfa), ojak, yrak, oshak tarzida ifoda . Ba’zi tarxiy lug‘atlarda o‘choq ma’nosi iodalovchi sachoq so‘zi qo‘llangan. Qiyoslangan turkiy tillarda quydagi shakllarda ifodalangan. O‘choq (o‘zb), ochaq (uyg‘), o‘shaq (qoz), ochak (qirg‘iz), oshak (qq.) ojak (turkm). O‘choq so‘zi kuzatilgan tillarda ko‘chma ma’nolarda ya’ni biror narsa paydo bo‘lgan, amalga oshadigan tarqaladigan joy, manba markaz ma’nosida, (bilim o‘chog‘i o‘zbekchada), qoraqalpoq tilida oila, turkman tilida avlod ma’nolarida qo‘llangan. O‘choq so‘zining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud. Download 389.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling