Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Download 42.61 Kb.
bet18/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Ta’Hm maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) - ta’Iimning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya.
Ta’lim mazmuni - davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitida muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuti) - ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
Ta’limni boshqarish - ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
Ta’Iimning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan o‘quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo‘yicha olib boriladigan ta’lim jarayoni.
Ta’lim tizimi - davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Ta’lim shakli - ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o'zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlik.
Tiflopedagogika - (yunoncha typhlos - ko‘r) - ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalami o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya) ning muhim sohasi.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beravchi sinov vositasi.
Topshiriq - o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniIadigan usul.
Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
To‘garak - o‘quvchilaming qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida sinfdan yoki maktabdan tashqari sharoitda uyushtiriluvchi qo‘shimcha ta’lim shakli.
Taktika - bosh maqsad yo‘lida xususiy, oraliq masaialami hal qilishga yo‘naltirilgan harakatlami tashkil qilish usuli. Pirovardida strategik maqsadlarga ko‘proq samara bilan erishishni ta’minlash uchun sharoitning o‘zgarishlarini mos ravishda hisobga olish.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling