Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori


Download 42.61 Kb.
bet15/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori - oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti - ta’limning bakalavriat muayyan yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo‘- yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan me’yoriy hujjat
Pedagogika (yunoncha “paidagogike” boiib, “paidagogos” - bola, yetaklayman) - ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan.
Pedagogika taribti - ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari - shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlami berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogic jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.
Pedagogik mahorat - bo‘lajak o‘qituvchilaming kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” - misol, namuna) - pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolami hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko‘rsatmalar to'plami; ta’limning kontseptual modeli.
Pedagogik talab - turli xatti-harakatlami bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.
Pedagogik texnologiya - ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagog kadrlar tarkibi - o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklaming rahbarlaridan iborat mutaxassislar.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling