Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari


Download 42.61 Kb.
bet11/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari - o‘quv materiali mohiyatini ozg‘aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi shakllarda) yoritishda qo‘llaniluvchi usullar.
Mafkura (arabcha “mafkura” - naqtayi nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlaming rivojini ta’minlovchi, ulaming maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin
tutuvchi g'oyalar tizimi.
Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlarimuayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ulami axloq me’~ yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” - ma’nolar majmui) - mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o'tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasawur. Tushuncha va g‘oyalar majmui.
Ma’rifat - shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda jtimoiy munosabatlami tartibga soluvchi huquqiy me’yorlami singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtiri sh, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlami o‘rganish, ulami targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Ma’ruza - yirik hajmdagi о‘quv materialini og‘zaki bayon qilish shakli.
Menejment - mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o‘tkazish asosida ulaming faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari.
Metod - yunoncha tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li” kabi ma’noiami anglatadi.
Metodika (fan sifatida) - xususiy fanlami o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling