Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Download 42.61 Kb.
bet19/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Tafakkur operatsiyalari - qiyoslash, tahlil, sintez, abstraktlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtirish, tasniflash, tizimlash.
Ta’lim dasturi - о‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlaming zaruriy va yetarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro‘yxati.
Ta’limning jamoa usuli (jamoa ta’limi) - o‘quvehilaming bir-birini o‘qitish shakli. Har bir o‘quvchiga yangi dars mavzusi bo‘yicha bir varaqdan kam bo'lmagan hajmdagi ilmiy matn yoki maqolani qayta so‘zlab berish va hamma savollarga javob bera olish darajasida o‘rganish topshiriladi. Har bir o‘quvchi navbatmanavbat bir necha o‘quvchi bilan bittadan abzatsni, misolni, savolni o‘zaro muhokama qilib, o‘zlashtiradi. So‘ngra kichik guruh yoki butun sinf oldida so‘zlab beradilar va o‘qituvchining savollariga javob qaytaradilar, yozma bayon qilishlari ham mumkin. Bu usulni qo‘Hash jarayonida yakka va guruhli ta’lim shakllari ham amalga oshiriladi.
Ta’lim metodi - o‘qituvchining crquvchilar bilan muntazam qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini ivojlantirish, bilim va ko'nikmalami egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli.
Ta’lim sifatini nazorat qilish - o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqhgini tekshirish.
Texnolog - biror texnologiya mutaxassisi.
Texnologiya - biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llanadigan yo‘llar, usullar majmuasi.
Trener - ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo‘yicha trening mashg‘ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis.
Trening - ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo‘yicha trenerlar tomonidan (rahbarligida) o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar.
Tushuncha - narsa va hodisalar, ulaming xossalari, ular orasidagi munosabatlami aks ettiruvchi fikrlar.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling