Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Download 42.61 Kb.
bet20/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Umumiy pedagogika - maktab yoshidagi bolalami tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
Umumiy o‘rta ta’lim - o‘quvchilaming fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlami, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlami, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish
bosqichi.
Universitet - kadrlar tayyorlash va bilimlaming keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Uslub - biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish uchun qo‘llash lozim bo‘lgan usullar majmuasi.
Usul - biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga shirish tartibi.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlaming muayyan shakli, ko‘rinishi.
Fuqaro - fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxs.
Fuqarolik - huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlami bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasi - fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ulami xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Faollik - biror maqsad yo‘lida aqliy, jismoniy va boshqa harakatlami tez va unumli amalga oshirishga intilish.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo Igan jamiyat a’zosi.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling