Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Download 42.61 Kb.
bet16/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Pedagogik mahorat - ta’lim-tarbiya jarayoniga. ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlami samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkur.
Pedagogik talab - turli harakatlami bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Rag‘batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo£llab-quwatlash usuli.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) - muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan, ma’lum o‘quvchilar guruhi.
Surdopedagogika (yunoncha “surdus” - kar) - eshitish qobiliyati buzilgan bolalami o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o'rganuvchi fan; korrektsion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil - (yunoncha “principium”) - biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi) lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltiri!gan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” - yo‘l) - tarbiya maqsadiga rishish yo‘li; tarbiyalanuvchilaming ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling