Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Download 42.61 Kb.
bet13/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Modullashtirish - pedagogik texnologiya materiallarini modullarga ajratish jarayoni.
Monitoring - korxona, tashkilot, muassasa holatini har tomonlama baholash va uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida maxsus tashkil qilingan tizimli kuzatuv. Me’yoriy hujjatlar, yuqori tashkilotlaming buyruq va qarorlari ijrosi o‘z muddatida hamda qanday sifat va darajada amalga oshirilayotganligini kuzatuv tizimi.
Та 'lim-tarbiya sohasida monitoring о‘quv jarayoni va uni boshqarishning uzluksiz kuzatuvini olib borish.
Metodik - metodikaga tegishli qat’iy ketma-ketlikka, tizimga, ilgaridan o‘matilgan reja, tizimga aniq, rioya qilish.
Metodist - biror o‘quv fanini o‘qitish yoki tarbiyaviy ishlar metodikasi sohasidagi mutaxassis.
Metodologik - metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish.
Metodologiya - bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot. Biror fanda qo‘llanadigan metodlar majmuasi.
Motiv - odamni o‘qishga yoki biror harakatlami bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi.
Nazorat (ta’lim jarayonida) - ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Nafosat didi - shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, obyektiv nafosat o'lchovi.
Nafosat madaniyati - go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go‘zalliklami asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi.
Nafosat ongi - go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat his-tuyg‘usi, nafosat didi kabi tushunchalaming ongda aks etishi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya- lotincha “estezio” go‘zallikni his qilaman) - o‘quvchilami voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ulaming badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogic jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Oila - kishilaming nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling