Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Litsey (kollejda) ma’ruza


Download 42.61 Kb.
bet10/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Litsey (kollejda) ma’ruza - o‘quv materialini o‘quvchilaming idrok etish faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda davomli og‘zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan materialning sxematik modelini tuzish (asosiy fikmi tezis yoki loyiha ko‘rinishida yozib olish) va boshqalar.
Loyihalashtirisb (rejalashtirish) - o‘quvchilaming o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
Logopediya (yunoncha “logos” - so‘z, nazariya, ta’limot, “paideia” - tarbiyalash) - nutqiy nuqsonlami o‘rganish, ular kelib chiqishining oldini olish va ulami qisman yoki to‘liq tuzatish masalalarini o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya) ning muhim sohasi.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
Madaniyat (“cultura” so‘zidan olingan bo4 lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlaming faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ulaming ijtimoiy ehtiyojiarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) - ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta’lim - bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi ; hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalami tarbiyalash, ulami intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Maktabdan tashqari ta’lim - madaniy-estetik, ihniy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlaming ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ulaming bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim bosqichi.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling