Tutdoshlar oilasi haqida ma’lumot Sistematikaning maqsadi va vazifasi
Tut bargining xoʻjalikda ahamiyati juda muhimdir
Download 176.5 Kb.
|
Tutdoshlar oliasi
Tut bargining xoʻjalikda ahamiyati juda muhimdir. Tut bargida ipak qurtining yashashi va rivojlanishi uchun eng zarur boʻlgan qand, oqsil, yogʻ moddalari, suv, fermentlar hamda har xil vitaminlar mavjud.
Tutning mevasi juda shirin va servitamin, yerli xalqlar uni koʻp isteʼmol qiladi. Ayniqsa, Balxitut va Shotut kabilarning mevasi juda lazzatli va shifobaxsh hisoblanadi. Bu tutning yangi yigʻilgan mevasidan sunʼiy asal-shinni tayyorlanib, quruq mevasini maydalab non hamiriga aralashtiriladi.Tut urugʻidan koʻchat yetishtiriladi. Tut daraxtining tanasi koʻpchilik daraxtiga nisbatan mustahkam va chidamli, pardozlaganda juda chiroyli. Shuning uchun undan duradgorchilikda keng foydalanadi, har xil cholgʻu asboblari, mebellar va bochkalar yasaladi. Tut yogʻochidan (bir necha yillar davomida suvga tashlab qoʻyib) shamshod deb ataladigan juda chidamli taroqlar tayyorlanadi. Tut poʻstlogʻidan esa boshlangʻich material sifatida foydalaniladi. Tut novdalaridan savat, zambil va yengil stullar toʻqish mumkin. Tarixiy adabiyotlarda tut daraxtlarining ildiz poʻsti talqon qilib yoki qaynatib ichilganda gijja haydash va qisman qand kasalligini davolash mumkinligi bayon etilgan. Nihoyat, tut koʻchati boshqa daraxtlarga aralashtirib ekilaganda garmsel va sovuq shamollarning taʼsiri kamayadi. Bunday tutlarning bargidan qurtga kam beriladi, ulardan koʻchatzorga ekiladigan urugʻ tayyorlanadi. Tut daraxtining organlariga ildiz, tana, shox-shabbalar, novda, kurtak, barg, gul, meva va urugʻ kiradi. Tut daraxti organlarining tashqi (morfologik) va ichki (anatomik) tuzilishini oʻrganmay turib, nihol va koʻchatlarni parvarish qilish ulardan moʻl barg hosili yetishtirish mumkin emas. Tut daraxti organlarining tuzilishi uning bajaradigan vazifalariga bevosita bogʻliq. Bir organning oʻzgarishi ikkinchisiga taʼsir etadi, bu esa nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir.Ch.Darvin, I.V.Michurin va boshqa olimlarning amaliy tajribalari asosida u yoki bu oʻsimlik navining organlari koʻpchilik tashqi belgilari hamda ichki tuzilishi jihatdan (yaʼni fiziologik oʻzgarishlar) ularning sifati va hosildorligiga bevosita aloqador ekanligi aniqlandi. 1940-yil mashhur botanik olim N.P.Krenke tomonidan ishlab chiqilgan oʻsimliklarning davriy qarishi va yosharish nazariyasi koʻpchilik mevali, jumladan tut daraxtlariga taalluqli boʻlib, unda tut organlarining tashqi belgilarining yosh jihatidan oʻzgarishi bargining oziq sifatiga taʼsir etishini isbotlab berdi. Tut daraxti organlarining ichki va tashqi tuzilish belgilarining oʻzgarishi, uning yoshi bilan bir qatorda qoʻllanadigan agrotexnik parvarish darajasi va bargidan foydalanish usullariga ham toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir. Tut daraxti organlarining tashqi (morfologik) jihatdan tuzilishi uning tur va navlarini maʼlum bir sistemaga solib oʻrganishda katta ahamiyatga egadir. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling