Tutdoshlar oilasi haqida ma’lumot Sistematikaning maqsadi va vazifasi


Tut daraxti ildiz sistemasining tuzilishi


Download 176.5 Kb.
bet5/10
Sana22.02.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1222697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tutdoshlar oliasi

Tut daraxti ildiz sistemasining tuzilishi. Ildiz oʻsimlik
hayotida katta ahamiyatga ega boʻlib, u daraxtning butun yer ustki qismlarini mahkam tutib turadi. Uning asosiy vazifalaridan biri tuproqdagi suvni va unda erigan mineral moddalar hamda karbonat angidridni (SO2) birgalikda shimib, oʻsimlikka oʻtkazadi, oʻsimlik ehtiyojiga kerak boʻlgan oziq moddalarni oʻz toʻqimalarida toʻplaydi, tuproq muhitiga qand, kislota, fosfor hamda kaliyning mineral birikmalarini va boshqalarni tayyorlab beradi, xlorofillning hosil boʻlishida qatnashadi, tuproqdagi xlorofilsiz tuban oʻsimliklar - bakteriya va zamburugʻlar bilan bevosita aloqador boʻladi, tuproqda roʻy beradigan murakkab bioximik birikmalarning (amidlar, aminokislotalar, oqsillar, lipoidlar, nukleoproteidlar) sintezida ishtirok etadi. Bundan tashqari tuproq va qumlarni erroziyadan saqlaydi, sizot suvlari sathining pasayishiga taʼsir etadi va nihoyat daraxt qarib, chirigandan keyin tuproqni organik moddalar bilan boyitadi. Ildiz tuproqdagi mineral moddalardan organik moddalar hosil boʻlishida qatnashib, oʻsimlikning aktiv organi hisoblanadi.
Tut ildizlari bosh (oʻq), yon, qoʻshimcha (adventiv), patak ildizlardan iborat boʻlib, ularning hammasi birgalikda ildiz sistemasi deb ataladi. Bosh ildiz tana bilan ildiz boʻgʻzi orqali birlashadi.
Tut ildizlari hosil boʻlishi jihatidan murtak va qoʻshimcha ildizga boʻlinadi. Tut urugʻidan koʻpaytirilganda paydo boʻlgan dastlabki ildiz murtak ildiz deyiladi, soʻngra murtak tirsagi (gipokotil) choʻziladi va undan ikkita urugʻbarg yer betiga chiqadi. Tutning tanasi nam tuproq bilan koʻmilganda yoki uni qalamcha va parxish yuli bilan yoxud ildizning oʻzi oʻstirilganda, tana, novda yoki eski ildizdan yangi ildizlar paydo boʻladi. Bunday ildizlarga qoʻshimcha ildizlar deyiladi.
Murtak yoki qoʻshimcha ildizlardan birinchi tartib yon ildizlar, birinchi tartib yon ildizlardan ikkinchi tartib yon ildizlar, ulardan uchinchi tartib yon ildizlar oʻsib chiqadi va hokazo.
Urugʻdan oʻsib yetilgan bir yillik niholchalar koʻchatzorga va tutzorlarga koʻchirib oʻtqazilganda bosh ildizlari qirqiladi. Bosh ildizning qirqilishi yon ildizlarning rivojlanishiga va koʻplab patak ildizlarning hosil boʻlishiga sababchidir.
Katta daraxtlarning ildizlari oʻsish sharoitiga qarab juda baquvvat boʻlib, u shox - shabba doirasidan 3-3,5-marta uzoqroqqa taraladi. Tut ildizi shox-shabbalariga nisbatan ancha koʻp va tez shoxlaydi. Kuzda, tut yer ustki qismining oʻsishi ildiziga nisbatan oldin toʻxtaydi, yaʼni xazonrezgidan soʻng ham ildizning oʻsishi kech kuzgacha davom etadi. Koʻklamda esa avval ildiz oʻsa boshlaydi.
Tut ildizining taraqqiyoti, tashqi va ichki tuzilishi, uning bajaradigan vazifasi bilan bevosita bogʻliqdir. Tut ildizlari asosiy, oʻrtacha va oʻsuvchi ildizlarga boʻlinadi. Asosiy va oʻrtacha ildizlar qatoriga bosh hamda uchinchi va toʻrtinchi tartibgacha boʻlgan yon ildizlar kiradi. Ular yon - atrofga taralib, tuproqning ancha chuqur qatlamlariga borib yetadi. Bular oʻsimlik ildiz tarkibining asosini tashkil etib, uzunligi 30 sm dan bir necha m gacha va yugʻonligi bir necha sm gacha boʻladi. Bosh va yon ildizlarga oʻsuvchi va patak ildizlar joylashib, ular nisbatan ingichka kuchli shoxlab, juda mayda va ingichka ildizchalar hosil qiladi.
Oʻsuvchi ildizlar oʻzining tuzilishi va bajaradigan vazifasi
jihatidan: a) soʻruvchi yoki aktiv; b) oʻsuvchi yoki oʻq; v) oralik (boshqa turga oʻtuvchi); g) oʻtkazuvchi ildizchalarga boʻlinadi.
Soʻruvchi yoki aktiv ildizlar oʻsimlik tez oʻsayotgan paytlarda ildiz sistemasining eng koʻp (90% gacha) qismini tashkil etadi.
Oʻsuvchi ildizlarning uchi gilof bilan qoplangan boʻladi, u ildiz uchini oʻsish vaqtida mexanik shikastlanishdan saqlaydi. Gʻilofdan biroz yuqorida ildizning oʻsish konusi undan soʻng mayda tukchalar bilan qoplangan soʻrish qismi boʻladi. Bu tukchalar epidermis toʻqimasi (poʻsti)ning bir hujayrali oʻsimtasidir. Uning sirtida yelimga oʻxshash shilimshiq modda boʻladi. Bu modda orqali tukchalar tuproq uvoqlari bilan yaxshi jipslashib, undagi eritmalarni soʻradi. Tukchalar 10-15 kun davomida yashab, soʻngra quriydi. Yosh ildiz oʻsgan sari uning soʻruvchi qismi doimo soʻrilib, oʻz oʻrnini oʻzgartirib turadi. Ular yosh oʻsuvchi ildizning qismida yangidan hosil boʻladilar. Shu yoʻsinda ildizning oʻsish konusi tuproqda har tomonga soʻriladi va oʻsimlik oʻsishi davrida hali isteʼmol qilinmagan yerdagi suv va eritmalar bilan muayʼyan taʼminlab turadi. Tut ildiz tukchasining uzunligi 100-150 va yoʻgʻonligi 8-13 mikron atrofida, 1mm oʻsuvchi ildiz sathida tukchalar miqdori 410- 515 dona boʻladi.
Tutning ildizi tukchalaridan tashqari mikoriza (poʻstloq hujayrasi ichidagi zamburugʻ iplari) vositasi yordamida ham oziqlanadi. Mikoriza soʻruvchi ildizlarda namligi yetarli, serchirindi tuproqda uchrab, oʻsimlikdagi karbon suvlar bilan oziqlanadi, oʻzi esa organik moddalarni minerallashiga yordam beradi.
Soʻrish qismidagi ildizning ichki tuzilishi birlamchi toʻqimalardan iborat. Ildizning bu qismida keng halqa shaklida poʻstloq va oʻrta qismida markaziy silindr joylashgan boʻladi.
Poʻstloqning ustki qismini bir qator hujayralardan tuzilgan epidermis (poʻst) qoplab turadi. Poʻstloqning baʼzi hujayralari choʻzilib, ildiz tukchalarini tashkil etadi. Poʻstloq tagida bir necha qator hujayralardan tuzilgan ekzoderma joylashadi. Ekzoderma hujayralari tez kunda poʻkaklashadi va poʻstloq bilan ildiz tukchalarining tushib ketishiga sabab boʻladi. Shundan soʻng ekzoderma ildizning ustini qoplab turish xizmatini oʻtaydi. Shu sababdan ildizning usti sargʻish qoʻngʻir tusga kiradi va soʻrish xususiyatini yoʻqotadi.
Tut daraxti ildizlarining tirik parenximali toʻqimalarida kraxmal donachalari, moy tomchilari va shakar toʻplanadi. Bu jamgʻarilgan oziq moddalari kelgusi koʻklamda yangi ildiz, novda, barg va gul organlarini hosil qilishda sarflanadi.
Tut ildizlari juda harakatchan boʻladi, yaʼni oʻziga eng muvofiq boʻlgan tuproq sharoitlari tomoniga qarab oʻsadi. Shu sababli ildizning shakllanishi va yerda joylanishi tuproq xususiyatiga, sizot suvlarining chuqurligiga, agrotexnikaga va tutning naviga bogʻliq boʻladi.
Qalin qavatli boʻz va sizot suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda tut ildizlari chuqur qatlamlarigacha yetib, aylana atrofiga taralib oʻsadi.
Shagʻal qatlami yoki yer osti suvlari yaqin boʻlsa, ildizlar pastga ketmay (shagʻal yoki suv sathiga yetgach) yon tomonga qarab oʻsadi. Qatlami zich, uzoq vaqt koʻlmak suv toʻplanib qolgan yoki oz miqdorda va tez-tez sugʻorib turiladigan tuproqning pastki qismida ildizlarning nafas olishi qiyinlashadi, natijada ular yerning yuza qismiga koʻtariladi. Bunday sharoitda oʻsgan tutlarning qator oralari ishlanganda koʻplab mayda ildizlar kesiladi. Tut daraxtining ildizi kesilganda qaytadan yoʻqotgan qismini tiklash (yangidan oʻsish) xususiyatiga egadir. Tuproq qanchalik unumdor, gʻovak va namlik darajasi yetarli boʻlsa kesilgan ildizlar shunchalik tez va yaxshi tiklanadi.
Tutzorlarni qalin qavatli, yumshoq, donador, sizot suvlari chuqur joylashgan, oʻzidan issiqlik va namlikni yaxshi oʻtkazadigan tuproqlarda barpo qilish maqsadga muvofikdir. Ekin orasini oʻz vaqtida ishlash, oʻgʻitlash va sugʻorib turish kerak. Shundagina tutning oʻsuvchi va soʻruvchi ildizlari yaxshi rivojlanadi va ularning umumiy mikdori koʻpayadi. Bunday ildizlar tuproqdagi oziq moddalarni yaxshi soʻrib, ularni ildizlar tuproqdagi oziq moddalarni yaxshi soʻrib, ularni tutning yer ustki qismlariga yetkazadi, bu esa bargli novdalarning tez oʻsishi va moʻl hosil olishga imkon yaratadi

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling