Tutdoshlar oilasi haqida ma’lumot Sistematikaning maqsadi va vazifasi


Tut daraxti generativ organlarining tuzilishi


Download 176.5 Kb.
bet7/10
Sana22.02.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1222697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tutdoshlar oliasi

Tut daraxti generativ organlarining tuzilishi. Tut daraxtining jinsiy organlariga guli, mevasi va urugʻi kiradi. Gullash oʻsimlik hayotida eng muhim hodisalardan biri boʻlib, daraxtning vegetativ organlarida yetarli miqdorda oziq moddalar – uglevod, oqsil, yogʻ va boshqalar toʻplangandan keyin roʻy beradi. Oʻsimlik gullaguncha bir qancha rivojlanish bosqichlarini oʻtaydi.
Tut guli va toʻpgullari. Umuman gul qisqargan poyada turuvchi shoxlanmagan va oʻzgaruvchan novdadir. Novdaning barglari gulning ayrim qismlariga aylanib qolgan boʻlib, uning har qaysisi jinsiy jarayon uchun bevosita yoki bilvosita xizmat qiladi. Gul barcha gulli oʻsimliklarning jinsiy koʻpayish organi hisoblanib, meva va urugʻni hosil qiladi. Tut gullarining tevaragi yashil bargchalardan tuzilgan oddiy (bir qavatli) gul kosachasiga oʻxshaydi, unda gultoj boʻlmaydi.
Koʻpchilik normal oʻsgan tut daraxtlari ikki uyli bir jinslidir, yaʼni bir daraxtda faqat urgʻochi onalik gullari boʻlsa, ikkinchi daraxtda esa yolgʻiz otalik – erkak gullari boʻladi. Lekin ayrim tut daraxtlarida ham erkak, ham urgʻochi gullari uchratish mumkin. Bu xildagi tutlar bir uyli ikki jinsli hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda bitta toʻpgulda ham erkak, ham urgʻochi gullar boʻlishi mumkin. Bunday toʻpgullarning yuqoridagi tomonida koʻpincha erkak, ostki tomonida esa urgʻochi gullar joylashadi. Tut daraxtining bu xildagi jinsiy oʻzgaruvchanligini A.I.Federov tashqi muhitning taʼsiridan boʻlishi kerak, deb taxmin qiladi. M.I.Grebinskayaning (1981) maʼlumotiga qaraganda Oʻrta Osiyoda oʻsadigan mahalliy Xasak tutning 53% ini erkak gullari, 33% ini urgʻochi gullari va 14 % ini ikkala jinsli gullari boʻlgan daraxtlar tashkil etadi. Meva beradigan urugʻsiz urgʻochi Balxi tutda urgʻochi tup gullari bilan bir qatorda qisman erkak toʻpgullari ham uchraydi.
Tut daraxtining erkak toʻpgullari barg yozilishidan 8-10 kun oldin, urgʻochi toʻpgullari esa barg bilan bir vaqtda chiqadi.
Erkak gul – toʻrtta yashil bargchadan tuzilgan gultevaragidan, toʻrtta xonali sargʻish changdondan va ularni ushlab turadigan changdon ipidan iborat, 20 dan 40 tagacha alohida erkak gullari gulbandi yordamida sirgʻasimon (kuchala) toʻpgulga yigʻilgan. Har bir changdon ichida juda koʻp mayda och sariq rangli, toʻgarak yoki qisman qirrali changlar boʻladi. Changdon pishib yetilgandan keyin boʻyiga qarab yoriladi va ichidagi changlari shamol yoki hasharotlar yordamida toʻzib, urgʻochi gullarning tumshuqchasiga tushadi va uni changlantiradi.
Har bir gul changi 20 dan 38 millimikrongacha kattalikda boʻlib, ikki qavat (sirtqi va ichki) yupqa parda bilan oʻralgan. Sirtqi pardani ekzina deyiladi. U changdagi namlikni bugʻlanib ketishidan va changni shikastlanishdan saqlaydi. Ekzina poʻsti ustida bitta yoki bir nechta teshikcha boʻladi. Bulardan chang naychalari oʻsib chiqadi va natijada intina boʻrtmasini hosil qiladi. Ekzina qavati kutin moddasiga oʻxshash mahkam toʻqimadan tuzilgan boʻlib, suvni oʻziga yaxshi shimadi. Changning ichki pardasini intina (ichki pektin) deyiladi. Yetilgan chang donasining yadrosi ikkita hujayradan iborat. Bu ikkita hujayra sellyuloza poʻsti bilan ajratilgan boʻladi. Intina qavatining ichidagi bittasi (kattarogʻi) vegetativ va ikkinchisi (nisbatan maydaroq) erkak jinsiy – generativ hujayra deb ataladi. Jinsiy hujayra chang donasining chetrogʻida joylashadi va oʻz yadrosi hamda protoplazmasiga egadir. Vegetativ hujayrada yadro va hujayra plazmasi boʻlib, bu hujayraning asosiy vazifasi changda osqil, uglevod, yogʻ, pektin moddalari va xilma-xil fermentlar kabi zapasoziq moddalarni saqlashdir.
Changning oʻsishi uchun qulay sharoit (5-10 % li shakar eritmasi) tugʻilganda intina qavati naycha holida boʻrtadi. Vegetativ hujayra shu naychaning ichiga kirib oladi, generativ (jinsiy) hujayra esa naychaning oxiriga yoki oʻrtasiga borganda ikkita erkak hujayraga (erkak gametaga yoki spermaga) boʻlinadi. Vegetativ hujayraning yadrosi keyinchalik buziladi va u spermiyalarning urugʻlanishida ishtirok etadi. Chang naychalari xemotropizm hodisasiga, yaʼni ovqat moddalari mavjud tomonga qarab oʻsish xossasiga ega boʻladi.

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling