Tutdoshlar oilasi haqida ma’lumot Sistematikaning maqsadi va vazifasi
Download 176.5 Kb.
|
Tutdoshlar oliasi
Tut mevasi va urugʻi. Urugʻlanish tugallangandan keyin onalik gulining tumshuqchasi och qoʻngʻir tusga kiradi va asta-sekin qurib tushadi. Shundan keyin 2-3 hafta oʻtgach, toʻpgullar mevaga aylanadi. Toʻpgulning har bir gulidan alohida soxta meva (yongʻoqcha) rivojlanib, ularning yigʻindisi tutning soxta toʻpmevasini tashkil etadi. Bitta toʻpmeva 20 dan 100 tagacha alohida mevaning yigʻindisidan iboratdir. Tut toʻpmevasi sersuv va seret, nordon yoki shirin boʻlib, ayrim navlar (Balxitut, Marvarid tut va boshqalar) dan qand moddasi 15-30% ni tashkil etadi.
Tut daraxtining toʻpmevasi tutning turi yoki naviga qarab oq, pushti, binafsha, qizil va qoramtir tusli, shakli silindrsimon, tuxumsimon va dumaloq, uzunligi 7 mm dan 45 mm gacha, ogʻirligi 1 g dan 5 g gacha (sermevali Lixi-2 navida) boʻladi. Tut daraxtining koʻpchilik urgʻochi navlari toʻpmevasi serurugʻ (20 dan 100 tagacha) boʻladi. Baʼzi navlari (Balxi tut, Bedona tut, Marvarid tut, Xoʻroz tut, Tojikiston urugʻsiz tuti) ning mevasi esa puch urugʻli yoki urugʻsiz boʻladi. Buni partenokarpiya (yunoncha “partenos”- bokira, iffatli qiz va “karpos” meva) hodisasi deyilib, unda urugʻlanish jarayoni sodir boʻlmay, meva hosil boʻladi va bunday meva urugʻsiz yoki deyarli puch urugʻlidir. Maʼlumki, tutning koʻp xillari diploid (ikki ploid) li, yaʼni 28 ta xromosomaga ega. Bu har bir ploid 14 ta xromosomaga egaligini bildiradi. Bu xildagi tutlarda urugʻlanish jarayoni normal xolatda roʻy beradi, hosil boʻlgan meva toʻq urugʻlidir. Shu bilan birga xromosomalar toʻplami karrali oshgan - tri- tetra- penta va hokazo ploidli (xromosomalar toʻplami tegishlicha 42, 56, 70 ta va hatto 308 tagacha) boʻlib, ularni koʻp, yaʼni poliploidli tutlar deyiladi. Yuqorida qayd etilgan Balxi tut, Bedona tut, Marvarid tut, Xoʻroz tut va Tojikiston urugʻsiz tuti uch ploidli, yaʼni xromosomalar toʻplami 42 tadan iborat. Bunday tutlarning aksariyati urgʻochi gulli boʻlib, tabiiy sharoitda ularga tushgan diploid (28 ta xromosoma) li erkak tutning spermasi urgʻochi gul urugʻ murtagidagi tuxum hujayrani otalantirolmaydi. Chunki otalik gulidagi xromosomalari toʻplami (42 ta) oʻrtasida muvozanat boʻlmaydi. Shuni ham aytish kerakki, triploidli Balxi tut va Bedona tut (Xoʻroz) mevasi butunlay urugʻsiz. Tojikiston urugʻsiz tuti, Lixi- 2, Bedona tutlarining mevasi puch urugʻli boʻlishiga qaramay, ularda juda kam miqdorda boʻlsa ham toʻq urugʻlar uchrashi mumkin. Masalan, B.Usmonov 19631964-yillarda keyingi uchta triploidli navlardan sogʻlom urugʻlar olishga muvaffaq boʻlgan. Shu bilan bir qatorda diploidli tutlarni tetraploidli (56 ta xromosomali) tutlar bilan chatishtirish orqali triploidli tutlar olish mumkin. Diploidli tutlarning urugʻi yoki yangi oʻsayotgan kurtak bargga kimyoviy (kolxitsin) va fizikaviy (ionlashtirilgan radiatsiya va yuqori yoki past harakat) omillarini taʼsir kilish orqali ham triploidli tut xillarini hosil qilsa boʻladi. Umuman, diploidliga nisbatan poliploidli tutlarning toʻpguli, toʻpmevasi kattaroq, sersuv va sershira, urugʻi va bargi yirik, barg eti qalin, toʻq yashil tusli, ustki sirti gʻadir-budur toʻlqinsimon, barg osti toʻqliroq, tomirlari yoʻgʻonroq, barg qirrasining tishlari yirikroq, u ayniqsa yozda dagʻallashadi; novdaning oʻrta va pastki qismida yasmiqchalar yirikroq boʻlib, siyrak joylashadi. Triploid tutlar asosan vegetativ (qalamcha, payvandlash va parxish) usullar bilan koʻpaytiriladi. Tut urugʻi yongʻoqcha hisoblanib, mayda (2-3 mm) tuxumsimon va qisman qirrali. Urugʻning sirti malla jigar rang tusli qattiq qobiq bilan qoplangan boʻlib, u urugʻ ichidagi suvni bugʻlanib ketishdan saqlaydi. Urugʻ uzunasiga kesilganda unda taqasimon murtak va uni oʻrab turgan endosperm, yaʼni jamgʻarilgan oziq modda (yogʻ va oqsil) koʻrinadi. Murtak uch qismdan: dastlabki ildizcha, ikkita murtak bargchalardan va urugʻ osti tirsagidan iborat. Tutning navi va oʻsish sharoitiga qarab 1000 ta urugʻning (absolyut) ogʻirligi 1 g dan 2,5 g gacha; 1 g da 500 dan 1000 donagacha urugʻ boʻladi. Mevasi toʻla pishishdan birmuncha oldin undagi urugʻ biologik jihatdan yetilgan boʻlib, normal oʻsa oladi. Bu esa tut mevasidan erta urugʻ yigʻib, uni yozda 10-12 kun oldin ekish imkoniyatini beradi. Tut urugʻi issiqlikka chidamli boʻlib, +50 darajagacha oʻzining unish xususiyatini saqlaydi. Urugʻ 15 darajagacha boʻlgan sovuqqa ham chidamli, lekin sovuqlik harorati 5-6 darajadan osha boshlagan sari sekin-asta urugʻning koʻkaruvchanlik xususiyati kamaya boradi. R.Abdullayev (1975), Yu.Miralimov (1976) va boshqalarning tajribalaridan Oʻzbekiston sharoitida tut urugʻi kuzda sepilsa, ular qishdan bezarar chiqib, koʻklamda qiygʻos unib, yaxshi koʻkarishi maʼlum boʻldi. Tut urugʻi yozda +25 daraja, qishda esa +2 darajadan pastga tushmagan va nisbiy namligi 55% dan oshmagan xonalarga qoʻyilsa, ikki yilgacha koʻkaruvchanlik qobiliyatini saqlaydi. Bunda quruq urugʻ tarkibida 9-10% namlik boʻlishi kerak. Urugʻ ikki-uch sutka davomida ivitilib, 28-300 issiqlikda qoʻyilsa 4-5 kunda, 35-400 li issiqda esa 2 kun ichida unib chiqadi. Shunday qilib, tutning mevasi shifobaxsh darmondori hisoblanadi, uning urugʻi esa koʻplab koʻchat yetishtirishda asqotadi. Xulosa Tut ko'chatlarni chiqish miqdoriga uning qalamchalarini fitoregulyatorlarga bevosita bog'liqdir. Tut mevalari ozuqaviy va shifobaxsh xususiyatlarini o'zida mujassam etgan noyob o'simliklardan biridir. O'simlik qimmatbaho yog'ochlik xususiyatiga ega va barglari ipak qurti uchun ozuqa bo'lib xizmat qiladi. Ipak qurtidan mo'l va sifatli pilla hosili yetshtirish uning ozuqa bazasi ya'ni tut plantatsiyalari va yakka tartibda qatorlab ekilgan tut daraxtlaridan olinadigan bargga bog'liqdir. Ularni o'z vaqtida agrotexnika qoidalariga amal qilgan holda parvarish qilish fermer xo'jaliklari uchun yildan-yilga pilladan yuqori hosil olish imkonini beradi. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling